Joriy yilning 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida sportning para yengil atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqaga jami 120 nafar sportchilar ishtirok etdi. Respublikaning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli sportchilar jam bo‘lishdi. Musobaqa qizg‘in tarzda bo‘lib, Navoiy viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smrlar sport maktabining para yengil atletika bo‘limi sportchi-o‘quvchilari ham ushbu musobaqada ishtirok etdi va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida g‘olb bo‘lgan jamoalar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi diplom hamda estalik sovg‘alari topshirildi.
Forwarded from Sport vazirligi
Yunon-rum kurashi: Navoiyda Ibodulla Rahmonov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 25-28-aprel kunlari Navoiy viloyatining “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport klubining sport saroyida sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha ilk bor xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/361
Vazirlikning Facebook dagi rasmiy sahifasi
Joriy yilning 25-28-aprel kunlari Navoiy viloyatining “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport klubining sport saroyida sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha ilk bor xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/361
Vazirlikning Facebook dagi rasmiy sahifasi
👍1
Qiziltepa tumani prakurori tashabbusi bilan "Kulolon" va "Xusharti" mahallalari hamkorligida sportning kurash turi bo‘yicha "Tuman prokurori kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda o‘smirlar va qizlar 4 vazn toifasida bellashishdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra o‘z vazn toifalarida I o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar "Viloyat prokurori kubogi" musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sov‘g‘alari bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 29-aprel kuni Navoiy shahar ko‘lida Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida faoliyat yuritayotgan 18 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan sport maktab ishchi hodimlarini test sinovlari topshirishdi.
Joriy yilning 30-aprel kuni Sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab sportning sinxron suzish turi bo‘yicha maktabning ochiq chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.