NAVOISPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
648 subscribers
18.8K photos
993 videos
191 files
4.06K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
🇺🇿 Navoiy futbol akademiyasida imtihon.

Joriy yilning 26-28-fevral kunlari Navoiy viloyat bolalar - o'smirlar futbol akademiyasida har bir yosh toifasi bo'yicha boʻsh qolgan oʻrinlarni to'ldirish maqsadida joriy nazorat kirish imtihonlari boʻlib oʻtadi.

Ushbu dastlabki kunda nomzodlar texnik va maxsus tayyorgarlik ko'rsatkichlari bo'yicha imtihonlarni topshiradilar.

Akademiya rahbariyati tomonidan har bir nomzodning hatti-harakatlari adolatli va shaffof tarzda baholanishi uchun maxsus komissiya tuzilgan hamda tajribali murabbiylar ularga baho qoʻyib borishmoqda.

Shuningdek viloyat futbol assotsiatsiyasi vakillari ushbu imtihon jarayonlarini nazorat qilib borishmoqda.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
🇺🇿 Navoiy viloyati - Bolalar ligasi-2022.

Bugun 2022- yil 26-fevral Navoiy futbol akademiyasi oʻquv-mashgʻulot bazasida viloyat futbol assotsiatsiyasining joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 4 ta yosh toifasida "Bolalar ligasi-2022" musobaqasi boʻyicha viloyatdagi bolalar-oʻsmirlar bosh murabbiylari bilan yigʻilish oʻtkazildi.

Ushbu yigʻilishda viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti D.Davronov boshchiligidagi tashkilot vakillari va murabbiylar musobaqaning tashkiliy masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek murabbiylar musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish borasida oʻz takliflarini berishdi.

Yigʻilish davomida futbol assotsiatsiya rahbari musobaqani uy va safar tizimida oʻtkazish taklifini berdi hamda ushbu taklifni barcha bir ovozdan maʼqullab, musobaqa ushbu tizimda oʻtkazilishi belgilandi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
🏴 Hakamlar nazariy oʻquv-seminari.

Bugun Navoiy viloyati futbol assotsiatsiyasining hakamlar va nazoratchi hakamlar tayyorlash boʻlimi tomonidan navbatdagi nazariy oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Ushbu seminarga viloyat futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchi hakamlar tayyorlash boʻyicha mutaxassislari R.Bobomurodov hamda Z.Qodirovlar boshchilik qilishib, hakamlarga uchrashuv davomida boʻladigan qoʻpolliklar borasida tushunchalar berishdi.

Shuningdek viloyatda joriy yil oʻtkazilishi belgilangan OʻFA birinchiligi musobaqasini yuqori saviyada tashkil etish borasida ham koʻrsatmalar berildi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation