🔤🔤🔤🔤🔤🔤⚡️Vyetnamda bo‘lib o‘tayotgan erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar (U-17) o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Navoiy viloyati Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi
Nurmanov Shahobiddin 48 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib,
faxrli 3-o‘rinni egalladi va
bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
🔺Bu muvaffaqiyatli natija unga 2025-yilda Bahrayn davlatida o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun
asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqilish imkonini berdi.
🔸Sportchimizga kelgusi musobaqalarda ham omad tilaymiz!💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube