Forwarded from Sport vazirligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🗣 Qarorga ko'ra 2025/2026 o‘quv yilidan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘qish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi.
⚡️ 1-bosqichda 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi, 2-bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat ko‘rsatadi.
💬 2026-yildan:
➡️ Markaz o‘quvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi;
➡️ Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji o‘quvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida oylik stipendiya ta’sis etiladi.
🫥 Olimpiya o‘yinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📑 Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sport vazirligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🗣 "2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–221-son, 08.07.2025 y.) qabul qilindi.
💬 Quyidagilar O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
➡️ sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og‘ir atletika turlari bo‘yicha medallar sonini oshirish;
➡️ sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi bo‘yicha litsenziyalarni qo‘lga kiritish;
➡️ xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
🫥 Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.
⏺ Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari ro‘yxati har 4-yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📑 O‘zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Sport vazirligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🗣 Qarorga ko‘ra, 2025-yildan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari shaklida o‘tkazib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
🫥 Ushbu sport musobaqalarda yoshlarni sport bilan doimiy shug‘ullantirish xizmatini ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega bo‘lgan sportchilari ishtirok etishadi.
⏺ Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida "Prezident Olimpiadasi" sifatida o‘tkaziladi.
🫥 Musobaqalarning respublika bosqichida saralangan sportchilar quyidagi sport-ta’lim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yo‘naltirib boriladi:
➡️ 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;
➡️ 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar – hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📑 "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari o‘tkaziladi
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM