NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.5K photos
1.88K videos
191 files
6.57K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
DXX KUBOGI QUR’A TASHLASH MAROSIMI

⚽️ Futbol, mini-futbol oʻrtasida oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida an’anaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan DXX kubogi-2025 musobaqasi viloyat bosqichiga qur’a tashlandi.

🔺Marosimda viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Jasur Murtazoyev, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Dilmurod Davronov, ma’sullar hamda mahalla yetakchilari ishtirok etishadi.

📝Qur’aga koʻra ushbu mavsumda jamoalar hududlarga boʻlingan holda birinchi bosqichda bahslarni olib borishadi hamda yakuniy bosqichga yoʻl olishadi.

✔️Shuningdek marosim davomida musobaqani tashkil etish, jamoalarning ishtirok etishdagi tartib-qoidalari borasida ham tushunchalar berildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿🥋 Laziza Haydarova Olimpiya chempioniga munosib qarshilik ko‘rsatdi

Yaqindagina yoshlar toifasidan kattalar safiga o‘tgan Navoiy shahar Yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi 18 yoshli dzyudochi Laziza Haydarova (-48 kg) o‘zining ilk yirik sinovida kuchli raqib bilan to‘qnash keldi.

U dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining ilk bosqichida Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sohibi, Olimpiya o‘yinlarining jamoaviy bahslarida chempion, jahon chempionatining kumush medali g‘olibi, to‘rt karra Yevropa chempioni bo‘lgan fransiyalik Shirin Bukliga qarshi gilamga chiqdi.

Mazkur nufuzli musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan Laziza nomdor raqibasiga qarshi munosib bahs olib bordi. Bellashuv taqdirini faqat qo‘shimcha daqiqalarda olingan shido jazosi hal qildi va Haydarova raqibaga imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, Laziza Haydarova joriy yilda Upper Austria Grand Prix turnirida bronza medalini qo‘lga kiritgan, shuningdek, kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham bronza medali bilan taqdirlangan.

Bu — katta sportdagi birinchi qadami. Eng muhimi — bu yo‘ldan to‘xtamaslik. Oldinda hali ko‘plab yutuqlar kutmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍421
Forwarded from Sport vazirligi
Avval xabar berganimizdek, Sport vaziri Adkham Ikramov xizmat safari bilan Vengriya mamlakatida bo'lib turibdi.

Xizmat safari davomida Sport vaziri Semmelweis universiteti Pediatriya klinikasiga ham tashrif buyurdi.

Ushbu universitetda tahsil olayotgan Yaponiya, Janubiy Afrika Respublikasi hamda Fransiyalik talabalar bilan muloqot qildi.

Universitet professori Szabo Attila va talabalar ishtirokida tibbiyotning dolzarb masalalari yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2