NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.56K subscribers
27.7K photos
1.89K videos
191 files
6.63K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
🔺2025-yil 11–20-aprel kunlari Toshkent shahrida sportning sambo turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo va Okeaniya chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Navoiy yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchilari bilan mahorat saboqlari hamda davra suhbatlari tashkil etildi.

🔸Tadbir davomida sportchi yoshlarimiz chempionat sovrindorlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Sovrindorlar esa o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh sportchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilashdi.

✔️Tadbir yakunida esa Sambo assotsiatsiyasi tomonidan sovrindor sportchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qiziltepa tumanida 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

⚡️Ushbu ezgu sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda urush va mehnat faxriylari, yoshlar hamda turli soha vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida faxriylar sharaflandi, ularning mashaqqatli mehnati va mardligi alohida e’tirof etildi.

✔️Tadbirda tuman sport maktabi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ular tomonidan namoyish etilgan sport chiqishlari va jismoniy ko‘riklar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, sportchilar faxriylarga hurmat bajo keltirib, ularning oldida vatanparvarlik va jasorat timsoli sifatida namoyon bo‘ldilar.

🎚️Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida faxriylarimizga nisbatan hurmat, Vatanga sadoqat va yurtga xizmat qilish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11👍1
▶️▶️▶️▶️▶️

🔹Ayni vaqtda, Navoiy viloyatida joylashgan "Kimyogar" oʻyingohida  "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oʻgʻil bolalar oʻrtasida sportning gandbol turi boʻyicha mahalla uyushmasi kubogi musobaqasi bo’lib o’tmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆21
Navoiy viloyati, Navoiy shahrida joylashgan "Kimyogar" oʻyingohida mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun o‘tkazilayotgan 🤾🏻‍♀️gandbol sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bugun o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi:

🥇-o'rin - Karmana tumani
🥈-o'rin - Qiziltepa tumani
🥉-o'rin - Navbahor tumani


💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM