NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.6K photos
1.89K videos
191 files
6.6K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Тўдакўл фестивали»: шахмат бўйича ёшлар ишлари агентлиги кубоги финали босқичи
#25june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
“BUBL” final o‘yinlari
 Joriy yilninig 25-30-iyun kunlari Toshkent shahrida basketbol bo‘yicha 2008-2009 hamda 2006-2007-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati “BUBL” final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Navoiy viloyati terma jamoasi yosh sportchilari bu musobaqada salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdilar. 2008 -2009-yillarda tug‘ilgan yosh sportchilar bellashuvida  faxrli 2-o‘rinni,  2007-2006-yillarda  tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada esa  faxrli 3-o‘rinni egalladilar. Musobaqa g‘oliblari va  sovrindor bo‘lgan yosh sportchilar diplom,  medal va  esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
telegram | instagram | facebook
👍1
GANDBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI
 
  O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi hamda O‘zbekiston Gandbol federatsiyasi tomonidan 2022-yilda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida turli  gandbol o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu taqvimiy rejaga asosan joriy yilning  22-28- iyun kunlari Navoiy shahrida sportning gandbol turi bo‘yicha U-15 osmirlar jamoasi o‘rtasida O‘zbekiston chempionati  musobaqasi  bo‘lib o‘tdi.        
       Qizg‘in o‘tgan bu musobaqada Navoiy viloyatining Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining gandbol bo‘limi 10 nafar sportchi-o‘qivchilari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, qalblarga quvonch ulashdi.
 Qoraqolpog‘iston jamoasi II o‘rinni,  Sirdaryo viloyati jamoasi va Farg
ona viloyati jamoasi III o‘rinni egalladilar.
      Musobaqa yakunida g‘liblikni egallagan jamoalarga O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Gandbol federatsiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi
Telegram| Facebook| Instagram
REGBI MUSOBAQASINING O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI
taassurotlarga boy bo‘ldi.
 
          O‘zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi hamda O‘zbekiston Regbi federatsiyasining 2022-yil taqvimiy rejasiga asosan 27-30-iyun kunlari Navoiy viloyati Karmana tumanida sportning regbi turi bo‘yicha U-14 qizlar va o‘smirlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati  musobaqasi  bo‘lib o‘tdi. Musobaqada respublikamiz viloyatlaridan kelgan jamoalar o‘rtasida murosasiz bellashuvlar taassurotlarga boy bo‘ldi. Har bir jamoa o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi. Mazkur musobaqada Navoiy viloyati sportni rivojlatirish bosh boshqarmasining Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining 10 nafar sportchi-o‘qivchilari ham faol qatnashdi.
       Ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bellashuvida Xorazm viloyati jamoasi faxrli I o‘rinni, Navoiy viloyati jamoasi II o‘rinni, Qoraqolpog‘iston jamoasi III o‘rinni qo‘lga kiritishdi
      O‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada esa faxrli I o‘ringa Samarqand viloyati jamoasi, II o‘ringa Navoiy viloyati jamoasi, III o‘ringa Xorazm viloyati jamoasi sazovor bo‘ldilar.
 
    Musobaqa g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi hamda O‘zbekiston Regbi federatsiyasi, Navoiy viloyati regbi federatsiyasining diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
 
telegram | facebook | instagram
👍1
Forwarded from SPORT TV (Rasmiy kanal)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzWrestling
🇺🇿🤼‍♂️🥉Исломжон Раҳматов Осиё чемпионати совриндори

🇧🇭Баҳрайнда ўсмирлар (U15) ва ёшлар (U20) ўртасидаги Осиё чемпионати давом этмоқда.

Ҳозиргина 97 кг вазн тоифасидаги юнон-рум курашчимиз Осиё чемпионатининг бронза медали учун кечган беллашувни муддатидан аввал ўз фойдасига ҳал қилди. Исломжон Раҳматов Жанубий Корея вакили Ким Жу Ванни 12-3 ҳисобида доғда қолдириб, Осиё чемпионати совриндорига айланди.

Бронза медали учун гиламга чиққан қолган икки курашчимиз Илёсжон Абдиназаров ва Дилшод Мамадаминов рақиларига имкониятни бой бериб, 5-ўрин билан кифояланишди.

Шу тариқа, Ўзбекистон U20 юнон-рум кураши терма жамоаси Осиё чемпионатини 1 та олтин🥇, 2 та кумуш🥈, 2 та бронза🥉 медали билан якунлади.

Ўзбекистон спорт курашлари ассоциацияси матбуот хизмати

Обуна бўлинг
👉 UzWrestling
👍2
Konimex tumani 2-sektorga qarashli "Yuksalish" MFY 12-sonli maktabda "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida shou konsert bo‘lib o‘tdi. Mahalladagi iqtidorli va iste'dodli yoshlarga tuman hokimligi tomonidan diplom hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
Joriy yilning 7-iyul kuni Navbahor tumani sportni rivojlantirish bo'limi, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman 1-sonli va 2-sonli sport maktablari hamda mahalla yetakchilari hamkorligida Navbahor tumani markaziy o‘yingohida "Charm to‘p" an'anaviy futbol musobaqasining tuman boshqichi o‘tkazildi. Musobaqada "Arabxona" MFY jamoasi yoshlari faxrli I o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook