NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.5K photos
1.88K videos
191 files
6.58K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Joriy yilning 6-iyun kuni Karmana tumani sport bazasida o’smirlar o’rtasida viloyat chempionati bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Navoiy shahar, Karmana, Nurota, Qiziltepa, Xatirchi, Navbahor tumanlaridan jami 40-nafar sportchi qizlar ishtirok etishdi.
Musoboqa g’olib va sovrindorlari Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda Gimnastika federatsiyasining diplom hamda sovg‘alari bilan taqdirlandi va joriy yilning 11-15-iyun kunlari Navoiy shahrida bo'lib o'tadigan sportning badiiy gimnastika turi bo'yicha o’smirlar o'rtasida Respublika chempionatiga yo'llanma olishdi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Тозалик ва саломатлик" куни муносабати билан “Соғлом ҳаёт учун 5000 қадам” марафони 4 июнь куни эрта тонгдан бошланди. Навоий шаҳридаги "Ёшлар" кўли атрофида бўлиб ўтган марафонда қарийб 5000 мингга яқин шаҳримиз аҳолиси фаол қатнашди.
Мазкур марафон давомида Ўзбекистон Экологик партияси Навоий вилояти Кенгаши, “Экосан”- Экология ва саломатлик халқаро хайрия жамоат фонди Навоий вилоят бўлими, Навоий вилоят экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси ҳамда Навоий шаҳар ҳокимлиги ҳамкорлигида “5-июнь Бутунжаҳон атроф-муҳитни муҳофаза қилиш куни”га бағишланган “Веломарафон” мусобақаси кўтаринки руҳда ўтказилди. “Веломарафон”да шаҳримиз маҳаллаларидан ташриф буюрган 200 га яқин ўсмир-ёшлар, қизлар ва аёллар ҳамда кексалар ўзаро беллашдилар.
Мусобақаларда фахрли ўринларни эгаллаган иштирокчилар шаҳар ҳокимлиги томонидан диплом ва эсдалик совғалари билан тақдирланди.
telegram | instagram | facebook
Navbahor tumanida yozgi ta'til davrida o‘quvchilarni sportga keng jalb qilish maqsadida 5-sonli maktabda sportning stol tennis turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
Qiziltepa tumanida "Men g‘olib" shiori ostida milliy kurash bo‘yicha "Mudofaa vaziri kubogi" musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda yigitlar 4 vazn toifasida kuch sinashishdi.

M. Safarov, D.Ikromov, Sh.Sayfullaev va Sh.Qurbonov o‘zlari bellashgan vazn toifalarida I o‘rinni egallashdi hamda musobaqaning viloyat bosqichida qatnashish imkonini qo‘lga kiritishdi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
Forwarded from Sport vazirligi
Sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish boʻyicha yangi tizim: 2022-yilda 6 mln nafar yosh ommaviy sport bilan qamrab olinadi

Video:
https://youtu.be/1X4gMpmU0W4?t=1
Forwarded from Sport vazirligi
“Bu qaror zimmamizga juda katta masʼuliyat yuklaydi” O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Tashxodjayev mazkur hujjat borasida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/657

👉 Sportni rivojlantirish vazirligining telegram kanali
Forwarded from Sport vazirligi
U-23 Osiyo kubogi: O‘zbekiston so‘nggi turda durang qayd etdi, hamyurtlarimiz chorak finalda Iroq yoshlariga qarshi bahs olib boradi

Xabaringiz bor, yurtimizda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/658

👉 Sportni rivojlantirish vazirligining telegram kanali
Navoiy viloyati Konimex tumanidan Bekmuratov Asqar sportning badminton turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sovrindori bo‘ldi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook