MKBANK
14.5K subscribers
3.1K photos
449 videos
1.64K links
Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali
Manzil:100047, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 4-uy

📲 http://linktr.ee/mkbank
📠 office@mikrokreditbank.uz
📸 https://t.me/nurmanovich

Kontakt-markazi: 1285
Ishonch telefoni:(71)202-9999
Download Telegram
#MKBANK_biz_korrupsiyaga_qarshimiz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar tayyorlanib, davlat organi va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazildi.

Jumladan:

🔖Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma

🔹manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi.

🔖Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔹manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi.

🔖Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallar

Mazkur materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-ahloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi.


Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1🙈1🤝1