✅ O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida mehnat migratsiyasi va professional mobillik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.
🔘 Unda "Mikrokreditbank" asiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisi Orif Butayev, "International People IP GMbH and Co.KG" kompaniyasi rahbari Tomas Fyorster boshchiligidagi delegatsiya, diplomatlar, shuningdek, onlayn tarzda "German Sparkassenstiftung for International Cooperation" tashkilotining Oʻzbekistondagi rahbari MatiasVangler ishtirok etdi.
✍️Memorandumga ko‘ra tomonlar Germaniyaning gastronomiya, logistika va go‘shtni qayta ishlash sohalaridagi korxonalariga ishga joylashtirish uchun malakali o‘zbekistonlik mutaxassislarni tanlash va tayyorlash tizimini yaratishga kelishib oldilar.
💳UZCARD Sherdor premial kartasi tez orada MKBANKda!
✅ Yaqin kunlarda Siz ham UZCARD Sherdor kartasini MKBANK orqali rasmiylashtirib, eksklyuziv xizmatlar va qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
💳Ushbu karta orqali siz:
✈️ Toshkent xalqaro aeroportidagi CIP Lounge hududiga yiliga 4 martagacha bepul kirish;
🔗 DIVAN restoranida eksklyuziv menyu, navbatsiz kirish va imtiyozli joy band qilish, shuningdek, ko‘plab mashhur brendlarga 20 foizgacha chegirmalardan foydalanishingiz mumkin.
⭐️ Imtiyozlar ro‘yxati doimiy ravishda yangilanib boriladi.
🔘 Qulayliklardan birinchilardan bo‘lib foydalanish uchun yangiliklarimizni kuzatib boring! Batafsil
✍️“Mikrokreditbank” ATB va ODDO BHF SE oʻrtasida 30 million Yevro miqdoridagi kelishuv imzolandi!
✅ Bugun “Mikrokreditbank” ATB tomonidan Germaniyaning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri — ODDO BHF SE banki bilan 30 million Yevro miqdorida hamkorlik kelishuvi (Framework Agreement) imzolandi.
🔘Mazkur kelishuv orqali “Mikrokreditbank” ATB Oʻzbekistondagi tadbirkorlik subyektlariga — Germaniya va boshqa Yevropa davlatlaridan zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarni xarid qilish uchun qulay moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etadi.
🏦Xalqaro pul o‘tkazmalarida sifatli, tezkor va arzon xizmat haqida bilasizmi? Yo‘q, deysizmi?
✅Unda MKBANKdan yangi - Astrasend pul o‘tkazmasi siz uchun!
🔘 Endilikda Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari MKBANK tomonidan taklif etilayotgan Astrasend xizmatidan foydalangan holda xalqaro pul o‘tkazmalarini (AQSh dollari va so‘mda) xavfsiz amalga oshirishi mumkin.
🌎Astrasend bugun 20 000 dan ortiq xizmat ko'rsatish punktlari orqali 70 dan ortiq mamlakatda xizmat ko'rsatadi.
⭐️ Eng past komission to'lovlar va adolatli kurs bo'yicha pul o'tkazmalari bilan uzoqdagi qadrdonlarga yanada yaqinroq bo‘ling!
💰Astrasend bilan vaqtingiz va pulingizni tejab, mablag‘laringizni yaqinlarga bir zumda yetkazing.
💳O’ziga xos imtiyoz va afzalliklarga ega UZCARD Moment kartalari tez orada MKBANK mijozlariga taqdim etiladi!
➡️ UZCARD Moment qulayliklari: 🔵Kartani oson va istalgan joydan tezda rasmiylashtirish. 🔵 MAVRID ilovasi orqali kartani ro‘yxatdan o‘tkazish va PIN kod o‘rnatish imkoniyati. 🔵 KYC (masofadan identifikatsiya) jarayonidan o‘tish orqali kartani onlayn faollashtirish. 🔵 Foydalanish uchun bir necha oddiy tartibni bajarish.
🔘 Ushbu kartaning ATTOdan farqi buni faqatgina jamoat transportida emas, balki istalgan to'lovlar uchun ishlatishingiz mumkin.
⭐️ MKBANK kartalari bilan har doim oldinda bo‘ling!
🏦 “Mikrokreditbank” ATB xalqaro moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
✅ "Mikrokreditbank" ATB va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro investitsiyalar kafolati agentligi (MIGA) o'rtasida 109,3 mln. Yevro ekvivalentida mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha muhim xalqaro moliyaviy bitim imzolanishi kutilmoqda.
👏 Mazkur xalqaro kafolat bankka tashqi moliya bozorlaridan yangi mablag'larni jalb qilish imkonini beradi hamda kichik va o'rta biznesni moliyalashtirish, eksport-import operatsiyalarini qo'llab-quvvatlash kabi ustuvor yo'nalishlarga yo'naltiriladi.