MKBANK
14.4K subscribers
2.91K photos
424 videos
1.57K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MKBANK_forum_memorandum_ayollartadbirkorligi

🔘 Mikrokreditbank tomonidan Nukus shahrida boʻlib oʻtgan “Orzudan muvaffaqiyatgacha…” forumi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorligida tadbirkor ayollar uchun davra suhbati tashkil etildi.

➡️ Mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin tadbirkor ayol hamda Oʻzbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi.

⭐️ Davra suhbatida “Mikrokreditbank” Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova soʻzga chiqib, xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.

✏️ Tadbir yakunida “Mikrokreditbank” va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda rivojlantirishga qaratilgan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM