💳🤝✅MKBANK va Mastercard o'rtasida memorandum imzolandi!
✅ Memorandumga ko'ra, yaqin kunlarda bankimizda Mastercard kartalarini joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Mazkur memorandum Samarqand shahrida o'tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig'ilishi doirasida imzolandi.
Mastercard yordamida: – xorijiy pul o'tkazmalarini amalga oshirish; – P2P xizmatlari; – 3ds xizmati; – SMS-xabarnomalar; – Kontaktsiz to'lovlar amalga oshirishingiz mumkin.
📌Shuningdek, virtualkarta ochishingiz mumkin.
💫Mijozlarimiz uchun qulayliklar yaratayotganimizdan mamnunmiz!
📣Ajoyib yangilikni siz bilan baham koʻrishdan mamnunmiz!
✅“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki “Makon marketing forum 2023” V xalqaro bisnes-forumida “2022-yilda Oʻzbekistonda inklyuziv bank xizmatlarini rivojlantirganligi uchun” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
😊 Aziz mijozlarimizning bizga boʻlgan ishonchi bilan oʻz faoliyatimizni yanada yaxshilashda davom etamiz!
✍️Bizni kuzatishda davom eting. MKBANK sizga eng qulay xizmatlarni taklif etishdan charchamaydi.
💫“Makon marketing forum 2023”ning eng yorqin lahzalari bilan bo'lishmoqdamiz!
👉 Xabaringiz bor, 20-may kuni bankimiz mazkur forumda ishtirok etib, "2022-yilda Oʻzbekistonda inklyuziv bank xizmatlarini rivojlantirganligi uchun” nominatsiyasida g'olib bo'lgan edi.
✅Mijozlarimizning bizga boʻlgan ishonchi bilan oʻz faoliyatimizni yanada yaxshilashda davom etamiz!
⚡️Avtokredit bo'yicha jonli efir vaqti eng ko'p berilgan savollarga javobni e'tiboringizga havola qilamiz!
📌 Avtokredit rasmiylashtirish uchun davlat tashkilotida ishlash shartmi? Men tadbirkorman, daromadim yaxshi lekin byudjet tashkilotida ishlamayman.
Yo‘q davlat tashkilotida ishlashingiz shart emas. Birlamchi bozor uchun avtokreditlar bo‘yicha doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lishingiz shart. Bunda davlat tashkilotidan tashqari boshqa mulkchilik shakliga ega tashkilotlarda ham faoliyat yuritishingiz mumkin.
📌 Man bankdan ipoteka krediti olgandim, hali tugashi uchun 8 yil bor, avtokredit ham olishim mumkinmi?
Bunda Sizni skoring, ya’ni kreditga layoqatlik darajangiz tahlildan o‘tkaziladi. Agar oldin olgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligiz bo‘lmasa, qarz yuki ko‘rsatkichingiz me’yorida bo’lsa va kreditga layoqatlikning boshqa me’yorlariga javob bersangiz kredit ajratishga ruxsat beriladi.
📌 Eng kam foizlik avtokredit haqida ma’lumot bersangiz.
Bugungi kunda bankimizda eng kam foizli avtokredit – Hamkor tashkilotdan KIA, Renault, LADA, Chery avtotransport vositalarini sotib olish uchun 12 oy muddatga 50% boshlang‘ich badal bilan yillik 5 % stavkada ajratiluvchi kreditlar hisoblanadi.
🏦🤝💳 "MKBANK" va "UZCARD" oʻrtasida bank kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirishni yanada jozibadorligini oshirish, aholini bank xizmatlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida Memorandum imzolandi.
Unga ko’ra:
✅ UZCARD tizimida virtual karta ochish; ✅ Kredit kartalarini joriy qilish; ✅ Talabalar uchun alohida bank kartalari ochish va bu kartalardan turniket sifatida foydalanish; ✅ Bankomatlar orqali bank kartalarisiz naqd pul mablagʻlarini yechish imkoniyatini yaratish va yana bir qancha yangiliklar joriy qilinishi ko’zda tutilmoqda.
🏦🤝💳 В целях повышения привлекательности осуществления платежей с помощью банковских карт и удовлетворения спроса населения на банковские услуги подписан меморандум между Мкбанком и UZCARD.
В соответствии с меморандумом предусматривается:
✅ Открытие виртуальной карты в системе UZCARD; ✅ Введение кредитных карт; ✅ Открытие отдельных банковских карт для студентов и использование этих карт в качестве турникетов; ✅ Cоздание возможности снятия наличных без банковских карт через банкоматы и внедрение ряда других нововведений.