MKBANK
14.9K subscribers
3.07K photos
446 videos
1.64K links
Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali
Manzil:100047, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 4-uy

📲 http://linktr.ee/mkbank
📠 office@mikrokreditbank.uz
📸 https://t.me/nurmanovich

Kontakt-markazi: 1285
Ishonch telefoni:(71)202-9999
Download Telegram
🔰“Butunjahon jamgʼarish kuni” doirasida maktab o‘qituvchilari, yoshlar va bank mijozlari o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

G‘oliblarimiz:

Maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi dars” tanlovi bo‘yicha:
1. Xalilova Laylo (Sirdaryo viloyati, 16-maktab o'qituvchisi);
2. Amonkulova Nigora (Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani, 45-maktab o'qituvchisi).

Customer loyalty – Sodiq mijoz tanlovi bo‘yicha:
1. Toshmetova Pokiza

Yoshlar (15-25 yoshgacha) uchun “Jamg‘arish ko‘nikmalari" mavzusidagi insholar tanlovi bo‘yicha:
1. Ubaydullayev Ziyodulla;
2. Yo'ldasheva Xonzoda;
3. Zubaydullayev Ulug'bek.

👉Hozirda bank kartasi va omonat ochgan mijozlarga sovg'alar berish davom etmoqda.

Tanlovda ishtirok etgan barcha mijozlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
13/12/2021

#kurs_valyuta
👍1
14/12/2021

#kurs_valyuta
🔰“IMKONIYAT” loyihasi g‘oliblari taqdirlandi

13-dekabr kuni Yoshlar press klubida “IMKONIYAT” loyihasining 70 nafar g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha “Mikrokreditbank” ATB, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkillashtirilgan. Xususan, chekka hududlarda ta’lim sifatini yaxshilashga "Mikrokreditbank" ATB homiy bo‘ldi.

Uch bosqichda bo'lib o'tgan loyihada 18-35 yoshdagi tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar ishtirok etishdi. Yakunda har bir viloyat kesimida 5 tadan, Qoraqalpog‘istondan 10 ta, jami 70 ta loyiha g‘olib deb topildi.

👉Endilikda mazkur loyihalarga 6 oylik imtiyozli davri bilan 36 oy muddatga 50 mln. so'mgacha mablag' ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
15/12/2021

#kurs_valyuta
16/12/2021

#kurs_valyuta
🔰 Yangi yilda yangi joyda ish boshlang!

Mikrokreditbank bosh ofisida bo'sh ish o'rinlari mavjud.

👉 Nomzodlarga qoʼyiladigan dastlabki talablar:

– iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bank sohasi boʼyicha oliy maʼlumot;
– moliya va bank sohalarida 1 yildan kam boʼlmagan ish staji;
– bank aktivlari va passivlari monitoringini tahlil etish bo‘yicha ko'nikmaga ega bo'lishi;
– kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MC Office: Exel Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
– maʼlumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, gʼoyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va oʼz ustida muntazam ishlash koʼnikmalarga ega boʼlish;

Agar siz ushbu talablarga javob bersangiz, unda sizni bankimizda kutamiz. O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kadr@mikrokreditbank.uz manziliga jo'nating.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
17/12/2021

#kurs_valyuta
Channel photo updated
🎊Yangi yil mo'jizaviy bayram. Bu kunda hamma qandaydir sovg'a olishni istaydi. Biz sizga shunday imkoniyat beramiz.

Kreativ g'oya sizdan, sovg'asi bizdan!

👉 Mikrokreditbankka aloqador eng ajoyib shior (slogаn) egalariga Smart soatlar taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun shiorlarni izohlarda yozib qoldiring.

Aksiya bankning rasmiy Telegram, Facebook, Instagram tarmoqlarida o'tkaziladi.

Aksiyada ishtirok etgan shiorlar keyinchalik Mikrokreditbank faoliyatida qo'llanilishi mumkin.

❗️Aksiya davomida profilingiz ochiq bo'lishi lozim.

Aksiya 17-dekabrdan 27-dekabrga qadar o'tkaziladi.

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
MKBANK pinned a photo
🔰“Oʼzbekiston naslli quyonlar yarmarkasi” boʼlib oʼtmoqda

17-18-dekabr kunlari poytaxtimizning “Botanika” bogʼida “Oʼzbekiston naslli quyonlar yarmarkasi” boʼlib oʼtmoqda.

Tadbir “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki, Oʼzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, hamda Oʼzbekiston Veterinar va chorvadorlar assotsiatsiyasi bilan oʼzaro hamkorlikda tashkil etildi.

Quyonchilik sohasiga qiziqqan yoki aynan shu yo'nalishda tadbirkorlik faoliyatini boshlashni niyat qilgan hamyurtlarimiz ushbu yarmarkada eratga ham ishtirok etishi mumkin.

👉 Yarmarkada 20 dan ortiq zotdagi nassli quyonlar namoyish etilmoqda.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube