MKBANK
14.9K subscribers
3.07K photos
445 videos
1.64K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
🔰Ish insonga nafaqat daromad, balki zavq ham berishi kerak

Ham go'zalikdan bahra olib, ham mo'maygina daromad topib ishlash uchun eng yaxshi bizneslardan biri – gul do'koni ochishdir. Barcha xarajatlarni (gullar, kerakli asbob-uskunalar, gul tuvaklari, do'kon uchun joy) hisobga olgan holda umumiy 30 mln miqdorida kredit olib, bu biznesni yo'lga qo'ysangiz bo'ladi.

👉 Hisob-kitoblarga ko'ra, mazkur biznes orqali boshlanishiga bir oyda kamida 2,5 mln daromad topishingiz mumkin. Yiliga esa 27 mln sof foyda qilsangiz bo'ladi.

Do'koningizda qo'shimcha ravishda turli tabriknoma (tug'ilgan kun, bayramlar uchun), suvenirlar ham sotsangiz, daromadingiz yanada oshadi.

Mikrokreditbank kreditlari bilan o'z biznesingizni rivojlantiring!

#bankdan_kredit_olib #mikrokreditbank

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
10/12/2021

#kurs_valyuta
🔰 “Mikrokreditbank” ATB bank korporativ saytini yangilash maqsadida, sayt kontentini ishlab chiqishda tajribaga ega bo’lgan korxonalarni (fotosessiya va 3D grafika) hamkorlikka chaqiradi.

Muddati: 14.12.2021 soat 18:00ga qadar

Batafsil

📞 Qo’shimcha savollar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: +99890-317-90-30

@Abrorbek_Gafurov
———————-
🔰 АКБ "Микрокредитбанк" призывает к партнёрству поставщиков контента (фотосессия и 3D графика) для обновления Корпоративного сайта.

Срок: 14.12.2021 до 18:00

Подробнее

📞Для дополнительных вопросов телефон для связи:
+99890-317-90-30

@Abrorbek_Gafurov

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
🔰“Butunjahon jamgʼarish kuni” doirasida maktab o‘qituvchilari, yoshlar va bank mijozlari o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

G‘oliblarimiz:

Maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi dars” tanlovi bo‘yicha:
1. Xalilova Laylo (Sirdaryo viloyati, 16-maktab o'qituvchisi);
2. Amonkulova Nigora (Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani, 45-maktab o'qituvchisi).

Customer loyalty – Sodiq mijoz tanlovi bo‘yicha:
1. Toshmetova Pokiza

Yoshlar (15-25 yoshgacha) uchun “Jamg‘arish ko‘nikmalari" mavzusidagi insholar tanlovi bo‘yicha:
1. Ubaydullayev Ziyodulla;
2. Yo'ldasheva Xonzoda;
3. Zubaydullayev Ulug'bek.

👉Hozirda bank kartasi va omonat ochgan mijozlarga sovg'alar berish davom etmoqda.

Tanlovda ishtirok etgan barcha mijozlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
13/12/2021

#kurs_valyuta
14/12/2021

#kurs_valyuta
🔰“IMKONIYAT” loyihasi g‘oliblari taqdirlandi

13-dekabr kuni Yoshlar press klubida “IMKONIYAT” loyihasining 70 nafar g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha “Mikrokreditbank” ATB, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkillashtirilgan. Xususan, chekka hududlarda ta’lim sifatini yaxshilashga "Mikrokreditbank" ATB homiy bo‘ldi.

Uch bosqichda bo'lib o'tgan loyihada 18-35 yoshdagi tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar ishtirok etishdi. Yakunda har bir viloyat kesimida 5 tadan, Qoraqalpog‘istondan 10 ta, jami 70 ta loyiha g‘olib deb topildi.

👉Endilikda mazkur loyihalarga 6 oylik imtiyozli davri bilan 36 oy muddatga 50 mln. so'mgacha mablag' ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
15/12/2021

#kurs_valyuta
16/12/2021

#kurs_valyuta
🔰 Yangi yilda yangi joyda ish boshlang!

Mikrokreditbank bosh ofisida bo'sh ish o'rinlari mavjud.

👉 Nomzodlarga qoʼyiladigan dastlabki talablar:

– iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bank sohasi boʼyicha oliy maʼlumot;
– moliya va bank sohalarida 1 yildan kam boʼlmagan ish staji;
– bank aktivlari va passivlari monitoringini tahlil etish bo‘yicha ko'nikmaga ega bo'lishi;
– kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MC Office: Exel Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
– maʼlumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, gʼoyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va oʼz ustida muntazam ishlash koʼnikmalarga ega boʼlish;

Agar siz ushbu talablarga javob bersangiz, unda sizni bankimizda kutamiz. O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kadr@mikrokreditbank.uz manziliga jo'nating.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
17/12/2021

#kurs_valyuta
Channel photo updated
🎊Yangi yil mo'jizaviy bayram. Bu kunda hamma qandaydir sovg'a olishni istaydi. Biz sizga shunday imkoniyat beramiz.

Kreativ g'oya sizdan, sovg'asi bizdan!

👉 Mikrokreditbankka aloqador eng ajoyib shior (slogаn) egalariga Smart soatlar taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun shiorlarni izohlarda yozib qoldiring.

Aksiya bankning rasmiy Telegram, Facebook, Instagram tarmoqlarida o'tkaziladi.

Aksiyada ishtirok etgan shiorlar keyinchalik Mikrokreditbank faoliyatida qo'llanilishi mumkin.

❗️Aksiya davomida profilingiz ochiq bo'lishi lozim.

Aksiya 17-dekabrdan 27-dekabrga qadar o'tkaziladi.

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
MKBANK pinned a photo
🔰“Oʼzbekiston naslli quyonlar yarmarkasi” boʼlib oʼtmoqda

17-18-dekabr kunlari poytaxtimizning “Botanika” bogʼida “Oʼzbekiston naslli quyonlar yarmarkasi” boʼlib oʼtmoqda.

Tadbir “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki, Oʼzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, hamda Oʼzbekiston Veterinar va chorvadorlar assotsiatsiyasi bilan oʼzaro hamkorlikda tashkil etildi.

Quyonchilik sohasiga qiziqqan yoki aynan shu yo'nalishda tadbirkorlik faoliyatini boshlashni niyat qilgan hamyurtlarimiz ushbu yarmarkada eratga ham ishtirok etishi mumkin.

👉 Yarmarkada 20 dan ortiq zotdagi nassli quyonlar namoyish etilmoqda.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube