MKBANK
14.9K subscribers
3.07K photos
446 videos
1.64K links
Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali
Manzil:100047, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 4-uy

📲 http://linktr.ee/mkbank
📠 office@mikrokreditbank.uz
📸 https://t.me/nurmanovich

Kontakt-markazi: 1285
Ishonch telefoni:(71)202-9999
Download Telegram
🔰“Mikrokreditbank” ATB Monitoring va muammoli aktivlar bilan ishlash departamentiga yuqori malakali va tajribali nomzodlarni ishga qabul qilish boʼyicha tanlov e'lon qiladi.

👉Nomzodlarga qoʼyiladigan asosiy talablar:

– iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bank sohasi boʼyicha oliy maʼlumot;
– moliya va bank sohalarida 1 yildan kam boʼlmagan ish staji;
– kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MC Office: Exel Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
– maʼlumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, gʼoyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va oʼz ustida muntazam ishlash koʼnikmalarga ega boʼlish;

👉Nomzodning vazifalari:

– Bank kredit portfeli boʼyicha kunlik tahliliy maʼlumotlar shakllantiradi;
– Boshqaruv tomonidan oʼtkaziladigan yigʼilishlarga tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
– Kunlik ajratiladigan kredit qarzdorliklarni kredit yigʼmajildini shakllantirilishi hamda to‘gʼri ishlatilishi ustidan masofaviy monitoring oʼtkazadi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
18/11/2021

#kurs_valyuta
🇺🇿 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli bo'lgan davlat ramzlari bor. Ulardan biri – Davlat bayrog'idir.

Tinchligimiz, mustaqilligimiz hamda iftixorimiz bo'lmish O‘zbekiston Respublikasi bayrog'i mudom yuqori cho'qqilarda xilpirab tursin!
——————————-
🇺🇿 18 ноября – День принятия Государственного флага Республики Узбекистан.

У каждого народа имеются свои священные символы, олицетворяющие его честь и гордость. Один из них – Государственный флаг.

#mikrokreditbank #davlat_bayrogi #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
19/11/2021

#kurs_valyuta
22/11/2021

#kurs_valyuta
🚕 Taksidan pulni jo'natib u qancha vaqtda borishini kutgan vaqtlar o'tmishda qoldi.

Endi soniyalar kifoya.

Bankka borasiz pullaringizni jo'natasiz, tez va xavfsiz holda yaqinlaringizga yetib boradi.

Pulni milliy valyutada bankning istalgan filialiga topshirsangiz, yaqinlaringiz shu ondayoq yurtimiz bo‘ylab Mikrokreditbankning filiallari orqali mablag‘larni naqd pul yoki naqdsiz (mijoz istagiga ko‘ra) shaklda olishlari mumkin.

Biz masofalarni qisqartiramiz!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
23/11/2021

#kurs_valyuta
🔰“Butunjahon jamgʼarish kuni” doirasida maktab o‘qituvchilari, yoshlar va bank mijozlari o‘rtasidagi tanlovlar qizg‘in sur’atlarda davom etmoqda.

Ayni kunlarda bankimiz tomonidan plastik karta va omonat hisobvaraqasini ochgan mijozlarga esdalik sovg'alari berilmoqda.

👉Mazkur tanlovimizda Siz ham ishtirok etishingiz mumkin.

Batafsil

Tanlov 30-noyabrgacha davom etadi.

Barchaga omad tilab, ijodiy ishlaringizni kutib qolamiz!
🥳

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
24/11/2021

#kurs_valyuta
🔰 Bugun “Mikrokreditbank” tomonidan moliyalashtirilgan Poytaxtning Yangi hayot tumanidagi “Umka garden” MChJ xususiy bogʼchasiga bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

👉 Press-tur davomida ishtirokchilar xususiy bogʼcha faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi
.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
25/11/2021

#kurs_valyuta
​​🔰 Biznes turlari juda ko'p. Lekin nega aynan asalarichilik?

Avvalambor, asalarichilik katta miqdordagi investitsiya talab qilmaydigan, lekin daromadi yuqori bo'lgan biznes. Bundan tashqari, siz dastlabki bosqichlarda asalni qadoqlash va sotish bilan mustaqil ravishda shug'ullanishingiz ham mumkin.

Bankdan 9 mln kredit olib, ishni yo'lga qo'yib olsangiz, 2 yilda 10 milliondan ziyod sof foyda topishingiz mumkin.

O'z tadbirkorlik faoliyatingizni boshlashingizdan avval quyidagi ma'lumotlarni o'rganib chiqishingiz tavsiya etiladi:

👉Bozordagi talab;
👉Hududingizdagi raqobat;
👉Mahsulot yoki xizmatning o'rtacha narxi;
👉Zarur xomashyo va asbob-uskunalar.

Mikrokreditbank kreditlari bilan o'z biznesingizni rivojlantiring!

#bankdan__kredit_olib #mikrokreditbank

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
26/11/2021

#kurs_valyuta
❗️Mikrokreditbank ogohlantiradi❗️

Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda bank mijozlarining shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari koʼpayib bormoqda.

Jumladan, firibgarlar:
👉 turli ijtimoiy tarmoqlarda oʼyin va aksiyalari tashkil etish orqali;
👉 onlayn savdo platformalari orqali;
👉 mobil aloqa vositalari orqali aloqaga chiqqan tarzda mijozlarning shaxsiy maʼlumotlariga ega boʼlishmoqda va ulardan foydalangan tarzda bank mijozlarining kartalaridagi mablagʼlarini oʼzlashtirmoqdalar.

Shu sababli, bank tomonidan yuborilgan:

- SMS-xabarnomalar;
- tasdiqlash kodlari;
- oʼz shaxsiy kartangiz maʼlumotlarini uchinchi shaxslar va savdo platformalariga maʼlum qilmasligingizni soʼraymiz.

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
🔰 Mikrokreditbank 30 mln. Yevrolik kelishuv imzoladi

25-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida MDH ishtirokchi davlatlarining II Xalqaro bank-moliya forumi boʼlib oʼtdi.

Mazkur forumda oʼzaro manfaatli ishbilarmonlik uchrashuvlari tashkil etilib, bank sohasi hamda moliya bozorining turli tarmoq vakillari bilan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

👉 Ushbu forum doirasida “Mikrokreditbank” АTB bir qator xalqaro anjumanlar, muhokamalar, taqdimotlarda ishtirok etdi. Jumladan, “Mikrokreditbank” hamda Rossiya Federatsiyasining “TransKapitalBank” OАJ oʼrtasida 30 mln. Yevrolik kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvda mablagʼlar agrosanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoq mahsulotlari eksportini qoʼllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishga yoʼnaltirishi koʼzda tutilgan.

Telegram | Facebook| Instagram | You tube