MKBANK
14.3K subscribers
3.05K photos
443 videos
1.62K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
19/10/2021

#kurs_valyuta
🔰Endi Siz uyingizni o'zingiz istaganingizdek qurish imkoniga egasiz

Bankimiz tomonidan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar ajratilmoqda

Kredit muddati: 20 yilgacha + 6 oygacha imtiyoz bilan
Foiz stavkasi: yillik 17%
Boshlangʼich badal (barcha hududlarda): 15%

Shoshiling, sovuq kunlar kelgunicha uy tomini yopib olish kerak 😉
———————
🔰 Теперь у вас есть возможность построить свой дом так, как вы хотите

Цель кредита: На строительство и реконструкцию индивидуальных жилых домов

Срок кредита: до 20 лет + льготный период по основной сумме: до 6 месяцев
Процентная ставка: 17% годовых
Стартовый взнос (во всех регионах): 15%

Торопитесь, нужно покрыть крышу дома до начала холодов 😉

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
20/10/2021

#kurs_valyuta
🔰Mikrokreditbankda "Til bayrami" nishonlanmoqda

1989-yil 21-oktabr – Oʼzbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan sana

Davlat tilining ahamiyati hamda rivojiga bag‘ishlangan tadbirni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti xodimi Faxriddin Hayitov kirish soʼzi bilan ochib, yigʼilganlarga Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi va uning ahamiyati toʼgʼrisida gapirib oʼtdi.

Tadbir davomida ota-bobolarimizdan bizga meros qolgan tilning go‘zalligi hamda sofligini saqlash, til me'yorlari bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarni oshirish zaruriyati alohida ta'kidlandi.

Mutaxassislarning til haqidagi fikr hamda ma'ruzalari bank xodimlarining bu boradagi bilimlari kengayishida foydali bo‘ldi. Tadbir qiziqarli savol-javob hamda bahs-munozaraga ulanib ketdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
21/10/2021

#kurs_valyuta
🔰 Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi

O‘zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biri. Aslida til inson madaniyatining ifodasidir. Har bir millatning o‘zligi, uning tili va adabiyotida namoyon bo‘ladi. Til – umr bo‘yi o‘rganiladigan, sayqal bergan sari ochilib, yashnaydigan san'at durdonasi.

“Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganligiga bu yil 32 yil to‘ldi. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni, 1993-yil 2-sеntabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ishonchimiz komilki, o‘zbеk tili va madaniyati jahon sivilizatsiyasida yanada ravnaq topib, uning purma’noligi, jozibadorligi, talaffuzi ohangli musiqaday jarangdorligi bilan jahon ahlini o‘ziga rom qila oladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
22/10/2021

#kurs_valyuta
​​🔰Bugun 22-oktabr butun jahon erkaklarning asab tizimini asrash kuni.

Qanchalik g'alati va kulgili tuyulmasin, bunday bayram norasmiy bo'lsa ham haqiqatdan mavjud.

Hurmatli erkaklar uchun ko'p narsa kerak emas, shirin ovqat, tinchlik, futbol vaqti bezovta qilmaslik bo'lsa bas 😁

Ammo, bank tizimida faoliyat yuritayotgan erkaklar uchun mijozlarining vaqtida kreditlarini to'lashi va vaqtliroq uyga borib shanba kuni dam olish muhimroq bo'lsa kerak?!
——————-
🔰Сегодня во всем мире отмечают международный день защиты мужской нервной системы

Как бы странно и смешно это ни звучало, такой праздник действительно существует, пускай и неофициально.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Bosh ofisida Ichki nazorat xizmatiga yuqori malakali xodimlarni ishga qabul qilish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi.

👉 Tanlov boʼyicha qoʼyilgan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

- Iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va sohaga oid boshqa mutaxassisliklar boʼyicha oliy maʼlumotlarga ega boʼlish;
- Moliya, soliq, komplaens, audit va ichki nazorat, iqtisodiy huquq bilan bogʼliq sohalarda 5 yildan kam boʼlmagan ish stajiga ega boʼlish;
- Kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MCOffice, Excel, word, Power Point) hamda Moneyoper dasturidan foydalanish;
- Oʼzbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilish qoʼshimcha ragʼbatlantiriladi);
- Sudlanmaganlik va jinoiy javobgarlikka tortilmaganlik;
- Oxirgi ish joyidan tavsiyanoma.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
25/10/2021

#kurs_valyuta
⚡️ Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi

Markaziy Saylov Komissiyasining ma'lum qilishicha, yakshanba kungi saylovlarda Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan ikkinchi marta O'zbekiston Prezidenti etib saylandi.

24-oktabrda boʼlib oʼtgan saylovlarda nomzodlar quyidagicha ovoz olishgan:

Shavkat Mirziyoyev — 80,1%
Maqsuda Vorisova — 6,6%
Аlisher Qodirov — 5,5%
Narzulla Oblomuradov — 4,1%
Bahrom Аbduhalimov — 3,4%

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
26/10/2021

#kurs_valyuta
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Eski turdagi VISA kartalarga xizmat koʼrsatish toʼxtatiladi

Mikrokreditbank tomonidan shu kungacha emissiya qilingan VISA kartalariga xizmat koʼrsatish 1 noyabrdan boshlab qisman, 1 dekabrdan esa toʼliq toʼxtatilishini maʼlum qilamiz.

👉 Shu sababli, Sizdan Mikrokreditbank filiallari tomonidan ochilgan VISA xalqaro bank kartalarini yoptirish uchun karta ochilgan filiallarimizga murojaat qilishingizni soʼraymiz.

Dekabr oyidan boshlab Bank filiallariga eski VISA kartangizni topshirsangiz mutlaqo bepulga yangilangan VISA karta olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰Аndijon tumanida yashovchi Shohsanam Joʼraeva bu yil maktabni tamomladi. Bo'lajak tadbirkorimiz darsdan boʼsh vaqtlarida tikuvchilik bilan shugʼullanib kelgan. Shu sababli, maktabni tugatar-tugatmas o'zining shaxsiy biznesi haqida o'ylay boshladi.

👉Bankdan 22 million 500 ming soʼm kredit hisobiga 4 ta tikuv mashinasi sotib oldi. Natijada yosh tadbirkorga aylandi.

– 4 nafar tengdoshlarim bilan ish boshladik. Hozirda biz tikkan 15 dan ortiq turdagi bolalar va ayollar kiyimlarining bozori chaqqon. Yaqinda maxsus kiyimlar uchun buyurtma oldik. Topilgan daromad hisobiga kredit mablagʼini ham qaytaryapmiz, – deydi Shohsanam.

Shohsanamning bu tashabbusiga mahalladoshlari havas bilan qaramoqda. 5 nafar vaqtincha ishsiz qizlar undan tikuvchilikni oʼrganyapti. Yosh tadbirkor ularning bandligini taʼminlash harakatida.

Mikrokreditbank kreditlari bilan o‘z biznesingizni rivojlantiring

#mikrokreditbank #yangi_imkoniyatlar #bizsizbilan

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
28/10/2021

#kurs_valyuta