🗣 Mikrokreditbank joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarni davom ettirmoqda✅ Bugun, 22-may kuni “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv Raisi va o'rinbosarlari ishtirokida
Andijon, Namangan, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
⭐️ Mazkur uchrashuvlar doirasida joylardagi kichik biznes vakillari o‘z loyihalari, ehtiyojlari va takliflari bilan ishtirok etdi. Bank rahbariyati tadbirkorlarning tashabbuslarini tinglab, joylarga chiqqan holda ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishtirdi.
🔘 Shuningdek, bank tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kredit mahsulotlari, xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari va davlat dasturlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Batafsil🌐 Veb-sayt |
📱 MAVRID |
📱 Instagram |
🌐 Facebook |
🌐 YouTube |
☎️ Call-markaz