🔗 "Mikrokreditbank" ATB va "Qozog‘iston Eksport-kredit agentligi" AJ o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi
👏 Navbatdagi hamkorlik ham O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, kelishuv summasi 10 million AQSh dollarini tashkil etadi.
✏️ Kelishuv shartlariga ko‘ra, "Mikrokreditbank" ATB mijozlariga kreditlar taqdim etishda ularni zarur moliyaviy resurslar bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
🔘Ta’kidlash kerakki, "Mikrokreditbank" ATB va "Qozog‘iston Eksport-kredit agentligi" AJ o‘rtasidagi kelishuv iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va har ikkala mamlakatdagi biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bir qadamdir.
🔘Bogʻotlik opa-singillarimizning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻlishlarida yordamlashish maqsadida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sh.Ibragimova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
✏️ Oʻrganishlar natijasida viloyatning yana 369 nafar xotin-qizlari tadbirkorik qilish istagini bildirib, imtiyozli kreditlar ajratilishi boʻyicha murojaat yoʻllashgan. E’tiborlisi, ularning 258 nafari Bogʻot tumanida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar hissasiga toʻgʻri keladi. Batafsil
✅ MKBANK “Uzcard Awards 2024”da yana bir bor eʼtirof etildi!
🔘 Kuni kecha Toshkent shahrida yurtimizdagi yetakchi bank-moliya tarmogʻi vakillarini bir joyga jamlagan “UZCARD FORUM 2024” tadbiri boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda “Mikrokreditbank” ATB ham yetakchi moliya muassasalari qatorida ishtirok etdi.
🎉 “UZCARD AWARDS” 2024 taqdirlash marosimida Mikrokreditbankning yutuqlari ham alohida eʼtirof etilib, “Eng yaxshi emitent” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlandi.
✔️ Bu mukofotni bankimizning moliyaviy xizmatlar sohasidagi yutuqlari va mijozlarga yuqori sifatli xizmat koʻrsatishning namunasi deb bilamiz!
⭐️Fursatdan foydalanib, barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildiramiz va kelgusida ham ishonchli hamkorlikka intilamiz!
🔈 Xabaringiz bor, 2024-yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
📱 Bu muhim kunda mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida bizning navbatchi valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalarimiz ishlaydi.
⭐️Ushbu muhim siyosiy jarayonga befarq bo‘lmang va o‘z nomzodingizni qo‘llab-quvvatlang!
➖➖➖
✅27 октября - в день выборов МКБАНК с вами!
🔈 Как вам известно, 27 октября 2024 года состоятся выборы в Законодательную палату Олий Мажлиса Республики Узбекистан и местные Кенгаши народных депутатов.
🔗 В этот важный день для удобства обслуживания клиентов будут работать наши дежурные пункты обмена валюты и международных денежных переводов.
✅“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Bank xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
➡️ Ishlar samaradorligini kuzatish jarayonida BXM rahbarlari bilan muloqotda boʻlib, mijozlarga tez va sifatli bank xizmatlari koʻrsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qildi. Aholiga sifatli xizmat koʻrsatish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar berdi.
👏Kunning ikkinchi yarmida bank moliyaviy ko‘magida o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar faoliyati ham o‘rganildi.
👀Virtual firibgarlar: MKBANK nomidagi soxta kanallarga aldanib qolmang!
✅ Bugun telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar MKBANK nomidan soxta guruhlarni ochib, mijozlarning bank kartasi, SMS kod hamda pasport ma’lumotlari evaziga 50 000 000 so‘mgacha kredit ajratilayotgani haqida bong urmoqda.
🛡Bunday guruhlardagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini va quyidagi yolg‘on telegram kanallar, botlardan ogoh bo‘lishingizni so‘raymiz:
❗Unutmang, bu kabi guruhlar sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz va parollaringizni qo‘lga kiritish orqali, kartangizdagi mablag‘ni yechib olish yoki nomingizga kredit rasmiylashtirishni maqsad qiladi.
💬Aziz yurtdoshlar, virtual firibgarlardan ehtiyot bo‘ling va yaqinlaringizga ham bu ma'lumotni yuborib qo‘ying!
➡ Barcha yangiliklarni faqatgina rasmiy manbalarimizdan oling!
🎶FTV Music Awards - o'zbek shou-biznesining yorqin yulduzlarini bir joyga jamlagan taqdirlash marosimi. Unda siz xit taronalarini tinglashingiz va unutilmas marosimning guvohiga aylanishingiz mumkin.
⭐️6-noyabr soat 19:00 da "Xalqlar do‘stligi" saroyida sizni yilning eng shou-shuvli konsertida kutamiz!
✅MKBANK - yilning eng muhim taqdirlash marosimida siz bilan birga!
➖➖➖
🎉 Станьте свидетелем звездного шоу вместе с МКБАНК!
🎶FTV Music Awards - церемония награждения ярких звезд узбекского шоу-бизнеса. Вы сможете послушать современные хиты и стать свидетелем незабываемого шоу.
⭐️6 ноября в 19: 00 во Дворце дружбы народов мы ждем вас на самом зрелищном концерте года!
✅МКБАНК - с вами на самой важной церемонии награждения года!
📱Kommunal xizmatlarni MAVRID bilan komissiyalarsiz to‘lang!
✔️ Bugun oyning oxirgi kuni. Mavrid sizga “Mening uyim” bo‘limi orqali tezkor to‘lovni taklif etadi.
🔗Mavrid bilan siz: 🟣 Kommunal xizmatlar uchun komissiyasiz to‘lov qilishingiz 🟣 To‘lov cheklarini saqlashingiz 🟣 Shaxsiy hisobingizni kuzatib borishingiz 🟣 Kreditlarni so'ndirishingiz mumkin.
⭐️Ilovaning barcha qulayliklari vaqt va pulingizni tejashiga ishonamiz!
#Ayollar_tadbirkorligi_MKBANK_Natija 🔘 - 100 nafardan ortiq shogirdim bor, - deydi Xiva shahar tadbirkor ayollar uyushmasi rahbari Dilnoza Otajonova biz bilan suhbatda. – Faoliyatimni 2007-yilda boshlaganman. Kulolchilik menga qaynota kasb. Oʻz faoliyatimni samarali davom ettirish uchun Mikrokreditbankning imtiyozli kreditlaridan foydalanib kelmoqdaman. Mahsulotlarimizning asosiy xaridorlari xorijiy sayyohlardir...