✅ Toshkentda gastronomik (24/7) ko‘chalar soni yana bittaga ortadi
🗣 Mikrokreditbank hamda Toshkent shahar Yashnabod tumani hokimligi hamkorligida hududdagi Sodiq Azimov ko‘chasini gastronomik, ya’ni 24/7 rejimida ishlovchi ko‘chaga aylantirish bo‘yicha loyiha ishlari yakuniga yetkazildi.
✨ Mazur loyiha doirasida Sodiq Azimov ko‘chasida yoritish ustunlari, o‘rindiqlar o‘rnatish, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, sug‘orish tizimlarini joylashtirish, audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar o‘rnatish, shuningdek, hududda fotozonalar uchun dekorativ elementlar tashkil etish, piyodalar yo‘laklari, velo-yo‘laklar, harakatlanishga xalal bermaydigan avtoturargohlar va ovqatlanish uchun qulay bo‘lgan "Food trak"lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bolalar maydonchasi va 3D formatdagi katta monitor o‘rnatish kabi ishlar amalga oshiriladi.
📌MKBANKda iABS dasturida ishlovchi yangi modul yaratildi
🗣 Mikrokreditbank tizimida inson omili bilan bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish ortiqcha mehnat sarfini va bank aktivlari sifatini yaxshilash hamda xarajatlarni kamaytirish orqali bankning moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish maqsadida bank tomonidan iABS dasturida tijorat banklari orasida birinchilardan boʻlib QR-Inventarizatsiyamoduli ishga tushirildi.
🤩Mazkur modul ayni paytda bankning Toshkent shahar boshqarmasida to‘liq joriy etilgan.
📌 MKBANK tizimidagi 820 ta bankomatni masofaviy kuzatib turish imkonini beruvchi monitoring dasturi ishga tushurildi.
✔️Endilikda ushbu dastur orqali har bir bankomatning doimiy ishchi holatda boʻlishi va pul mablagʻi mavjud ekanligini onlayn nazorat qilib borish imkoniyati yaratildi.
🗣 Bugun “Mikrokreditbank” ATB rahbariyati hamda IMI Intesa Sanpaolo banki London filiali vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✔️Muloqot chog‘ida savdoni moliyalashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit liniyalarini jalb qilish hamda kapital bozorni rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
✅MKBANKda mijozlarga bank xizmatlarini koʻrsatishda hujjatlar aylanmasini tezlashtirish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, kredit taʼminoti sifatida garovga olinishini lozim boʻlgan mol-mulklarning notarial hujjatlarini bank binosida rasmiylashtirishni tashkil qilish maqsadida E-notarius (Elektron notarius) platformasidan foydalanishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishildi.
🔘Mazkur qulaylikni sinov tariqasida dastlab Toshkent shahar boshqarmasida, Toshkent va Jizzax viloyatlari bank xizmatlari ofis va markazlarida tatbiq qilish rejalashtirilgan.
🔈 Bugun firibgarlikning turli ko‘rinishlari ommalashmoqda. Ulardan biri esa sizning nomingizga rasmiylashtirilayotgan, lekin siz bexabar bo‘lgan kreditlardir. Ogoh bo‘ling, endi kartangizda pul boʻlmasa ham siz firibgarlarning tuzog‘iga tushishingiz mumkin.
❓Qanday amalga oshirishadi? Sizga bank xodimi sifatida qo‘ng‘iroq qilishadi va sizdan haqiqatan ham, bu siz ekanligingizni tasdiqlash uchun identifikatsiyadan o‘tishingizni aytishadi. Keyin esa telefoningizga kelgan SMS-kodni so‘rashadi va… Hammasi ular o‘ylagandek amalga oshgach, firibgarlar sizning nomingizga bir nechta banklardan kredit olishadi.
🔗Qalloblarning toʻriga tushmaslik uchun: ❌ Begonalarga sizni suratga olishiga yoʻl qoʻymang, ma’lumotlaringizni hech kimga bermang. ❌ Shubhali fayllarni telefoningizga yuklab olmang. ❌ Bank xodimi sifatida sizga hujjatlarini taqdim qilsa ham, bunday aldovlarga uchmang.
✔️Bu ma’lumotlarni do‘stlaringizga ham ulashing, o‘zingizni va yaqinlaringizni firibgarlar nayrangidan asrang!