📱 Yaqindagina MAVRIDning ilk foydalanuvchilarini qutlab, biz bilan ekanligidan mamnun edik. Bugun esa safimiz kengaydi, bizga ishonch bildirganlar soni oshdi.
⚡️ Demak, biz sizga munosib xizmat qilishda davom etamiz!
👍Biz bilan quvonchli kunda birga bo‘ling.
➖➖➖
🥳Нам исполнился один год!
📱 Недавно мы приветствовали первых пользователей Mavrid и были рады, что они с нами. Сегодня наши ряды расширились, увеличилось количество пользователей, которые нам доверяют.
⚡️ Это означает, что мы будем продолжать развиваться и предоставлять вам качественный сервис!
🗣 Mikrokreditbank ATB va Turkiyaning 1-litzenziyalashgan UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Yaqin kunlarda MKBANK orqali UPT pul o’tkazmalarini (dollar va yevroda) amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.
👍 Ushbu xizmatning joriy etilishi banklarning mijoz uchun ishlashini tashkillashtirish hamda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmazlari turini yana bittaga ko‘paytirishga xizmat qiladi.
🗣 Подписано соглашение о сотрудничестве между Микрокредитбанком АТБ и первой лицензированной международной системой денежных переводов UPT Турции. В ближайшее время вы сможете осуществлять денежные переводы UPT (в долларах и евро) через MKBANK.
👍 Внедрение данной услуги будет способствовать организации работы банков для клиента, а также увеличению количества переводов между физическими лицами.
🗣 MKBANK Turkiyaning PayPorter pul o'tkazmasi bilan kelishuvga erishdi
✔️ Mazkur kelishuvdan maqsad, mizojlarimizga qulaylik yaratish va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmazlari turini yana bittaga ko‘paytirishdir.
👍Yaqin kunlarda MKBANK orqali PayPorter pul o’tkazmalarini amalga oshirish, yaqinlaringizga qulay tarzda pul yuborish va o’tkazmalarni maksimal darajada oson olish imkoniga ega bo‘lasiz.
🗣KIDS plastik kartalari -MKBANKdan bolajonlar uchun ajoyib yangilik!
✅Kuni kecha “Mikrokreditbank” ATB va UZCARD hamkorligining yangi bosqichi yo‘lga qo‘yildi hamda mijozlarimiz uchun manfaatli shartnoma imzolandi.
👏 Mazkur shartnomadan maqsad, farzandlarimiz uchun “Uzcard Kids” kartalarini joriy qilish bo‘lib, plastik kartalar 1-iyun - Xalqaro bolalar kunida ishga tushadi va bayramda ularga munosib sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz.
💫“Uzcard Kids” kartalari bilan siz farzandingizning barcha xarajatlarini kuzatishingiz, MAVRID ilovasi orqali esa mablag‘ bilan to‘ldirb borishingiz mumkin bo‘ladi.
⚡️ Farzandingizning moliyaviy mustaqilligini biz bilan ta’minlang.
📣“Mavrid” bilan imtiyozli kredit olish osonlashmoqda!
✔️Endilikda, oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida imtiyozli kredit olish istagidagi aholi ortiqcha vaqt sarflashiga hojat yo‘q. Chunki tez kunda MKBANKning “Mavrid” ilovasi orqali imtiyozli kredit olishga ariza yuborishi mumkin boʻladi.
⚡️ Ayni damda bankning “Mavrid” ilovasi hamda oilakredit.uz platformasini integratsiya qilish jarayonlari olib borilmoqda va bu hamkorlik qisqa fursatlarda yakuniga yetkaziladi.
💫Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali ularning bandligini taʼminlash va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
🗣 Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlikning yangidan-yangi turlari tarqalmoqda.
✔️Ayniqsa, soxta va eski ilovalar, turli havolalar orqali kelgan SMS-ilovalarni yuklab olmang va ularga kirmang. Agar sizda shunday ilovalar bo’lsa, uni darhol o’chirib yuboringva telefoningizni antivirus yordamida tekshiring.
⚡️ Unutmang, yaqinlaringiz nomidan yoki begona akkauntdan yuborilayotgan turli soxta SMS-ilovalar firibgarlarning sizga qo‘ygan tuzog‘i bo‘ladi.
❗️ Firibgarlar bunday ilovalardan foydalanib, sizning ma’lumotlaringizga ega bo‘lish orqali kartangizdagi pullarni yechib olishi va shaxsiy ma’lumotlaringizdan turli maqsadlarda foydalanishi mumkin.
📱 Agar sizda GOS CREDIT UZ nomli ilova bo‘lsa, uni mobil qurilmangizdan o‘chirib tashlang.
✅ Esda tuting, siz yuklab olgan soxta ilovalardagi ma’lumot va pullaringizning o‘g‘irlanishiga bank javobgar emas!
✅Ilovamizni faqat rasmiy manbalardan yuklang va o‘z xavfsizligingizni ta’minlang!
📣MKBANK yangi ish o‘rinlari yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi!
✅ Sizga kam foizli kredit kerakmi? Unda yangi ish o‘rni yarating va MKBANKning tadbirkorlik subyektlari uchun ajratilayotgan maxsus imtiyozli kreditlaridan foydalaning.
Bunda sizga:
🔹 5 tadan 10 tagacha ishchi oʻrni – 1 foiz;
🔹 10 tadan 20 tagacha ishchi oʻrni – 1,5 foiz;
🔹 20 va undan koʻp ishchi oʻrni – 2 foizga pasaytirib beriladi.
👏 Biz tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz va yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashamiz!