📚 Biz sizning bilim olishingizni qo‘llab-quvvatlaymiz!
🗣Qadrli talabalar, MKBANK tomonidan ta’lim krediti ajratilayotganini ma'lum qilamiz.
⚡️ Bankimizga tashrif buyuring va kerakli hujjatlarni tayyorlab, oliygohdagi ta’limingizni hech qanday tashvishlarsiz davom ettiring. ✔️ Yillik foiz stavkasi: 🧡xotin-qizlar uchun 0%; 🧡yigitlar uchun 14%;
✔️ Muddati: 15 yilgacha; ✔️ Miqdori: shartnoma asosida.
❗️ Unutmang! Bu turdagi kredit Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yoki magistratura ta'lim yo'nalishi bo'yicha to'lov-shartnoma asosida o'qishga tavsiya qilingan talabalar uchun beriladi.
✔️MKBANKda "Buyuk siymolarni yod etib…" nomli tadbir o‘tkazildi
🗣Bugun ulug‘ bobokalonlarimiz, 9-fevral — so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda 14-fevral — shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan MKBANKda "Buyuk siymolarni yod etib…." mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.
👏Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, shoir va publisist Salim Ashur hamda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Shodi Otamurodlar bank xodimlariga ikki siymo haqida qiziqarli ma'lumotlarni so‘zlab berdi.
⚡️Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida Navoiy va Bobur ijodiga bag‘ishlangan qiziqarli viktorina tashkil etilib, buyuk siymolarning g‘azal va ruboiylarini yoddan o‘qib berganlarga hamda viktorina g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🗣 Budjet tashkilotlari diqqatiga! MKBANK bilan oyliklarni 24/7 rejimida to‘lang
✔️ Buning uchun MKBANKda hisob raqam oching va to‘liq avtomatlashtirilgan xizmatning afzalliklaridan foydalaning.
▶️ Ya’ni bankimiz xizmat koʼrsatayotgan barcha budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi va unga tenglashtirilgan mablagʼlarini hech qanday qiyinchiliklarsiz, 24/7 rejimda bank kartalariga onlayn tushirishlari mumkin.
🤝 Mazkur qulaylik, MKBANKning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Аxborot texnologiyalari markazi bilan hamkorlikdagi muvaffaqiyatli integratsiyasi bo‘lib, davlat banklari ichida birinchilardan amalga oshirilmoqda.
⚡️ Inson omili ishtirokiga barham berilgan mazkur tizim mijozlarimizga qo‘shimcha qulayliklar yaratishiga ishonamiz!
🥳MKBANK "Tashkent Digital Marketing Forum 2024" forumida e'tirof etildi!
✔️ Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat banki “DIGITAL MARKETING AWARDS 2024” forumida “2023-yilda Oʻzbekistondagi eng ommabop Telegram post" nominatsiyasida"LIVEDUNE"xalqaro kompaniyasi tomonidan taqdirlandi!
👏Biz forum tashkilotchilariga va bankimiz mijozlariga bildirilgan ishonch uchun tashakkur deymiz!