MKBANK
15K subscribers
3.07K photos
445 videos
1.63K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
🔰O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Mikrokreditbank ATBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli filiali yangi binoda oʼz faoliyatini boshladi

Zamonaviy ko‘rinishdagi yangi binoning ochilish marosimida Mikrokreditbank ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filial boshlig‘i R.Utambetov hamda tuman sektor boshliqlari ishtirok etishdi.

Filialdagi malakali bank xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga barcha turdagi bank va konsalting xizmatlari koʼrsatiladi.

👉Ta'kidlab o‘tish joizki, mijozlarga qulay hamda samarali xizmat ko‘rsatishda rekonstruksiya qilingan hamda innovatsion jihozlar bilan ta'minlangan binoning ahamiyati katta.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
31/08/2021

#kurs_valyuta
🔰Mustaqillik bayrami arafasida Mikrokreditbank xodimlari esdalik nishoni hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar

Mikrokreditbank ATB tizimida ayni kunlarda bayram shukuhi munosib tarzda nishonlanmoqda. Jumladan, bank xodimlarimizdan biri Hilola Niyazova Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, bank tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir qator xodimlarga "Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni tantanali tarzda topshirildi.

Bundan tashqari, yana bir qator iste'dodli hamda jonkuyar xodimlarga bank rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰Mikrokreditbank ATB mijozlari diqqatiga!

Sizlarni kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi bilan tabriklaymiz. Bizning bayram kunlaridagi ish tartibimiz quyidagicha:

1,2,3,4,5-sentyabr – dam olish kunlari;
6-sentyabrdan boshlab bank odatiy tartibda ish faoliyatini boshlaydi.

Unutmang, dam olish kunlari "MKB mobile" ilovamiz orqali to‘lovlar qilishingiz, o‘tkazmalar jo‘natishingiz va boshqa ko‘plab imkoniyatlardan masofadan turib foydalanishingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🇺🇿Mikrokreditbank jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O`zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi bilan muborakbod etadi!

Ushbu yorugʼ va qadrli kunda Sizga mustahkam sogʼlik-salomatlik, baxt-saodat, tinchlik-farovonlik yor boʼlishini tilaymiz! Mustaqilligimiz abadiy boʼlsin!
______

🇺🇿От имени коллектива Микрокредитбанка поздравляем Вас с праздником 30-летия государственной независимости Республики Узбекистан!

В этот светлый и радостный день желаем всем Вам крепкого здоровья, счастья, мира и благополучия! Пусть будет вечной наша Независимость!

#mikrokreditbank #mustaqillik #30_yil
06/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Bugundan O‘zbekistondagi barcha ta'lim dargohlarida yangi o‘quv yili boshlandi

Barcha o‘quvchilar hamda talabarni hayotning yana bir pog‘onasiga ko‘tarilganlari bilan tabriklaymiz. Boshlangan o‘quv yili omadli hamda muvaffaqiyatli bo‘lsin! Unutmang, sifatli ta'lim kelajakdagi yuqori marralaringizning asosiy qismidir.

Ilm yo‘lidagi harakatlaringizda Sizga shijoat hamda yengilmas iroda tilab qolamiz. Ustozlarimizga esa o‘z faoliyatlari davomida qat'iyat hamda salomatlik yor bo‘lsin.

👉Mikrokreditbank tomonidan ajratilayotgan imtiyozli shartlardagi ta'lim kreditlari haqida batafsil.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
07/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari yordamida yurtimiz bo‘ylab masofalarni qisqartiring!

Mikrokreditbank yordamida uzoqdagi yaqinlaringizga bir zumda pul jo‘natishingiz mumkin.

👉Pulni milliy valyutada bankning istalgan filialiga topshirasiz va yaqinlaringiz shu ondayoq o‘zlariga qulay bo‘lgan filialimiz orqali mablag‘larni naqd pul yoki naqdsiz (mijoz istagiga ko‘ra) shaklda olishlari mumkin.

Mikrokreditbank pul o‘tkazmalari — tez, oson va xavfsiz usul!
——————-
🔰Думаете о том, как отправить деньги дальнему родственнику?

👉Если вы переводите деньги в национальной валюте в любое отделение банка, ваши родственники могут сразу же получить деньги наличными или безналично (по требованию клиента) через отделения Микрокредитбанка по всей стране.

Денежные переводы от Микрокредитбанка — самые быстрый, надежный и удобный способ!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
08/09/2021

#kurs_valyuta
🔰 G‘oliblar aniqlandi!

Mikrokreditbank tomonidan o‘tkazilgan, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan “Mustaqillik mening taqdirimda”: yoshlar o'rtasidagi insholar tanlovi natijalarini eʼlon qilamiz.

G'oliblar ro‘yхati:
1 – Abdusaidova Sevara
2 – To‘ychiyeva Jasmina
3 – Ganjayev Ro‘zimboy
4 – Yunusova Mohinur
5 – Jumag‘ulova Gulhayo

Shuningdek, yosh ishtirokchilarimizdan biri Pardayeva Xusniya rag‘batlantiruvchi, maxsus sovg‘amizga loyiq deb topildi🥳

Mazkur ishtirokchilarimiz @mkbank1103 telegram manzili orqali biz bilan bog‘lanib, o‘z Smart soatlarini olib ketishlari mumkin.

G‘oliblarni chin qalbdan muborakbod etamiz va barcha ishtirokchilarga kelgusi tanlovlarimizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
09/09/2021

#kurs_valyuta
🔰O‘z biznesini boshlash oson jarayon emas, albatta. U katta e'tibor, moliyaviy tayyorgarlik, puxta reja va alohida bilimlarni talab etadi. Biz Sizga bu boradagi ayrim maslahatlarni aytib o‘tmoqchimiz:

👉Biznes g'oya shu qadar qiziq bo'lishi kerakki, boshqa odamlar unda qatnashishga yoki sarmoya kiritishga tayyor bo'lishlari lozim;

👉Biznesda hamkorlik juda yaxshi, biroq har doim mas'uliyatni, asosiy vazifani o‘z zimmasiga oladigan, so‘nggi qarorni qabul qiladigan shaxs bo‘lishi kerak;

👉Mahsulot yoki xizmatga bozorda barqaror, yuqori talab borligiga ishonch hosil qiling;

👉Asosiysi, o‘zingiz yetarli tajribaga yoki bilimga ega bo'lgan biznes turini tanlang.

"Mikrokreditbank" bilan maqsad sari dadil qadam tashlang!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube