MKBANK
14.9K subscribers
3.07K photos
446 videos
1.64K links
Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali
Manzil:100047, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 4-uy

📲 http://linktr.ee/mkbank
📠 office@mikrokreditbank.uz
📸 https://t.me/nurmanovich

Kontakt-markazi: 1285
Ishonch telefoni:(71)202-9999
Download Telegram
🔰 Imtiyozli shartlarda ajratiladigan ta'lim krediti bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javob beramiz:

👉Kimlarga ajratiladi?
OTMning bakalavriat va magistratura mutaxassisligiga toʼlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarga

👉Oldingi davrda tijoriy taʼlim kreditlari olgan talabalarning keyingi oʼquv davri uchun imtiyozli kredit ajratiladimi?
Аgar olingan kreditdan muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmasa ajratiladi

👉Qancha muddatga ajratiladi?
Kreditlar oʼquv davri va qoʼshimcha 7,5 yil (90 oy) muddatga ajratiladi. Masalan: oʼquv davri 4 yil boʼlsa va kredit 1-bosqich talabasiga ajratilsa muddat 11,5 yilni (138 oy) tashkil etadi

👉Necha foizdan ajratiladi?
Yillik 14 foiz (Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida)

Ta'lim krediti uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi hamda kimlarga ajratilmasligi bo‘yicha batafsil

Ta'lim krediti olish uchun Mikrokreditbank filiallari va bank xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰Hurmatli mijozlar!

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining barcha filial va Bank xizmatlari markazlari, minibank, maxsus kassalari va chakana kassalarida oʼrnatilgan kassa toʼlov terminallarida dasturiy sozlash va profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu sababli, joriy yilning 31-avgust kuni ushbu terminallar orqali toʼlovlarni qabul qilish vaqtincha toʼxtatilishini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr soʼraymiz.
30/08/2021

#kurs_valyuta
🔰O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Mikrokreditbank ATBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli filiali yangi binoda oʼz faoliyatini boshladi

Zamonaviy ko‘rinishdagi yangi binoning ochilish marosimida Mikrokreditbank ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filial boshlig‘i R.Utambetov hamda tuman sektor boshliqlari ishtirok etishdi.

Filialdagi malakali bank xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga barcha turdagi bank va konsalting xizmatlari koʼrsatiladi.

👉Ta'kidlab o‘tish joizki, mijozlarga qulay hamda samarali xizmat ko‘rsatishda rekonstruksiya qilingan hamda innovatsion jihozlar bilan ta'minlangan binoning ahamiyati katta.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
31/08/2021

#kurs_valyuta
🔰Mustaqillik bayrami arafasida Mikrokreditbank xodimlari esdalik nishoni hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar

Mikrokreditbank ATB tizimida ayni kunlarda bayram shukuhi munosib tarzda nishonlanmoqda. Jumladan, bank xodimlarimizdan biri Hilola Niyazova Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, bank tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir qator xodimlarga "Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni tantanali tarzda topshirildi.

Bundan tashqari, yana bir qator iste'dodli hamda jonkuyar xodimlarga bank rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰Mikrokreditbank ATB mijozlari diqqatiga!

Sizlarni kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi bilan tabriklaymiz. Bizning bayram kunlaridagi ish tartibimiz quyidagicha:

1,2,3,4,5-sentyabr – dam olish kunlari;
6-sentyabrdan boshlab bank odatiy tartibda ish faoliyatini boshlaydi.

Unutmang, dam olish kunlari "MKB mobile" ilovamiz orqali to‘lovlar qilishingiz, o‘tkazmalar jo‘natishingiz va boshqa ko‘plab imkoniyatlardan masofadan turib foydalanishingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🇺🇿Mikrokreditbank jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O`zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi bilan muborakbod etadi!

Ushbu yorugʼ va qadrli kunda Sizga mustahkam sogʼlik-salomatlik, baxt-saodat, tinchlik-farovonlik yor boʼlishini tilaymiz! Mustaqilligimiz abadiy boʼlsin!
______

🇺🇿От имени коллектива Микрокредитбанка поздравляем Вас с праздником 30-летия государственной независимости Республики Узбекистан!

В этот светлый и радостный день желаем всем Вам крепкого здоровья, счастья, мира и благополучия! Пусть будет вечной наша Независимость!

#mikrokreditbank #mustaqillik #30_yil
06/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Bugundan O‘zbekistondagi barcha ta'lim dargohlarida yangi o‘quv yili boshlandi

Barcha o‘quvchilar hamda talabarni hayotning yana bir pog‘onasiga ko‘tarilganlari bilan tabriklaymiz. Boshlangan o‘quv yili omadli hamda muvaffaqiyatli bo‘lsin! Unutmang, sifatli ta'lim kelajakdagi yuqori marralaringizning asosiy qismidir.

Ilm yo‘lidagi harakatlaringizda Sizga shijoat hamda yengilmas iroda tilab qolamiz. Ustozlarimizga esa o‘z faoliyatlari davomida qat'iyat hamda salomatlik yor bo‘lsin.

👉Mikrokreditbank tomonidan ajratilayotgan imtiyozli shartlardagi ta'lim kreditlari haqida batafsil.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
07/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari yordamida yurtimiz bo‘ylab masofalarni qisqartiring!

Mikrokreditbank yordamida uzoqdagi yaqinlaringizga bir zumda pul jo‘natishingiz mumkin.

👉Pulni milliy valyutada bankning istalgan filialiga topshirasiz va yaqinlaringiz shu ondayoq o‘zlariga qulay bo‘lgan filialimiz orqali mablag‘larni naqd pul yoki naqdsiz (mijoz istagiga ko‘ra) shaklda olishlari mumkin.

Mikrokreditbank pul o‘tkazmalari — tez, oson va xavfsiz usul!
——————-
🔰Думаете о том, как отправить деньги дальнему родственнику?

👉Если вы переводите деньги в национальной валюте в любое отделение банка, ваши родственники могут сразу же получить деньги наличными или безналично (по требованию клиента) через отделения Микрокредитбанка по всей стране.

Денежные переводы от Микрокредитбанка — самые быстрый, надежный и удобный способ!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
08/09/2021

#kurs_valyuta