Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.36K subscribers
679 photos
90 videos
14 files
472 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Googleni Autodraw nomli servisi bor ekan. U yerga 4-5 yoshingizda chizgan rasmlarni chizib bersangiz, o'zi bilib rasm chiqarib berar ekan😅

@mabrur_dev
Forwarded from MJ
Asror ismli odamning ZetSoft va yana boshqa kompaniyalar nomidan qalloblik qilayotgani haqida oldin ham yozgan edim. Hozir o'sha yerda ishlayotganiga 2 haftacha bo'lgan bir bola yana boshqalar aldanmasligi uchun vaziyatni to'liq tushuntirishga harakat qildilar telefon qilib.

Iltimos, dasturlash sohasi atrofidagi tanishlaringizga ham yetkazing. Aldanib yurishmasin.

Telefondagi suhbat yozib olib joylanyapti.
Audio
Suhbatning mp3 formatdagisi
Kanalda PHPchilar bormi?

Sardor og'a PHP backend bo'yicha mok intervyular qilishni boshlabdi, kirib ko'ring foydali bo'ladi.

https://youtu.be/oxrj-jiwxJ0

🐘 #php_hali_sinmadi
Forwarded from Tweetlarim 🌙
Qurbon Hayitimiz muborak bo'lsin dindoshlarim🤗
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Video message
Bu safargi intervyu qatnashchisi Akromxon Saidxonov bo'ldi. Ba'zi sabablarga ko'ra bugun o'tkazolmaydigan bo'ldim, oldinroq eslatib qo'yish esimdan chiqibdi.

Intervyuni nomzodimiz vaqtiga qarab, shanba yoki yakshanba kechga o'tkazamiz.
Outsource kompaniyada ishlash mavzusida Humoyun Inoyatov bilan ovozli chat boshlandi.

Qiziq suhbat bo'ladi, kiringlar:
https://t.me/nizamoff?livestream
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mantiq has left the world🗿

Speed test yordamida internet tezligini oshirishni bilmay yurgan ekanmizu.

@mabrur_dev
Dasturchilar alohida ovoz chiqaradigan mexanik klaviatura uchun $300 sarflaydida, $400 lik ovoz o'tkazmaydigan quloqchin bilan yozishadi.

P.S: Shunaqalarni taniyman😂

@mabrur_dev
​​Kimdir dasturchini yolg'iz va hech kim bilan gaplashmaydigan inson desa "bekorlarni aytibsan" deying, chunki bu soha vakillari uchun muloqot qilish qobiliyati (communication skills) ko'plab kompaniyalar tomonidan qadrlanib kelinadi.

Jamoada ishlash uchun texnik qobilayitlardan tashqari, eshitish va hal qilish hislatlaringiz ham bo'lishi kerak. Keling, dasturchi uchun eng muhim communication skills haqida gaplashamiz:

1️⃣ Tinglash qobiliyati.
Majlislar vaqtida qo'lingizda doim ruchka va daftar bo'lsin. Hamkasblaringiz, yoki xaridorlarni diqqat bilan tinglang va eng kerakli qismlarni yozib oling. Bu eslab qolishingizga yordam beribgina qolmay, sizga nisbatan ikkinchi shaxsda iliq taasurot qoldirishiga yordam berishi ham mumkin.

2️⃣ Yordam so'rash va berish qobiliyati.
Qandaydir vazifada uzoq qolib ketsangiz va yechimni topa olmasangiz, boshqa dasturchilardan yordam so'rashga uyalmang. Shuningdek, siz ham qolganlarga doim yordam qo'lini cho'zishga tayyor bo'ling.

3️⃣ Doimiy feedback so'rash
Performance review, vazifalarni muhokama qilish va shunga o'xshash yig'ilishlardan so'ng albatta feedback so'rang. Bu sizni o'z ustingizda ishlashga tayyor ekanligingizni bildiradi.

4️⃣ Boshqalarni fikrini hurmat qilish
Jamoadoshlar bilan qandaydir masalani muhokama qilayotgan bo'lsangiz ularni oxirigacha eshiting. Birovni fikrini bo'lib qo'yish yomon hislatlardan biri hisoblanadi va o'raga sovuqchilik tushirishi ham mumkin.

Qo'shimcha fikrlarni izohlarda kutaman.

@mabrur_dev
Forwarded from Tweetlarim 🌙
Qanaqa rangda ko'ryabsiz?
Ko'pchilikning talablariga ko'ra keyingi mock intervyuyimiz Nodejs backend dasturchi bilan bo'lib o'tadi.

Kanalda opros qilib tanlab olsak intervyuga tayyor JS backend dasturchilari bormi, yoki boshlanishiga tanish-bilishlar bilan qilgan yaxshimi?)
Anonymous Poll
41%
Backendchiman, tayyorman
59%
Tanish-bilishlardan olavering
Hech qaysi inson xatolardan holi emas. Ular bizga yanada kuchli bo'lib, bu ishni takrorlamaslikka va tezroq tajriba orttirishga o'rgatadi.

Xumoyun aka 6 yillik tajribasi davomida qilgan xatolarini biz bilan ulashishga va dasturlashni tashlab qo'ymaslik uchun nimalardan ehtiyot bo'lish kerakligi haqida yozishga qaror qilibdi.

@khumoyun_codes kanaliga o'tib, shu haqida maqolani o'qishingiz va o'zingiz qilgan xatolarni yozib qo'yishingiz mumkin.
Forwarded from Tweetlarim 🌙
Shaxsan men yagona maktab formasiga qarshiman. Kiyinishga oid har qanday majburiyatlarga qarshiman. Shuning uchun bo'lsa kerak, hech qachon galstuk taqishni talab etadigan joyda ishlamaganman.

Men, Nodir Zakirov singari, ta'lim muassasasida kiyinish qoidalari o'rnatilishi (dress-code) tarafdoriman. Bu AQSh va Kanadada qo'llaniladi. Ya'ni, maktabga mayka va tapochka kiyib borish mumkin emas. Krossovka, jinsi va futbolkada - bemalol. Hijobda bemalol. Buni eng yaxshi yechim deb o'ylayman. Kichik yoshdagi bolalar atrofdagi jamiyatning qanday darajada turli tumanligini tushuna boshlashadi va maktabni bitirgandan so'ng katta hayotga ko'proq tayyor bo'lishadi

Balki, siz uchun bu chiroylidir, ammo men uchun metroga tushganimda faqat oq ko'ylak kiygan talabalar g'alati ko'rinadi. Ular inkubatordan chiqqan jo'jalarga o'xshashadi. Biroq, o'quvchilar o'zlarini bunga qarshi emas. O'rganib qolishgan. Maktabda shunday kiyingan bo'lsa. Bitiruvdan so'ng ham shunday kiyinadi. Ishonmaysizmi? Unda ayting-chi, nima uchun O'zbekistonda odamlar qora, kulrang yoki oq ranglarni afzal ko'rishadi? Misol uchun, metro qishda:

Yagona forma ijtimoiy muvozanatni o'rnarish usuli emas

Do'stimning so'zlarini keltiraman:

Ona oq ko'ylak va qora shim kiygan bolasini qo'lidan yetaklab keldi, keyin oq ko'ylak va qora shim kiygan boshqa bola Toyota Landcruiserdan tushdi. Birinchi bola cho'ntagidan eski Siemensni chiqaradi, ikkinchisining qo'lida iPhone X.

Ular teng. Ikkalasi ham forma kiygan-ku?!!!

Maqolaning davomi: https://telegra.ph/Maktab-formasidan-voz-kechishning-9-ta-sababi-06-25
Forwarded from TROLL.UZ
Халқ Таълими Вазирлиги мақташга арзийдиган ишларни ҳам қиляпти экан.

Масалан вазирлик freelancer бўлиб иш ўрганмоқчи бўлган ёшларга замонавий IT-касбларни ўргатадиган фойдали видео курслар ишлаб чиқибди.

Видеолар YouTube ва Maktab.uz платформасига жойлаштирилган. Ўзингиз ҳам кириб кўрсангиз бўлади.
Ҳаммаси мутлақо бепул.

Курслар рўйхати:

1. Foto tahrirlash
2. AutoCAD
3. Logistika
4. 2D Animatsiya
5. 3D Animatsiya
6. 3D MAX Start
7. 3D MAX Interyer
8. 3D MAX Eksteryer
9. Frontend
10. JavaScript Node JS
11. Elektron tijorat
12. Digital marketing
13. Android dasturlash
14. Видео монтаж

Шу ишларни қилаётган жамоага раҳмат айтиб омадлар тилаб қоламан!

Бу реклама эмас.

---

Министерство Народного Образования делает также проекты достойные похвалы.

Например они создали бесплатный YouTube канал для детей, интересующихся IT индустрией и фрилансом. Выше есть список курсов на данный момент.

Поддерживаю и благодарю команду, которая трудится над этим проектом.

Это не реклама.