Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.35K subscribers
679 photos
92 videos
14 files
472 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Bugun 21:30 da JavaScript dasturchi bilan intervyu bo'lib o'tadi.

Intervyu youtubeda jonli efirda bo'lib o'tadi va yozib olinadi. Tez orada linkni ulashaman.
Chat
Nizamoff
Xalqaro kompaniyalarda dasturlash

Kecha bo'lib o'tkan ovozli chatimizning yozib olingan varianti 🎧

Asosiy qism
00:25 - Kirish
01:33 - Muhammadrasul kim?
03:49 - Intervyugacha
08:40 - Rezyumeda o'zi qilmagan loyiha
10:20 - Dinga zid loyihalar
11:31 - HRM bilan intervyu
13:51 - Texnik intervyu
22:10 - Crisp Studio haqida
28:12 - Xalqaro kompaniyalardan nimalarni o'rganish mumkin?

Savol-javob qismi
35:35 - Ishdan chopib yuborish (Firing)
39:25 - Diplom, ingliz tili, yaxshi natija
48:46 - Intervyuda nimalarga e'tibor beriladi?
51:50 - Vakansiyaga qarab texnologiyani o'zgartirish
1:01:46 - Mustaqil o'rganish
1:05:48 - "Bilaman" deyish uchun qay darajada bilish kerak?
1:10:00 - Java tilini vebdagi o'rni
1:14:18 - Loyihani halol yoki harom ekanini qanday bilsa bo'ladi?
1:18:35 - Hech qayerda o'qimaganman, rezyumega nima yozaman?
1:22:56 - Javascriptni bilmasdan ishga kirsa bo'ladimi?
1:26:00 - Crisp Studio qanday texnologiyalar ishlatadi?
1:30:34 - Portfolioda nima ko'rsataman?
1:33:00 - Yakuniy qism

👉 @nizamoff
Junior frontend dasturchi roliga bo'lib o'tgan suhbatimizni youtube kanalimda tomosha qilishingiz mumkin.

Suhbatga link:
https://youtu.be/lyhDFlug_-c

Keyingi intervyuga ro'yhatdan o'tish:
https://bit.ly/3x07lVG

Keyingi intervyu 24-iyun, 21:30 da bo'lib o'tadi.

@mabrur_dev
Maktab paytidagi o'zimga maslahatlarim:

Hech qachon bir sohada yoki fanda o'zingni zo'rman deb bilma. Agar shunday tasavvur paydo bo'lgan bo'lsa, muhitni o'zgartir. Yaxshiroq maktab, o'quv markazga o'tishdan cho'chima, bu o'zingni foydanga.

Kasbinga oid bilimlarni o'rganishni iloji boricha ertaroq boshla. Katta bo'lishni va universitetga kirishni kutib otirma. Maktabni bitirguningcha o'z sohangda pro bo'l.

Ingliz tilini o'rgan. Bu til kelajakda har qanday kasb egasiga ustunlik beradi, mahalliy muhitdan tashqariga chiqib, xalqaro muhitga kirishinga yordam beradi va o'z-o'zidan kuchli raqobat ichida tezroq o'sasan.

O'qishga kirolmasang xafa bo'lma, iloji boricha xalqaro universitetlarda o'qishga harakat qil. Yo'lingdan chiqqanlarga quloq solma, hop deyib bilganingni qilib ketaver. Universitet hayot yo'lingdagi bir ko'prik holos, bunday ko'priklar son-mingta, tog'risini tanlab yur. Muhimi bilim olishdan charchama.

Siz eski o'zingizga nima maslahatlar bergan bo'lardingiz?

@mabrur_dev
Eng yoqimli hissiyotlardan biri, to'g'rimi?🙂

@mabrur_dev
Forwarded from 10x Engineer
Oylik so’rash uyat!

Lavhada:
- Nima uchun odamning shaxsiy maoshini so’rash mumkin emas.
- Amerika va O’zbekistondagi oyliklarni qayerda ko’rsa bo’ladi?
- Qaysi holatda va qanday qilib daromad haqida odamdan so’rash mumkin.
- Pul yetarli motivatsiya bo’la oladimi?
- Darxonbek’ning maoshi qancha.

Lavhani Medium’da o’qish.

@TenxEngineer
#tip
Kimdadir Ubuntuda react bilan shunga o'xshash error chiqsa googleni titkilab, vaqt sarflab o'tirmanglar, baribir aniq javob topolmaysiz. Shunchaki node_modules ni o'chirib tashlab, qaytadan install qiling.

Errorni topish uchun sarflagan 2-3 soat vaqtimni, 5 soniyalik postda tekinga o'rgatyabman. Treningimga yozilish shart emas )

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Halol va Haromni farqiga boring. Bittasi chiqib torrentdan narsa tortishni orgatsa aytganini qilib ketavermang. Bu dasturlarda birovlarning haqqi, mehnati borligini unutmang.

@mabrur_dev
— Haqiqiy inson bo'lib yetishganingni qanday bilasan?

— Rasmdan svetaforlarni to'g'ri ajrata olganingda!

I'm not a robot!

@mabrur_dev
Fizika fanini juda yaxshi ko’rar edim. Olimpiadaga borishni juda xohlagan edim lekin nasib qilmadi.

Youtubeda bitta bola fizika o’rgatayotgan ekan. Qiziqib kanaliga kirsam, daxshat!!!😲

Bir o’zi fizikadan mavzularni videodars qilib chiqayotgan ekan, u ham yetmagandek to’plamlardagi masalalarni ham yechib beryapti, shunchaki qoyil.

Darslarni juda ajoyib usulda tushuntirar ekan, fizikmanda bilamanda kim qanaqa tushuntirishini))))

Ishqilib videolarini bir qanchasini ko’rdim, fizikani esga oldim. Fizika ajoyib fan. Ayniqsa osmondagi bo’layotgan hodisalar haqidagi mavzular juda qiziq. Videoga link

PS: Bu Ustoz ham Xorazmlik, Shovotdan ekan. Xorazmdan yomon insonlar chiqmaydi, Al Xorazmiy, Beruniy, Zamaxshariy, Yassaviy kabi avlodlar Xudo xohlasa yana chiqadi, birinchi uyg’onishni qilgan, kerak bo’lsa Nchi uyg’onishni qila oladi, nasib qilsa

Videoni eng oxirigacha ko’ring, ajoyib sahnasi bor))
Open Source kodlarni klon qilib olib, uni buzib, turli joylarini o'zgartirib ko'rish texnologiya yoki tilni tezroq o'rganishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Shunday qilib o'rganishni yoqtiradiganlar uchun githubdagi open-source loyihalar to'plamini qidirish imkonini beradigan sayt. Istagan texnologiyangizga oid ochiq kodlarni bemalol githubdan topib, ishlatishingiz mumkin.

Sayt: opensourceagenda.com

@mabrur_dev
Forwarded from Nizamoff
Xalqaro kompaniyalarda dasturlash mavzusida ovozli chat

Ertaga 22:00da do'stimiz, backend dasturchi Mabrur Khayitboyev bilan suhbatlashamiz. Backendga qiziqadigonlar uchun ayni muddao.

Bonus: Jonli savol-javob ham qilamiz.)

#voiceChat #withMabrurDev

👉 @nizamoff
Forwarded from MayoqHub markazi
O'tgan yili kichik bo'lsada, ammo manfaatli natijalar kutgan holda boshlagan loyihamiz biz kutganimizdan-da yaxshiroq natija berdi.

MayoqHub markazining ilk o'quvchilari hozir o'z yo'nalishlarida turli kompaniyalarda faoliyatlarini boshlab yuborishgan. O'quvchilarning kurs formati va ta'lim sifatiga bergan fikrlari bizni yana ham shijoatlantirdi. Bu haqida batafsil ma'lumotlarni alohida post sifatida tayyorlaymiz.

O'quv markaz haqida kanal bio qismida keltirilgan sayt orqali batafsil ma'lumotlar olishingiz mumkin bo'ladi.

Tarmoqlarimizni kuzatib borib, markazimiz, o'quvchilarimiz va dasturlashga oid qiziq hamda foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

💻 Ayni paytda bu yildagi oxirgi oflayn guruhlarga qabul davom etmoqda, saytimiz orqali ro'yxatdan o'tib joylaringizni band qiling. Joylar soni cheklangan.

📅 Ochiq dars 14-iyun, 14:00 da Farg'ona viloyati Mayoqhub markazida bo'lib o'tadi.

ℹ️ Kurs haqida ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish uchun: mayoqhub.uz

Telegram | Instagram | Facebook