Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.34K subscribers
679 photos
92 videos
14 files
472 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Ramazon kunlari qiynalmay ishlash uchun kun tartibi.

@mabrur_dev
Forwarded from Jakhadev (Jakhongir Mannonov) (Жахонгир Маннонов :(:)
Kirib kelayotgan Ramadan Kareem barchaga muborak bo'lsin shu o'rinda kichik bir loyihamizni sizlarga taqdim qilmoqchiman, Ramazon taqvimi 2022 vaqtlari, Google Play'dan bemalol yuklab olib ishlatishingiz mumkin, Contains Ad
New York, Times Squareda taroveh namozi🤩

@mabrur_dev
Junior bo'lasizmi, Senior bo'lasizmi shu ikki saytdan bemalol remote ishlar topishingiz mumkin. Yagona sharti ingliz yoki rus tilini yaxshi bilishingiz kerak bo'ladi.
Bu saytlardagi ko'p vakansiyalarda 2+ yil tajribasi bor JavaScript Engineerlarga 1500-3000$ oyliklarni ko'rishingiz mumkin.

https://recruitika.com/
https://djinni.co/jobs/

Bosingizlar :)

@mabrur_dev
Blackbox - Google Chrome ishlatadigan dasturchilar uchun juda ajoyib extension.

Bu yordamida, youtubeda biror videodars ko'rib turgan paytingizda, videodagi kodlarni COPY qilish imkonini beradi.

Endi videoni pauza qilib birma - bir kodlarni ko'chirib o'tirishga hojat yo'q.

Ajoyib a :)

@Sardoroga_blog
Allohni fazli bilan iTechArt Group da Software Engineer sifatida ishimni boshladim. Ilk kunlar yaxshi boshlandi va tezda jamoaga moslashib ketdim, buning uchun kompaniya HRlariga alohida rahmat.

Kompaniya bozorda 20 yildan beri mavjud. Yevropa va AQShda ofislari bor, Osiyodagi birinchi ofisi Toshkentda ochildi.

@mabrur_dev
Eng ko'p so'raladigan javobga aniq va lo'nda javob 😂😂

To'liqroq javob bersam, aslida hamma kompaniyada bu tushunchalar har xil, ba'zi kompaniyaga middlega olishmagan bo'lsa, boshqa kompaniya senior deb qabul qiladi. Lekin umumiy olganda, real loyihalarda tajribangiz 3 yildan oshsa "Middle", 4-5 yildan oshsa "Senior" bo'lsangiz kerak. Ko'p vakansiyalardan shunday yozishadi.
Qatar universitetlarida o'qiydiganlar yoki u yer haqida ma'lumoti borlar bormi? O'zim uchun ma'lumot yig'moqchiman.

Nimadir devorsanglar, shu nimadir tufayli Qatarda o'qish niyyati paydo bo'lsin, boshqa davlat variantlariyam ko'rib chiqiladi. Hullas izoh tortishuvlar uchun ochiq :)
https://www.youtube.com/watch?v=tQG6jYy9xto

Ko'rib havas qilishingiz uchun ulashdim😅
Ishga ,topshirish rekruiterlar bilan suhbat qilish, texnik suhbat davomida o'zini qanday tutish va rezyume tayyorlash bo'yicha o'rgangan bilimlarimni bo'lishmoqchiman. Qanday kontent qilsam sizga qulayroq?
Anonymous Poll
69%
Video
14%
Audio
17%
Maqola
Forwarded from Abduaziz π
Python-roadmap.pdf
5.9 MB
Assalomu alaykum barchaga 👋

Python dasturlash tilini mustaqil o'rganishingiz uchun yo'l xaritasi tayyorladim (roadmap). Python'ni 100% mustaqil o'rgangan odam sifatida, yo'l xaritasida keltirilganlar o'zimning shaxsiy tajribamda sinalgan deb bemalol ayta olaman.
Foydali bo'lsa, o'rganmoqchi bo'lgan yaqinlaringizga ham ulashing 🙂

@AbduazizPy
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Python-roadmap.pdf
Python o'rganmoqchi bo'lsangiz, yoki shu niyyatdagi do'stlaringiz bo'lsa Abduazizning roadmapidan foydalanishingiz mumkin.
Kimdir: Nima uchun backendda NestJS ishlatishim kerak?
Men: Sayti to'la mushuklarni rasmi bo'lgani uchun.
Forwarded from Tweetlarim 🌙
Samarqandning eng sara 93 ta shayxini yarim tunda uylaridan toqqa olib chiqib ketib, 2 metrlik xandaq qazdirishadi. U xandaqqa birinchi ulamoni itarib tushirishadi unga o'q uzishadi. Ustiga, qolgan ulamolarni majburlab qop-qop oxak to'ktirishadi. Qolgan ulamolarniyam shu tarzda xandaqqa tashlashadi. Hammalarini otib o'ldirishadi. Eng oxirgi, 93-ulamoni tirikligicha ko'mib yuborishadi, U allohni mo'jizasi bilan tirik qo'lib, askarlar ketganidan keyin tuproqdan chiqadi va Hindistonga ketadi...

Muallif o'tgan asrda, mustabid sho'rolar davrida chetga ketishga majbur bo'lgan vatandoshlarimizdan biri. Kitobda muallifning yurtimizdagi qatag'onlorga guvoh bo'lgani yoritib berilgan.

O'zini Musulmonman, O'zbekman deb bilgan har bir kishi o'qishi shart bo'lgan kitob. Audio shaklini eshitishni boshladim, kirish qismini o'zidan ta'sirlanishni boshladim.

Kitob nomi - "Alvido Vatan".

Kitobni audio shakli Omar Halilning telegram kanalida bor.

@tweetlarim
Forwarded from Inspired Engineer - Ilhom Shamidinov
Insof bormi?

"Siz boshlang‘ich 1800 dollar maosh uchun bor-yo‘g‘i 3 000 000 so‘m sarflaysiz xolos."

Shunaqa reklamalarga uchib yeb qo'ymanglar iltimos. Bitta kursni o'zini tugatib bunaqa oylikka chiqib bo'lmaydi. Qo'shimchasiga kamida 2 yil real loyihalarda ishlash kerak bo'ladi.

#enjoyyourlife
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegramdan yangi avlod botlarini kutib oling🤩

Endi siz ovqat, chiptalar, pul o'tkazmalari va shunga oxshash telegram botlarga JavaScript yordamida o'zingizga qulay interfeys qo'shishingiz mumkin. Bunday botlar tez orada "lyuboy" saytni sindirib tashlashi kutilmoqda.

Telegramni update qilib quyidagi havolada ishlatib ko'rishingiz mumkin:
@DurgerKingBot

@mabrur_dev
Forwarded from vc.ru
Разработчик программ EPAM перевёз сотрудников из России и Белоруссии в Узбекистан, пишет Forbes. Их несколько сотен — до 1000.

У компании есть офис в Ташкенте с 2019 года

vc.ru/dev/405293