Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.29K subscribers
680 photos
93 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from MJ
MayoqHub Farg'ona 2-qabul

Frontend dasturchi kasbini egallamoqchi bo'lganlarga MayoqHubning yangi qabulini e'lon qilamiz. 2 ta bo'limdan iborat bo'lgan bu kursda frontend dasturlash asoslaridan tortib hozirgi kundagi ommabop JavaScript kutubxonasi React va unga oid instrumentlardan erkin foydalanishni o'rgana olasiz. Kurslarni muvaffaqiyatli tugatsangiz va tuzgan loyihalaringiz sifati yaxshi bo'lsa, ishga kirishda tanish kompaniyalarga tavsiya qilinasiz.

1-bo'lim - verstka - 6 oy
Bu bo'limda frontend dasturlash asoslari o'rganiladi. O'rganilgan mavzular bir qancha maketlar asosida tajribada mustahkamlanadi. Asosan FrontendMentor.io va FrontLoops.io dan olingan maketlar ishlatiladi. O'rganiladigan texnologiyalar:
- HTML va CSS;
- Sass;
- Bootstrap;
- JavaScriptning DOMga oid qismlari;
- Gulp.

2-bo'lim - JavaScript - eng kami 6 oy
Bu bo'limda JavaScriptning asoslaridan boshlab, undagi murakkab mavzular, JS bo'yicha ishga kirishda ko'p so'raladigan mavzularga tayyorgarlik, React va Redux kutubxonalari o'rganiladi. Mashq uchun xos tuzilgan mashq texnik vazifalari, FreeCodeCamp.com, FrontendMentor.io, FrontLoops.io va HTMLAcademydagi turli murakkablikdagi loyihalar shartlaridan foydalaniladi.

Kursning formati videokurs va mentorlik ko'rinishida bo'ladi. O'quvchilarga haftalik vazifalar beriladi. O'rganiladigan mavzular uchun asosan oldindan tayyorlangan o'zbek tilidagi o'zim yozgan darslardan foydalanishadi. Bajarilgan vazifalar o'quvchilar tomonidan peer review - bir-birlarining loyihalarini tekshirib berish ko'rinishida tekshiriladi. Har hafta vazifalarni o'z vaqtida va talab qilingan qoidalarga ko'ra topshirish kerak bo'ladi.

Boshqa o'quv kurslardan farqlari
1. O'quvchi mustaqil o'rganishi asosida qurilgan.
2. Haftalik vazifalar, kundalik standup meetinglar yordamida intizomga odatlanishga undaydi.
3. Ko'p amaliyot. Kurs bo'limlarining tahminan 2/3 qismida yangi mavzular va mashqlarni ko'rib chiqish mo'ljallangan bo'lsa, qolgan paytda to'liq e'tibor loyihalarni tuzishga qaratiladi.

2023-yil boshigacha o'z ustida ishlab, JavaScript React dasturchisi bo'lishni qat'iy maqsad qilganlarga tavsiya qilinadi. Kurs davomida mas'uliyatsizlik qilgan o'quvchilar kursdan chetlatiladi.

O'quvchilar darsxonada dushanba-juma kunlari 9:00-13:00 orasida bo'lishlari shart. Shanba kuni darsxonaga borib shug'ullanish ixtiyoriy (ortda qolayotganlar uchun majburiy). Kurs to'lovi oyiga 500 ming so'm.

Darslar o'quvchilar yig'ilishi bilan boshlanishi reja qilingan. Tahminan 17-24-yanvardan.

Kursda o'qimoqchi bo'lganlar mana bu linkka o'tib ro'yxatdan o'tishlari kerak. Dars boshlanishiga yaqin bog'lanib qo'shimcha ma'lumotlar beriladi.

Kurs haqida savollar bo'lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Kursga qiziqishi mumkin bo'lgan yaqinlaringizga ham ulashasiz, degan umiddaman.
"Quloqlar" telefoningiz ichida😁

@mabrur_dev
Umuman olganda yangicha talqinga o'tishga harakat, shunchaki fikringizni bildiring. Barcha darslar shu tarzda davom ettiriladi.

1-fevralgacha Boshlang'ich javascript, React Native, Telegram bot kurslarimiz tugatiladi. 1-fevraldan pullik obuna imkoniyati paydo bo'ladi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=mqrPtGT0Lw4&ab_channel=MuhammadYunus

PS: Tavsiyalaringizni berishingizni iltimos qilaman :))

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Pixer.uz
Tingla - audio kitoblar va podcastlarni tinglashga mo'ljallangan dasturimiz vanihoyat taqdim qilish uchun tayyor.

(Yaqin orada TestFlightda sinab ko'rish uchun link yuboramiz.)

Dasturning texnik imkoniyatlari:
- Siz audio kitoblarni tinglashingiz bilan birgalikda, uning matnini o'qishingiz ham mumkin.
- Matnni o'qish va audioni tinglashda barcha jarayonlarni o'zingiz uchun moslashingiz mumkin: Yorug'liq, kun va tun mavzusi, shriftlarni ko'zga qarab yaqinlashtirish va uzoqlashtirish imkoniyati, audioni tezlashtirish va automatik davom etishni rejalashtirish mumkin.
- Sotib olingan kitobni yuklab olish va undan offline holatda ham foydalanishingiz mumkin.

Yaqin orada kanalimiz orqali Android va iOS dagi test jarayoniga qo'shilish uchun link yuboramiz.

@pixer_uz
Dam olishdan keyin ishga qaytishni eng yomon tomoni - ishlab turgan loyihangiz kodini qaytadan o'qib chiqishingiz kerak.

Bir kunim o'zim yozgan kodni tushunib chiqish bilan o'tib ketdi.

@mabrur_dev
JavaScriptda qo'shimcha npm paketlarisiz ovozli xabar chiqarishni bilasizmi?

Buni SpeechSynthesis metodi orqali qilishingiz mumkin. Rasmdagi kodni ko'chirib, speak funksiyasiga kerakli matnni yozib ko'rishingiz mumkin.

@mabrur_dev
Ctrl+Alt+Del Qizlarni Applarni ajali😎

@mabrur_dev
Hakkerlar tomonidan keng tarqalgan Phishing hujumi nima va undan qanday ogoh bo'lishimiz kerak?

@mabrur_dev