Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.36K subscribers
679 photos
90 videos
14 files
472 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Yil Yakuni.

w, a, s, d (CS GO😁)
shift
ctrl + z
ctrl + x
ctrl + c
ctrl + s
alt + tab

@mabrur_dev
Telegramni yangilang😁
30 daqiqadan keyin ustozimiz Muhammadjavohir akaning youtube kanalida "2022-yilda Frontend dasturchi bo'lish" mavzusida jonli efiri bo'ladi.

Suhbat davomida dasturlashga kirish, ish qidirish va MayoqHubning yangi qabuli haqidagi savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

O'tkazib yubormaslik uchun kanalga oldindan obuna bo'lib qo'yishni unutmang:
https://www.youtube.com/c/MuhammadjavohirSuratov
#YearReview

Har yili o'tgan yildagi asosiy hodisalarni tahlil qilishni va yangi yil uchun oldindan rejalar qo'yishni qilishni odat qilib olmoqchiman. Bu o'z ustimda ko'proq ishlashim va o'ylagan rejalarimga ma'suliyat bilan yondashishimga yordam beradi.

Yangi yilga ham bir qator rejalar qilib qo'yganman, ularning asosiylarini yozmoqchiman va nasib qilsa yangi yil yakunida o'tirib ularni muhokama qilamiz:

- IELTSdan yuqori ball olish. (Iyun)
- Startup boshlash va investor jalb qilish. (Noyabr)
- YouTubeda podkastlar va darslarni boshlash. (Har hafta)
- Chetga o'qishga kirish (Dekabr)

Yangi yil uchun siz ham o'z maqsadlaringizni aniqlab oling )

@mabrur_dev
Happy coding, do'stlar :)

@mabrur_dev
Forwarded from Fikrbank
Huddi urush bo’layotgan joyga o’xshaydi - Alloh asrasin. Shuncha pirotexnika vositalari beeeeeemalol o’tgan bojhonadan. Lekin, dronga ruxsat yo’q.

@fikrbank
​​Кўп-китоб-тез-ўқиш васвасаси

“Авваллари китоб оз, илм кўп эди. Ҳозир китоблар кўп, илм камайиб кетган”
Ибн Жавзий

“Ёшлик пайтимизда диний китоб жуда оз бўларди, ўқиётиб “тез тугаб қолмаса эди”, деб ўқирдик. Энди эса китоб кўп, қандайдир баракаси йўқдек”
Бир акамизнинг гапи.

“Кўп маълумотни билиш ақлга ўргатмайди”.
Гераклит

“Кўп ўқиш нафақат бефойда, (чунки ўқиш жараёнида киши бегона фикрларни олиб, чала ўзлаштиради, ҳолбуки ўзи шунга ақли билан етиши мумкин эди) балки ақл учун зарардир, чунки бу иш уни заифлаштиради, ғояларни ўзининг бошидан эмас ташқи манбалардан йиғишга ўргатиб қўяди”.
Артур Шопенгауэр

--------
Тамроқларда қизиқ бир фаолликни кузатиш мумин: ёшлар ўқимоқчи бўлган китоблар узун рўйхатини режа қилиб қўйиб, ҳафтасига, ойига нечта китоб ўқиш учун норматив чегара қўишяпти. Энг қизиғи, ўқиган китоблари ҳисоботини ҳам бериб қўйишяпти.

Китоб ўқишни спортлаштиришга ўхшайди. Ақлий фаолият турларнинг айримлари спорт турига айлангани рост, лекин улар орасида кўп китоб ўқиш турини топа олмайсиз. Негадир бизда шундай ёндашув урчиб кетди.

“Мен китобни ўқимайман, мен китобни ейман! Мана қаранглар қанча китобни тушририб қўйдим бир йилда! Фалончи миллиардер шунча китоб ўқиркан, писмадончи даҳо шунча китоб ўқиб ташлар экан! Бойиб кетомқчимисан? Ақлли бўл! Ақлли бўлмоқчимисан? Китоб ўқи, кўп китоб ўқи... жумладан китобларимни сотиб ол! Бугун чегирмали нархда сотиляпти!”

Бу ютубда америкалик ва россиялик инфоқаллобларнинг учрайдиган рекламасидан эди.
Энди шу услуб зиёли ёшларимизга юқибди.

Албатта катта миқдорда ўқиш билим ва тушунчаларни бойитиш ЭҲТИМОЛЛИГИни оширади башарти ўқиш сифатли бўлса. Миқдор сифатга ўтиш деган қонуният ишлаб қолиши учун мақсад кўп ўқиш эмас сифатли, тушуниб ўқишга интилиш керак. Ва бунда китоблар сони ва ўқиш тезлигининг аҳамияти биринчи ўринда эмас.

Агар китоб (нафақат китоб, мақола бўлиши мумкин) ўқишга жиддий кирсангиз столингизда тақрибан 2-3 китоб бўлади. Бирини йиллаб ўқиб тугатмай давом этасиз, бир қисмини ўқиб ойлаб ҳазм қиласиз.. Бошқасини бир-икки ўтиришда тугатиб қўясиз. Яна бошқасини бошлаб, охирига етказмай ташлаб қўясиз – ва бу ўз ўзидан айб эмас!

Бир-икки китоб ўқиб уни жуда яхши тушунган ақл йил мобайнида 100 та китобни ютиб юборгандан кучлироқ, бойроқ бўлади.

Тармоқларда кетаётган китобхонликка тарғиб китоб ўқишни ёшлар орасида модага айлантиришга қаратилган. Моданинг муамммоси шуки, бугун мода бўлган нарса эртагаёқ эскиради. Юзаки тарғибот одамларнинг меъдаси билан ўйнашиб қўяди. Меъдага уриб кетса бошқа ҳеч қайси ташвиқот билан қизиқтира олмайсиз. Шу оддий нарсаларни тушунмаганлар китоб ўқиб унчалик уқимаётганликларини кўрсатиб қўйди.

“Кўп ўқиш” жуда нисбий тушунчалигиниям айтиб ўтиш керак. Кимгадир, қайсидир ҳолат учун, мақсад ва имкониятларга қараб бўлади. Бир йилда 500 та биринчи синф болалари учун чиқарилган китобни ўқиган билан шу даврда Квант физикасига бағшланган 70 бетлик монографиясини ўқиб тушунган одам билан баробар эмас. Албатта бу бўртирилган мисол.

Лекин “шу йили ўқишим керак бўлган китобларим рўйхати”ни кўз кўз қилаётганлар бу китоблар қанчалик потенциали, мақсади, имконияти, тушунча ҳолати ҳақида умуман маълумот бермайди. Ўзини мотивация қилиш учун фойдали иш бўлиши мумкин. Аммо бошқа одам учун миқдор мотивация бўлиши узоққа бормайди.

Мен кўп эмас оз ўқинглар демаётибман, китоб ўқишга рағбатни сўндириш ниятим ҳам йўқ. Айтмоқчи бўлганим ўқишга бўлган рағбатингиз бутун умр учун сўнишга етаклайдиган тушунчалардан узоқ бўлинг.

Ўқиш учун ўқиманг, уқиш учун, ўзгариш учун, мустақил фикрлай оладиган ва ўз фикрларингизни тушуна оладиган бўлиш учун ўқинг. Шунда ўз-ўзидан сифатли ўқиш миқдорнинг ортишига табиий етаклаб келади.

Жамшид Муслимов

@subnazar
Forwarded from MJ
MayoqHub Farg'ona 2-qabul

Frontend dasturchi kasbini egallamoqchi bo'lganlarga MayoqHubning yangi qabulini e'lon qilamiz. 2 ta bo'limdan iborat bo'lgan bu kursda frontend dasturlash asoslaridan tortib hozirgi kundagi ommabop JavaScript kutubxonasi React va unga oid instrumentlardan erkin foydalanishni o'rgana olasiz. Kurslarni muvaffaqiyatli tugatsangiz va tuzgan loyihalaringiz sifati yaxshi bo'lsa, ishga kirishda tanish kompaniyalarga tavsiya qilinasiz.

1-bo'lim - verstka - 6 oy
Bu bo'limda frontend dasturlash asoslari o'rganiladi. O'rganilgan mavzular bir qancha maketlar asosida tajribada mustahkamlanadi. Asosan FrontendMentor.io va FrontLoops.io dan olingan maketlar ishlatiladi. O'rganiladigan texnologiyalar:
- HTML va CSS;
- Sass;
- Bootstrap;
- JavaScriptning DOMga oid qismlari;
- Gulp.

2-bo'lim - JavaScript - eng kami 6 oy
Bu bo'limda JavaScriptning asoslaridan boshlab, undagi murakkab mavzular, JS bo'yicha ishga kirishda ko'p so'raladigan mavzularga tayyorgarlik, React va Redux kutubxonalari o'rganiladi. Mashq uchun xos tuzilgan mashq texnik vazifalari, FreeCodeCamp.com, FrontendMentor.io, FrontLoops.io va HTMLAcademydagi turli murakkablikdagi loyihalar shartlaridan foydalaniladi.

Kursning formati videokurs va mentorlik ko'rinishida bo'ladi. O'quvchilarga haftalik vazifalar beriladi. O'rganiladigan mavzular uchun asosan oldindan tayyorlangan o'zbek tilidagi o'zim yozgan darslardan foydalanishadi. Bajarilgan vazifalar o'quvchilar tomonidan peer review - bir-birlarining loyihalarini tekshirib berish ko'rinishida tekshiriladi. Har hafta vazifalarni o'z vaqtida va talab qilingan qoidalarga ko'ra topshirish kerak bo'ladi.

Boshqa o'quv kurslardan farqlari
1. O'quvchi mustaqil o'rganishi asosida qurilgan.
2. Haftalik vazifalar, kundalik standup meetinglar yordamida intizomga odatlanishga undaydi.
3. Ko'p amaliyot. Kurs bo'limlarining tahminan 2/3 qismida yangi mavzular va mashqlarni ko'rib chiqish mo'ljallangan bo'lsa, qolgan paytda to'liq e'tibor loyihalarni tuzishga qaratiladi.

2023-yil boshigacha o'z ustida ishlab, JavaScript React dasturchisi bo'lishni qat'iy maqsad qilganlarga tavsiya qilinadi. Kurs davomida mas'uliyatsizlik qilgan o'quvchilar kursdan chetlatiladi.

O'quvchilar darsxonada dushanba-juma kunlari 9:00-13:00 orasida bo'lishlari shart. Shanba kuni darsxonaga borib shug'ullanish ixtiyoriy (ortda qolayotganlar uchun majburiy). Kurs to'lovi oyiga 500 ming so'm.

Darslar o'quvchilar yig'ilishi bilan boshlanishi reja qilingan. Tahminan 17-24-yanvardan.

Kursda o'qimoqchi bo'lganlar mana bu linkka o'tib ro'yxatdan o'tishlari kerak. Dars boshlanishiga yaqin bog'lanib qo'shimcha ma'lumotlar beriladi.

Kurs haqida savollar bo'lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Kursga qiziqishi mumkin bo'lgan yaqinlaringizga ham ulashasiz, degan umiddaman.
"Quloqlar" telefoningiz ichida😁

@mabrur_dev
Umuman olganda yangicha talqinga o'tishga harakat, shunchaki fikringizni bildiring. Barcha darslar shu tarzda davom ettiriladi.

1-fevralgacha Boshlang'ich javascript, React Native, Telegram bot kurslarimiz tugatiladi. 1-fevraldan pullik obuna imkoniyati paydo bo'ladi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=mqrPtGT0Lw4&ab_channel=MuhammadYunus

PS: Tavsiyalaringizni berishingizni iltimos qilaman :))

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Pixer.uz
Tingla - audio kitoblar va podcastlarni tinglashga mo'ljallangan dasturimiz vanihoyat taqdim qilish uchun tayyor.

(Yaqin orada TestFlightda sinab ko'rish uchun link yuboramiz.)

Dasturning texnik imkoniyatlari:
- Siz audio kitoblarni tinglashingiz bilan birgalikda, uning matnini o'qishingiz ham mumkin.
- Matnni o'qish va audioni tinglashda barcha jarayonlarni o'zingiz uchun moslashingiz mumkin: Yorug'liq, kun va tun mavzusi, shriftlarni ko'zga qarab yaqinlashtirish va uzoqlashtirish imkoniyati, audioni tezlashtirish va automatik davom etishni rejalashtirish mumkin.
- Sotib olingan kitobni yuklab olish va undan offline holatda ham foydalanishingiz mumkin.

Yaqin orada kanalimiz orqali Android va iOS dagi test jarayoniga qo'shilish uchun link yuboramiz.

@pixer_uz
Dam olishdan keyin ishga qaytishni eng yomon tomoni - ishlab turgan loyihangiz kodini qaytadan o'qib chiqishingiz kerak.

Bir kunim o'zim yozgan kodni tushunib chiqish bilan o'tib ketdi.

@mabrur_dev
JavaScriptda qo'shimcha npm paketlarisiz ovozli xabar chiqarishni bilasizmi?

Buni SpeechSynthesis metodi orqali qilishingiz mumkin. Rasmdagi kodni ko'chirib, speak funksiyasiga kerakli matnni yozib ko'rishingiz mumkin.

@mabrur_dev
Ctrl+Alt+Del Qizlarni Applarni ajali😎

@mabrur_dev