Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.28K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Islom shari'atining eng kibor va muhtaram imomlari va olimlari hayotiga qiziqsangiz bu kanalda foydali ma'lumotlar berib boriladi:

https://t.me/islomvaolim
Forwarded from Temurbek Adhamov
Xususiy ta'lim muassasalarida internet narxini arzonlashtirish bo'yicha yoshlarforumi.uz platformasiga joylashtirgan taklifim tasdiqlanibdi

Aytishlaricha, eng ko'p ovoz to'plagan takliflar bo'yicha alohida qaror qabul qilinar ekan.

Barcha nodavlat ta'lim muassasasilarini, ularning o'quvchilarini ushbu taklifni qo'llab-quvvatlashga chaqiraman!

Ta'limda internetni tez va sifatli qilib bersak ancha vaqt va asablar tejaladi. 3 yillik dardim meni bu )

Ovoz berish uchun: https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/0421637
Forwarded from ilhomdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir shunaqa bo'lib qolmasak bo'ldi.
15 daqiqadan keyin natija chiqadi.

@ilhomjonmusayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Afsuski o'rin ololmadik, muhimi uniPOS loyihamizni davom ettirib O'zbekiston bozorini egallab olishimizga ishonamiz )

3 kundan kam vaqt ichida @muhammadyunus_uz, @IlhomjonMusayev lar bilan juda katta sistemaning MVP versiyasini ishga tushirib yubordik, biz jamoamizdan faxrlanamiz🥳
Bizning loyiha qanday loyiha edi: Loyiha UniPOS deb nomlangan universal POS tizimi edi. U do'kon, apteka, oziq-ovqat do'konlaridan tortib, barcha turdagi savdo rastalarining ombor va kassa tizimini avtomatlashtirishga qaratilgan, mobil va kompyuterda ishlaydigan dastur edi. Biz bozordagi mahsulotlarni online ko'rish muammosini hal qilib, tadbirkorlarga bepul pos tizimidan foydalanishga imkoniyat yaratib bermoqchi edik. Tepadagi linkdagi videolarda ham ko'rishingiz mumkin, biz do'konning ruxsati bilan, do'kondagi mahsulotlar ro'yxatini OpenData ko'rinishida barcha uchun ochiq API qilayotgan edik. Arzon Apteka endi barcha do'konlar uchun ishlar edi.

1-kun:

Hackaton nomi OpenDataHack edi va birinchi kundan OpenData bo'yicha tushunmovchiliklar bo'la boshladi. Tashkilotchilarning o'zi OpenData so'zini yaxshi tushunishmagan edi. 2 ta tashkilotchi bir xil savolga ikki xil javob berishdi. Umuman olganda OpenData degani internetdagi shunday data-ki, undan muallif huquqisiz foydalanish mumkin. Ular data.gov.uz saytidan ma'lumot olish kerak deyishdi. Man so'radim: "Biz opendata ishlab chiqaruvchi bo'lsak ham bo'ladimi?" deb, "ha" deb javob berishdi.

Birinchi kunda loyihaning asosiy qismini tugatdik.

2-kun:

2 ta mentor bilan gaplashish shart ekan. Gaplashdik. Ulardan bittasi loyiha to'g'ri kelmaydi dedi. Ikkinchi mentor bu ajoyib g'oya ekanligini va OpenData uchun ajoyib misol ekanligini aytdi.

Biz loyihani deyarli tugatdik.

Kun davomida OpenData bo'lmasa loyiha chetlatiladi deb takrorlashdi.

3-kun:

Hamma prezentatsiyasini mentorlarga ko'rsatish va prezentatsiyada 8 taga yaqin bo'lim bo'lishi shart etib qo'yilgan edi. Va kim prezentatsiya taqdim qilmasa, loyihadan chetlatilishi aytib o'tildi. Va hamma keyingi bosqichga o'tdi. Keyin shart qo'yishdi, kim 16:00gacha loyihani yuklamasa chetlatamiz deb. Ammo chetlatishmadi. Hamma prezentatsiya uchun kirdi.

Prezentatsiyani kuzatib borar ekanman, umumiy hisobda 4 ta loyiha OpenDataga oid loyiha ekanligini tushundim. Ular orasida biz ham bor edik.

Lekin g'oliblarni e'lon qilishga kelganda esa: Instagramdagi profillarni katalog qilib beradigan sayt va chegirmalarni ko'rsatib turuvchi sayt sovrindorlar qatoriga kiritilgan ekan. OpenData esa qayerda qoldi tushunmadim. Tepadagi OpenDataga oid loyihadan faqat Mohirdev jamoasi sovrindorlar qatoriga kiritilgan ekan. Qolgan 3 ta loyiha kabi biz ham bu ro'yxatda yo'q edik.

Yoki biz ularni tushunmadik, yoki ular bizni tushunmadi, yoki ular o'zlarini hali ham tushunishgani yo'q.

Taasurotlar: Avvaliga qattiq ishladik, hayajon yo'q edi. 3 kunda loyihani bitirdik. Raqiblarimizning ko'pida faqat front qismi edi. Presentation vaqti ozgina hayajon bosdi va javob e'lon qilinganda ozgina stress xis qildim. Nega deysizmi: Agar shunday baholash tizimi bo'lishini bilganimda hackatondagilarga faqat omad tilab, dars yozish bilan shug'ullanardim.

Tushunmovchilikning kattasi, hakamlar kim nechi ball olgani, nima uchun olgani va qanday mezonlar borligini e'lon qilishmas ekan.

PS: Mandan ham ko'proq stress xis qilgan @alixr va Muhammadsiddiq. Ular talabalar va investorlarni bir-biriga topib beruvchi loyiha qilishgan vaqtda, itlarni topib beruvchi loyiha ulardan o'tib ketgan :))


PPS: Keyingi safar o'zim bilgan kuchliroq hakamlar bo'lmasa, bunday loyihalarda qatnashmayman :))
SAT va IELTSga tayyorlanib turganlar bormi? Yaqin ukamiz shu haqida kanal ochibdi, foydali bo'ladi deb o'yladim.

https://t.me/learningwithEdward
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
https://telegram.org/blog/protected-content-delete-by-date-and-more/uz?ln=a O'zbekcha
Endi xohishingizga ko'ra telegram kanaldagi videolar va rasmlarni saqlab, yoki skrinshot qilib ololmaysiz🥳
Sun'iy intellektlarga erkinlik berilsa nimalar qilib tashlashiga yaqqol misol.

Sinov tariqasida qizil va ko'k jamoalar o'rtasida berkinmachoq o'yini o'tkazilgan, boshlanishiga ular oddiy harakatlar bilan roundni o'ynashdi. Round o'tgan sari esa ular ko'p narsalarni o'rganib, hatto o'yindagi "Bug"lardan foydalanishni ham boshlashdi.

Videoni ko'rib bo'lganingizdan so'ng, sun'iy intellekt imkoniyatlari haqidagi fikrlaringizni kutaman.

https://www.youtube.com/watch?v=Lu56xVlZ40M&ab_channel=TwoMinutePapers
Silardayam shunaqa tush bo'lganmi😆

@mabrur_dev
Qanday qilib 2022-yilda zo'r frontend dasturchi bo'lish mumkin?

🎤 Frontend
dasturlash bo'yicha meetup.

📈 Noldan boshlab React yoki Vue texnologiyalarida stajyor darajasiga qanday chiqish mumkinligi va umumiy dasturlashni o'rganish bo'yicha tajribadan o'tgan maslahatlar haqida suhbatlashamiz.

📌 Spiker haqida:

Muhammadjavohir Sur'atov:
- Westminster universiteti bitiruvchisi;
- 3 yildan oshiq dars berish tajribasi;
- 10 mingdan oshiq obunachisi bor YouTube kanal muallifi;
-
Mohirdev.uz saytida 800 dan ortiq o'quvchi yozilgan kurs muallifi.

📆 Meetup 18-dekabr soat 10:00da Marg'ilon raqamli texnologiyalar markazida bo'lib o'tadi.

📌 Meetupga bepul ro'yxatdan o'tish:
https://bit.ly/3DIGv5Z

📲 +998732542404
📩 @rtmadmin
📍Marg‘ilon shahar Xiyobon ko‘chasi 65-uy
(Diyor mehmonxonasi orqasida)

Telegram | Instagram | Facebook
Internet ishlashi bilan muammolar bo'lyapti😐

Beeline, Uzmobile, Uztelecom ishlamayapti

UPD: beeline ozroq ishladi )
Forwarded from TROLL.UZ
ZO'R TV телеканалидан илҳомланиб.
--
Вдохновившись Телеканалом ZO'R TV

Давоми / Продолжение: @trolluz
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Iltimos, vatanni sevishga qo'yib bering...

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda xususiy telekanallarda ro'mol va soqol ko'ringan yuzlar hiralashtirib qo'yilganiga oid kadrlar tarqaldi. Avvaldan bu kabi vajlar bilan davlat telekanallari ro'mol o'ragan yoki soqol qo'ygan odamdan intervyu olish tugul, shunday insonlar bor kadrlarni syomka ham qilmas edi...

Keling, shu joyda aqlni bir joyga yig'ib, sog'lom aql bilan tafakkur qilib ko'rsak, insonning o'ta shaxsiy ishi bo'lgan eng oddiy narsalar taraqqiyotimizga qay darajada zarar beryapti?

Korrupsiyalashish, mulk daxlsizligi yo'qligi, inson huquqlari buzilishi, adolatli sud jarayoni bo'yicha dunyoda eng oxirgi qatorlarda turgan bir vaqtimizda bu kabi ishlarni qilish insonning ertangi kunga bo'lgan ishonchini parcha-parcha qiladigan ishlar...

Shunchaki, vatanni sevishga ham, vatan uchun katta-katta orzular qilishga ham imkon bermayapsiz, insonlarning bor umidini so'ndiryapsiz...

Biz insonlarning eng oddiy huquqlarini poymol qilar ekanmiz, chetdan investitsiya kelishi haqida gapirishga juda-juda erta ekanligini tushunib olaylik...

Yashasak ko'raverar ekanmiz, demokratiya shunday bo'lsa kerakda )
Fullstack dasturchi bo'lmang.

Dasturlashga yangi kirib kelayotganlarning juda ko'p qismi Fullstack dasturchi bo'lishni o'ylaydi. Bu yaxshi, ammo kattaroq joyda ishlamoqchi bo'lsangiz bu fikrdan qaytishingiz kerak. Bunga sabablar yetarlicha, hozir esa bu boradagi o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashmoqchiman.

Katta kompaniyalarga Fullstack dasturchilar kerak emas. Ularda Backend va Frontend dasturchilari uchun vazifalar alohida ajratilgan. Fullstack dasturchilarni esa asosan start-uplar yollaydi, buning sababi, katta ehtimol bilan byudjet kamligida. Shuning uchun ham Backend dasturchilarning maoshi Fullstack dasturchilaridan balandroq bo'ladi.

Dasturlashni o'rganiboq Backend yoki Fullstackchi bo'lib ishlayman deb o'ylagan bo'lsangiz adashasiz. Boshlanishiga baribir Frontendni o'rganishingiz kerak. Ko'pchilik Junior Backendchilarni ishga olishmaydi, chunki hech kim muhim ma'lumotlarini tajribasiz ishchiga ishonishni istashmaydi.

Fullstack dasturchi bo'laman deb harakat qilayotgan bo'lsangiz bu haqida biroz o'ylab ko'ring. Backend va Frontend bir-biriga bog'liq, ammo o'xshash narsa emas. Boshlanishiga esa Frontend yo'nalishini tanlashni maslahat beraman, chunki bu yo'nalishda tajribasiz dasturchilarga ham ish topish nisbatan osonroq.

Fullstack dasturchi bo'lib ishlashingiz mumkin bo'lgan yagona joy - frilans. U yerda ishlashingiz uchun ham baribir tajriba kerak bo'ladi, shuning uchun boshida bor e'tiborni Frontendga qaratavering.

@mabrur_dev
JavaScript bilan zerikmaysiz :)

@mabrur_dev
Forwarded from Xushnudbek.uz
Статистика қўмитаси ўзи шунча йиллардан буён эплолмаётган ишни қилган orginfo.uz сайти асосчиси устидан шикоят киритибди. Айблов эса асоссиз.

Бу қанақа сайт?

Интернетда orginfo.uz деган сайт бор. Унда корхона, ташкилотлар ва МЧЖлар, уларнинг таъсисчилари, директори, очилган санаси ва бошқа маълумотларни олиш мумкин. Бу сайт оддий бир дастурчи ўзбек йигити томонидан яратилган. Сайтдаги маълумотлар осмондан олинмайди, тўқиб чиқарилмайди ёки қандайдир хакерлик усули орқали ўғирлаб олинмайди. Шунчаки Давлат статистика қўмитасининг stat.uz сайтидаги ОЧИҚ ВА РАСМИЙ МАЪЛУМОТЛАР базасидан олади.

orginfo.uz афзаллиги нимада?

Хўш, orginfo.uz сайти шунчаки Статистика қўмитаси базасининг дубликати бўлса, унда нима муаммо? Гап шундаки, Статистика қўмитаси сайтидан маълумот қидириш жуда қийин ва ноқулай. Масалан, stat.uz сайтидан бирор МЧЖ ҳақида маълумот олиш учун унинг СТИР (ИНН) рақамини билишингиз керак. Бундан ташқари МЧЖ таъсисчиларининг бошқа фирмаларини топиб бўлмайди. Ёки исм-шариф орқали маълумот топишнинг ҳам иложи йўқ.

orginfo.uz сайтида эса аксинча, амалдорларнинг исм-фамилияларини ёки шунчаки фирма номларини ёзган ҳолда маълумотларни осон ва қулай топиш мумкин. Бундан ташқари бу сайт Интеллектуал мулк агентлигининг савдо белгилари бўйича очиқ базаси билан ҳам интеграция қилган. Шунчаки оддий мисол мана бу.

Муаммо нимада?

Статистика қўмитаси ўзининг қўлидан келмаган ишни қилгани учун orginfo.uz сайтидан хафа бўлган шекилли, устидан шикоят қилибди. Бунга асос қилиб, orginfo.uz сайти ҳар 10 кунда янгиланиши, бу муддат ичида айрим фирмалар маълумоти ўзгариб қолган бўлиши, бу эса икки хил маълумотни кўрган инвесторлар ва бошқаларда ишончсизлик пайдо қилишини айтишибди.

У қанақа аҳмоқ инвесторки, давлатнинг расмий ташкилоти базаси бўла туриб, ҳар 10 кунда янгиланадиган ва бу ҳақида огоҳлантириб ёзиб қўйган норасмий сайтга ишонса? Хуллас, емаган баҳона.

Ундан кўра, айрим коттаконларга шубҳали тендерларда ғолиб бўлаётганда, давлатнинг катта мулкларини сотиб олаётганда ёки бошқа ҳолатларда журналистлар, блогерлар ва кенг аҳоли осонгина уларнинг бизнеси ҳақида маълумот топаётгани ёқмаяпти, деб қўя қолинглар.

Нима айб қўйилмоқда?

orginfo.uz сайтини яратган дастурчи Бобурмирзо Ҳамроқуловга нисбатан Андижон вилояти Асака тумани ИИБ томонидан МЖтКнинг 202-2-моддаси (ёлғон ахборот тарқатиш) бўйича маъмурий иш очилибди. Аммо бу айб мутлақо асоссиз қўйилган, деб ҳисоблайман. Ички ишлар ходими ёки шошиб қолган, ёки малакасизлик қилган.

202-2-моддада шундай дейилади: «Шахснинг қадр-қиммати камситилишига ёки унинг обрўсизлантирилишига олиб келадиган ёлғон ахборотни тарқатиш».

Хўп, orginfo.uz сайтида қандай ёлғон хабар тарқатилган? Ва бу маълумот кимнинг қадр-қимматини камситибди? "Миллиард туда, миллиард суда" қилаётган коттаконларнингми?

Яна бир гап: давлат ташкилоти, умуман олганда бирорта юридик шахс қадр-қиммати камситилгани ҳақида шикоят қила олмайди. Чунки ташкилотнинг қалби бўлмайди ва ўз-ўзидан қадр-қиммати ҳам йўқ. Бу модда билан иш очиш учун ўша қадр-қиммати камситилган ШАХСнинг шахсан ўзи ариза ёзиши керак. Хўш, ким шикоят ёзган? Шунақа ариза борми ички ишлар қўлида?

Коррупцияга қарши курашга қарши кураш

Статистика қўмитасининг бу иши Ўзбекистон жамиятида коррупцияга қарши курашаётганлар, очиқлик ва шаффофлик асосида давлат мулкини талон-торож қилаётганларни фош қилаётганларга қарши кураш бўлибди. Яъни очиқликни эмас, ёпиқликни хоҳлаётганларнинг иши бу. Ўзининг маълумотини ўзидан яхшироқ ва қулайроқ бераётганига алами келганларнинг иши бу.

Умуман бугунги Янги Ўзбекистон сиёсати шамолига ва оқимига қарши иш.

Умид қиламанки, Андижондаги судьяларимиз бу ҳолатда адолат ва қонун томонда бўлишади, ҳамда турли босимларга учишмайди. Дастурчи йигитнинг ҳаракатларида ҳеч қанақа ҳуқуқбузарлик йўқлигини баралла айта олишади. Бунга ишонаман.


👉 @xushnudbek 👈