Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.34K subscribers
680 photos
92 videos
14 files
473 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from MohirDev.uz
​​Muhammadjavohir Sur'atov WIUT bitiruvchisi, Front end dasturlash bo'yicha 100lab shogirtlar chiqargan ko'pchilikning sevimli ustozi, va mentori.

Hozirda Najot Ta'lim o'quv markazi Front end dasturlash va Full Stack Bootcamplar katta ustozi. Mohirdev onlayn ta'lim platformasida rivojlanish maslahatchisi va Front end dasturlash asoslari Praktikum kursi muallifi.

Maqsadi bilganlarini boshqalarga ulashish, ilm yo'nalishda peshqadamlardan bo'lib xizmat qilish.

Ko'p qirrali yosh Front end dasturchi, o'z ustida tinim bilmay ishlaydigan shijoatli. Ko'plarning kasbiy yo'nalishda o'zlarini topishda xizmat qilgan, hozirda juda ko'p shogirtlar chiqarib oilalarda iqtisodiy erkinlik, halol kasbdan rizqlanishida sababchi bo'layotgan fidoiy.

O'zining Youtube sahifasida 10,000lagan kuzatuvchisiga ega, hozirda aksar darslari mutlaqo bepul yuklagan ustoz.

"Ilm berishdan maqsad nima?" deb so'rasangiz. Javob shuki: "Bu jamiyatda kichik o'zgarishga sababchi bo'lish, yoshlarni to'g'ri kasbga yo'naltirish, oilaviy xotirjamlikga iqtisodiy erkinlik orqali erishishda ko'makdosh bo'lish".

O'zingizga ustoz tanlashda Muhammadjavohirni tanlang!

Mohirdev onlayn ta'lim platformasida tashkillashtirilgan Front end dasturlash kursidan siz ham ro'yxatdan o'ting!

100lab o'z yo'lini topgan yoshlar qatoridan joy oling!

Ro'yxatdan o'tish uchun link.

Mohir Front end dasturchi bo'lishni maqsad qiling, ilm oling, kasbiy xotirjamlik, iqtisodiy erkinlikga chiqing!

@mohirdev
#success #story