Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.34K subscribers
680 photos
92 videos
14 files
473 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Iphone'chilarga yuboramiz😂

@mabrur_dev
Forwarded from Progress Academy
❗️Professional dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? Unday bo'lsa professionallardan Backend dasturlash tilini o'rganing!

⚡️Uzoq kutilgan yangilik, Backend kursimizga START berilmoqda. Darslarni 10 yllik tajribaga ega, "Workly" korxonasi dasturchisi va team leaderi Sardor Dushamov olib boradi.

Bugungi kundagi eng zamonaviy va eng talabga ega kasblardan birini egallang va o'z maqsadingizga erishing!

Ushbu kursimizda PHP, MySQL, Yii2 va yana bir qancha texnologiyalar nazariy va amaliy usullarda o'rgatiladi. Ushbu kursni tamomlagan o'quvchilar Backend dasturchi bo'lib ishlashlari mumkin bo'ladi.


⛳️ Manzil: Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Beruniy ko'chasi, 18 uy
➡️ Moʻljal: Beruniy metro yaqinida, Hamkorbank yonida, Huvaydo to'yhonasi ro'parasida

Kursda qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!
👉 https://clck.ru/XcKQV
Forwarded from Asilbek Hasanov
Қайси давлатда қайси ўйин ривожланаяпти.

Узбекистон ҳам рўйхатда бор😎

👉 @Asilbek_Hasanov
💻2021-yilda dasturlash uchun eng yaxshi noutbuklar.

Dasturlashga kirib kelayotgan juda ko'pchilik qanday noutbuk olish borasida maslahat so'raydi. O'zim ishlatib ko'rgan va ko'pchilikning tavsiyalari asosida ushbu soha uchun eng mos noutbuklarni yig'ib chiqishga qaror qildim.

Noutbuklar haqidagi to'liq ma'lumotlar, xarakteristikasi va narxlari quyidagi maqolada:

https://telegra.ph/2021-yilda-dasturlash-uchun-eng-yaxshi-noutbuklar-09-22

@mabrur_dev
Barcha ustozlarimizni bugungi bayram bilan tabriklayman!

Eng yaqin insonlarimdan biri - Andijon viloyatidagi 26-DIMIda sinf rahbarim bo'lgan Odina Jumaboyevna. Ular maktabdagi har qancha erkaligimizni ko'targan, ayb ish qilgan paytimiz ham doim biz tarafda bo'lgan va bor mehrlarini bergan. Maktab bo'yicha eng mehribon sinf rahbar bizni ustozimiz edi.

Maktab paytida juda ko'p bilimlarni bergan va bizni o'z bolalaridek ko'rgan o'qituvchilarim - Nargiza Jumaboyevna, Gulnora Nurmatovna va Moxira Turg'unboyevna. Hayotda o'z yo'limizni topib ketishimizda ularning hissasi juda katta.

Juda yosh, shunga qaramasdan ko'plab dasturchilarni chiqargan, universal dasturchi - Muhammad Yunus aka (@muhammadyunus_uz). Najot Ta'limda o'qib yurganimda ko'p narsalarni o'rgatgan va ko'p maslahatlar bergan. Ular bilan bir joyda ishlaymiz, hozirgacha menga ustozlik qilib keladi.

Dasturlashda Muhammad Javohir (@mayoquz) akani kurslarida o'qimagan bo'lsam ham, ulardan juda ko'p narsani o'rganganman. Muhammad Javohir akani insonlar bilan muomila qilish borasida va o'qituvchilik qilishda eng yaxshi na'muna deb bilaman. Havas qilishga va ko'p narsani o'rganishga arziydigan inson.

Aslida ustozlarim juda ko'p, ularning barchasi yurtimiz rivoji uchun o'zining ulkan hissalarini qo'shib kelishmoqda. Barchani bugungi bayram bilan tabriklayman va kelajakda jamiyatimiz uchun foydali shogirdlar chiqarishini tilab qolaman.

@mabrur_dev
Kompyuter qotib qolgani uchun restart bersamu, lekin windows yangi obnovleniyasi bilan kutib turgan bo'lsa🗿

@mabrur_dev
Facebook, Whatsapp, Instagram va Messenger da uzilishlar kuzatilmoqda.
Netblocks ma'lumotiga ko'ra Facebook, Instagram va Whatsapp 1 soat ishlamay qolishi tahminan $160 mlnga tushadi.

@mabrur_dev
@durov akam kayf qilib kulib o'tiribdi Twitterda 😂
Darknet-forumlaridan biri Facebookning 1,5 milliard foydalanuvchilari ma'lumotlarini sotdi. Bu barcha davrlarda ro'y bergan eng katta "Ma'lumotlar o'griligi".

Ma'lumotlar xakerlik yo'li bilan emas, ochiq manbalardan web-scraping qilish orqali olingan😕

Manba

@mabrur_dev
🤔Facebookka nima bo'ldi?

- Facebook (shuningdek Instagram va Whatsapp) qulashidan 5 daqiqa oldin, Cloudflare "ASN Facebook" uchun BGP yangilanishlarini (asosan DNS marshutlarini o'chirib tashlashda) qayd etgan.

- Ko'p sonli mutaxassislarning fikriga ko'ra (masalan Redditdagi) qulash Facebook marshrutlarining ommaviy yangilanishi natijasidan.

- Routerlarning qulashi butun Facebook tarmog'ini "ishdan chiqardi" va kompaniyaning ichki va tashqi servislari, shuningdek DNS orasidagi barcha aloqalarni uzib qo'ydi.

- Katta ehtimol bilan, yangilanish masofadan turib amalga oshirilgan, biroq kompaniya xodimlari hoziroq Facebook ma'lumotlar markazi joylashgan turli nuqtalarga borib "o'chib qolgan" routerlarga zudlik bilan kirishlari kerak.

- Nosozlikni bartaraf etish vaqti, Facebook xodimlari markazlarga qanchalik tez ulanishlariga bog'liq.

- Vaziyat pandemiya tufayli og'irlashmoqda, chunki Facebook bir vaqtning o'zida sayyoramizning turli qismlariga ko'p sonli xodimlarini yuborishi kerak.

©️Kod Durova

@mabrur_dev
Bir sirni ochaman🙂

Dasturchining ishi:

- 1% kod yozishdan
- 40% uni debug qilishdan
- 15% kofe ichib o'tirishdan
- 30% xatolarni googledan qidirishdan
- 9% shunchaki ekranga termilib o'tirishdan
- 5% stackoverflowdan copy/paste qilishdan iborat

Izohlarga siz ham o'z siringizni yozib qoldiring😅

@mabrur_dev
Yaxshi imkoniyat!

Ishlar ortib boryabdi. O'zim uchun yordamchi (shogird) olishga majburman. Agar sizda shunaqa istak bo'lsa quyidagi formani to'ldiring: https://forms.gle/MHvVpLGGsyHBXgna9

Ustunliklar:
- Kofe, internet bor ofis;
- Man yozgan barcha pullik darslarga kirish huquqi;
- Jamoaga qo'shilish imkoniyati;
- Vaqti kelganda vazifasiga doir pullik trening va kurslar;
- Katta bo'lmagan maosh beriladi.

Asosiysi biz bilan ishlaysiz :))

10-oktabrgacha yozishingiz mumkin. 15-oktabr kuni natijalarni e'lon qilaman. Rahmat :))
🔎 UDEMY: bugungi bepul kurslar

1. The Ultimate FrontEnd Web Development - 8+ Courses Included - Link

2. Android App Development Bootcamp with Kotlin - Masterclass ! - Link

3. Python Programming - From Basics to Advanced level [2021] - Link

4. DevOps on AWS: Code, Build, and Test (Course 1 of 3) - Link

5. Spring Boot 2 - introduction to the most important features - Link

❗️Kurslarni bepul olish uchun kuponlar vaqti cheklangan. Iloji bo'richa 2 kun ichida kurslarni o'zingizga qo'shib olib, kerakli payt ko'rsangiz bo'ladi.

@mabrur_dev
Terapevtlikkacha qaysi bosqichlar borligi hech hayolingizdan o'tganmi? )

@mabrur_dev
​​Tasavvur qiling, Messi texnik suhbatda o'tiribdi...

▫️ Salom, o'zingiz haqingizda gapirib bering.
▪️ Lionel Messi, mana rezyumeyim.
▫️ 18 yil bitta kompaniyada, bitta lavozimda?
▪️Men yaxshi mutaxassisman, bu menga yoqadi.
▫️Qo'shimcha isham bor ekan.
▪️Terma jamoada.
▫️Bizda faqat full-time ishlay olasiz, boshqa iloji yo'q.
▪️???
▫️Rezyumeyda jamoaning yutuqlari haqida ko'p yozilgan, Sizni yutuqlaringiz qayerda?
▪️Pastroqda yozilgan, 6 ta Oltin To'p.
▫️18 yil uchun bu juda kamku.
▪️Ammo boshqa hech kimda buncha yo'q.
▫️Hammani topib olgan gapi bu.
▪️Men hamma emasman.
▫️Siz o'zingizni yulduz deb hisoblaysizmi?
▪️Ha, lekin men jamoa uchun o'ynayman.
▫️Bir necha marta Copa Americada yutqazgan ekansiz.
▪️To'g'ri.
▫️Kelgusida muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun xatolardan xulosa chiqarolmaysizmi?
▪️Futbolda oldindan aytib bo'lmaydi. Biz 2021-yilda Amerika kubogini yutdik.
▫️Ok, mashg'ulot paytida tepgan to'pingiz maydondan chiqib ketdi, nima qilasiz?
▪️Boshqasini olaman.
▫️Chiqib ketgan to'pni kim olib keladi?
▪️???
▫️Darvozaga nechta gol kiritish mumkin.
▪️Chalg'ituvchi savolmi?
▫️Savolning javobi yo'q, fikringiz muhim.
▪️Bitta. Darvozga ikkita to'p kirib ketsa o'yin to'htatiladi.
▫️Boshqa variantlar yo'qmi?
▪️Yo'q.
▫️Darvoza, to'pning xajmini, maysa uzunligini hisoblab ko'ring.
▪️Javob berib bo'ldim.
▫️Futbolchi o'ylashni bilishi kerak.
▪️Savolni javobi yo'q dedingizku.
▫️Darvoza xajmlari qaysi hujjatda keltirilgan.
▪️FIFA qonunlarida.
▫️To'g'rirog'i?
▪️Bilmayman.
▫️Essiz, ahir bu futbol asoslari.
▪️???
▫️Mayli, amaliyotga o'tamiz. Siz pas berishingiz va to'g'ridagi belgiga tekkazishingiz kerak. U yergacha necha metr?
▪️Tahminan 25 metr.
▫️To'g'rirog'i?
▪️Aytmayman.
▫️Pasni qanday bermoqchisiz?
▪️Shunchaki, to'pni tepaman.
▫️Bir o'yinda necha metr yugurasiz?
▪️8-9 ming.
▫️Hisoblamaysizmi?
▪️Yo'q, buni mahsus dasturlar hisoblaydi.
▫️Bizning kompaniyada o'rtacha 13 ming yugurishadi. Siz to'g'ri kelmadingiz...

@mabrur_dev
Hayrli tun, tushingizga JavaScript daxshatlari kirsin😂

@mabrur_dev