Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.34K subscribers
680 photos
92 videos
14 files
473 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Siri"ni o'zbeklar yaratganida nima bo'lar edi? :)

@mabrur_dev
Forwarded from MohirDev.uz
Muhammadjavohir bilan bo'ladigan taqdimotimiz bizning Facebook va Youtube sahifalarimizda bo'ladi.

Youtube uchun link https://postly.app/4R

Facebook uchun link https://postly.app/4S

Barcha savollarga javob olish uchun yana bir yaxshi imkoniyat.

Taqdimotda barchani kutib qolamiz!

@mohirdev
#mohirdev
Bu yil TATU sirtqi fakultetlariga o'qishga topshiryabman. Kirsam ham ortiqcha xursand bo'lmayman, chunki O'zbekiston universitetida o'qish oldimdagi asosiy maqsad emas. Universitet asosiy maqsadim bo'lganida, balki KIUF universitetida yutib olgan tayyor 4 yillik grantimni rad etmagan bo'lar edim.

Har narsani o'z hikmati borligiga doim ishonganman. O'tgan yili qattiq karantin bo'lib, maktablar yopildi. Shu payt dasturlashga chuqurroq kirdim va keyinroq Toshkentga keldim. Bu yerda universitetlarimizdagi holatni o'z ko'zim bilan ko'rdim. To'g'ri, ba'zi soha mutahassisi bo'lish uchun universitetda o'qish shart, lekin bizda dasturchi tayyorlab beradigan universitetni o'zi yo'q. Karantinni menga bergan eng katta foydasi shu bo'ldi.

Universitet hayot yo'lidagi oddiy bir yo'lakcha ekanligini isbotlash vaqti keldi. Xohlagan inson undan yuradi, xohlaganlar esa chetlab o'tadi, lekin, eng muhimi maqsadlarimiz yo'lida yurishni davom etamiz.

Imtihonim 7-avgust bo'ladi, ortiqcha tayyorgarlik va hayajon yo'q.
Forwarded from Progress Academy
🔴06-avgust kuni 20:00da Malaysiyada IT sohada universitet o'qituvchisi Anvar Narzullayev bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Zamonaviy kasblar va ularning imkoniyatlari

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: www.youtube.com/progressacademyuz?sub_confirmation=1

Vebinar boshlanishi haqida esa quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://t.me/joinchat/QDDXin738JhpdAhx
Assalomu-alaykum va rohmatullohi va barakotuhu. Bir dasturchi akamiz Misrga, Al-Azhar maktabiga ilm olish uchun ketyabdilar. Biletga biroz pul yetmayotganligi uchun noutbuk va telefonini sotyabdi.

Noutbuk
Model:
Acer Aspire E5-576G
CPU: Intel Core i3-7020U (4)
GPU: NVIDIA GeForce MX130 (2GB) + Intel HD Graphics 620
RAM: 8GB(2channel: 4+4)
Narxi: $400
Acer Netbuk bonusga qo‘shib beriladi

IPhone 11
Holati:
yangi, olinganiga ko'p bo'lmadi
Xotira: 128GB
Rangi: Black
Battery: 96%
Karobka, dokument, zaryadnik, hammasi bor
Narxi: $600
MiBand 6 bonusga qo'shib beriladi

Qiziqqanlar bo'lsa aloqaga chiqishilar mumkin. @siddiqiy
Tushungan tushundi🙂

@mabrur_dev
Assalomu alaykum👋

Ba'zi sabablarga ko'ra, uzoq muddat kanalimga post joylay olmadim va YouTubedagi videodarslar ham ma'lum muddat to'htab qoldi. Bugundan darslarni davomini yuklashni boshlayman.
Pythonchilar uchun lifehack )

@mabrur_dev
⚡️❗️O'zbekistonda Telegramni bloklashgan bo'lishi mumkin.

O'zbekiston hududidagi foydalanuvchilarda messenjer bilan bog'liq uzilishlar kuzatilyabti. Boshqa davlatlarda telegram yaxshi ishlab turibdi.

Yechim: Pastdagi tugmachani bosib Telegramni Proksi orqali ishlating.
​​Proksi nima?

Ushbu atama bilan tanish bo‘lmaganlar uchun proksi o‘rnini bosuvchi, vositachi degan ma’noni anglatadi va ta’rifiga ko‘ra proksi-server boshqa serverlarda manbalarni qidirayotgan mijozlarning so‘rovlari uchun vositachi vazifasini bajaruvchi serverdir. Boshqacha qilib aytganda, proksi server - bu maxsus qurilma yoki kompyuterga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot.

Proksining vazifasi nima?

Oddiy so‘zlar bilan aytganda, proksi-serverlar sizning internet bilan bog‘liq so‘rovlaringizni qayta yo‘naltiriladi: saytga kirish so‘rovi qurilmangizdan proksi serverga yo‘naltiruvchi provayderga yuboriladi.
Keyin proksi-server saytga kirish uchun so‘rov yuboradi, ya’ni sayt oxirida sizning manzilingizni emas, balki proksi serverning IP manzilini ko‘radi.

Proksi nima uchun kerak bo‘ladi:

• Xavfsizlik dasturlari (fayervol) cheklovlarini chetlab o‘tish
• Ba’zi veb-saytlarga yoki xizmatlarga kirish taqiqlangan mamlakatlarga sayohat qilganda
• Ma’lum bir saytlarga, ma’lum bir davlatlardan kirish imkoniyati berilgan bo‘lsa.

©️ TGyordamchi.
Katta pul topishni o'rgataman deydigan "Chala SMMchilar" guruhiga ishonib qolmang!

Bitta so'zni eplab yozolmaydi, o'zidan SMM bo'yicha ustoz yasab olganlar ko'payib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarida birovning mashinalari bilan tushgan rasmlari, kimnidir uyidagi go'zal hayotni ko'rsatishyapti, ko'pchilik yoshlar ham shularni o'zining qahramoni qilib, shu "Firibgarlar"ga ergashishyapti.

"Oyiga $1000 topishni o'rgataman", "18 yoshimda pensiyaga chiqqanman" deydi, o'zini qarzi ko'pligidan boshi muammolardan chiqmay yuradi. Ularning ishi faqatgina firibgarlik yo'li bilan "Chala kurslar"ini sotish va sizni ham shu yo'lga olib kirish, bunday kurs sotuvchilarga natija emas, faqatgina pul kerak.

Onlayn kurslarni sotib olishda ehtiyot bo'ling, katta pul evaziga, hech nimaga arzimaydigan darslarni sotib olishdan saqlaning. Iloji boricha ular chiqargan natijalarga qarang, ishonchli va tajribali mutaxassislardan maslahat so'rab ko'ring.

@mabrur_dev
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Katta pul topishni o'rgataman deydigan "Chala SMMchilar" guruhiga ishonib qolmang! Bitta so'zni eplab yozolmaydi, o'zidan SMM bo'yicha ustoz yasab olganlar ko'payib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarida birovning mashinalari bilan tushgan rasmlari, kimnidir uyidagi…
Telegramdagi kommentlarda qiziq bir hikoyani o'qib qolgan edim:

Bir qari inson ajdarho o'ldirishni o'rgatarkan. Bir odam unga shogird tushibdi, o'rganibdi va ancha vaqtdan keyin men tayyorman deb ajdarho o'ldirishga ketibdi, ammo uni topa olmabdi. Keyin u ustozini oldiga kelib, "Men ajdarhoni topa olmadim, endi nima qilaman?", - desa, ustozi unga: "Endi sen ham kimgadur ajdarho o'ldirishni o'rgatasan", - debdi.

Hozirgi kurs sotuvchilarni ko'piga mos keladigan hikoya )

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevimli TVdan ko'rsatishganiga bugun roppa-rosa 1 yil bo'libdi )

@mabrur_dev
Forwarded from IT Blog
O'rtacha 1 yil ta'lim olgan va shu yil ichida amaliyot ham o'tagan Zamonaviy kasb egalarining daromadi qancha?

• Grafik dizayner ― 100$ - 800$
• Dasturchilar ― 200 - 800$
• SMM dizayner ― 100$ - 700$
• 3Ds max model ― 200$ - 1000$
• Motion montaj ― 200$ - 900$
• Video montajchi ― 100$ - 700$
• Kopirayter ― 100$ - 1100$ (maksimal)
• Tarjimon ― 200$ - 1000$

Yuqorida biz keltirgan narxlar O'zbekiston IT kasblari ichida normal topiladigan oylik daromad. Ba'zi bir yangi frilanserlar
bulardan ko'ra kamroq yoki ko'proq
topishlari ham mumkin.

P.S: Barchasi o'zingizga bog'liq!

👉 @abdusattor
Dasturchilardan yana nimani so'rab bo'lmaydi?😅

@mabrur_dev