Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.28K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
July 7, 2021
July 7, 2021
July 9, 2021
​​😻 JavaScript dasturchisi bilishi kerak bo'lgan 7 ta GitHub repozitoriyalari.

Assalomu alaykum, do'stlar. Bugun, sizlar bilan GitHubdagi 7 ta foydali repozitoriyani bo'lishishga qaror qildim. Ular mashhur va doimiy o'rganishni istaganlar uchun foydali bo'lishi aniq.

▍ You don't know JS
JavaScript bo'yicha eng sara kitoblar.

▍ JavaScript Algorithms
Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmasini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali qo'llanma.

▍ 30 seconds of code
Bu repositoriyada JSda qisqa yo'llar bilan yozish mumkin bo'lgan kodlar keltirilgan.

▍ Front-End Checklist
Sayt ishlab chiqishdan oldin tekshirib olishingiz kerak bo'lgan narsalarning ro'yxati.

▍ Front End interview handbook
Suhbatlarda tushishi mumkin bo'lgan ko'plab savollar jamlangan repositoriya.

▍ Web-Dev for Beginners
Repozitoriya Azure Cloud Advocates (Microsoft) tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va JS, CSS, HTML ga bag'ishlangan 24 ta darsni o'z ichiga oladi.

▍ReactJS Interview Questions
React JS bo'yicha intervyularda tushishi mumkin bo'lgan 500 ta savollar.

Mahoratingizni doimiy ravishda takomillashtirish va o'rganishdan to'htamang. Chunki bu maqsadingizdagi muvaffaqiyat garovidir.

@mabrur_dev
July 11, 2021
[HTML] - Formaga parol uchun input qo'yish kerak. Buning uchun qaysi koddan foydalanish kerak?
Anonymous Quiz
10%
<input type="text" display="hidden" />
9%
<input type="pass" />
10%
<input password />
66%
<input type="password" />
5%
Bilmayman
July 13, 2021
July 13, 2021
Forwarded from Suhrob Abduaxatov
July 16, 2021
July 16, 2021
July 17, 2021
July 17, 2021
Forwarded from Kadirov Dev
July 18, 2021
July 18, 2021
July 20, 2021
Robotlar va sun'iy intellekt dunyoni egallab oladimi?

Bugun YouTube menga foydali bir videoni ko'rishni tavsiya qildi, unda o'zim yoqtirgan video blogger - Yan Toples sun'iy intellektlar haqida chiqish qilgan. Uning barcha videolarini ko'rib chiqqanman deb o'ylagan edim, aslida unday emas ekan, buni ham sun'iy intellekt aniqlab berdi.

Videoni ko'rib chiqargan xulosalarim shuki, sun'iy intellektga buyruqlarni inson o'rgatadi, u biror harakatni o'zi qilishi uchun minglab, millionlab urinishlarni qilishi kerak. Hech qachon u mustaqil fikrlay olmaydi va dunyoni bosib olish haqida o'ylamaydi, chunki unga dunyoni keragi yo'q. Mol-dunyo faqatgina insonlarning tashvishi.

Bosib olmoqchi bo'lsa ham, buning uchun minglab, yuz minglab yillar ketishi mumkin, chunki bu yo'lda u, yuqorida aytganimizdek juda ko'p urinishi, ko'plab xatolar qilishi va katta ma'lumot yig'ishi kerak. SI (sun'iy intellekt) insoniyatga beradigan eng katta zarar - insonlardan kasblarini olib qo'yishi. Aslida bundan ham qo'rqish kerak emas, chunki SI haydovchining kasbidan ayirgan bo'lsa, o'rniga dasturlash sohasida minglab bo'sh ish o'rinlarini olib kelishi mumkin.

Tak chto, SI sohasini bosorish kerak, Elon Maskni sindiradigan robotlarni yasab tashashimiz kerak :)

Videoni sizlaga ham ilindim, ko'ring, dunyo qarashingiz ancha kengayadi.

https://www.youtube.com/watch?v=d6YT8ARj66Y&ab_channel=%D0%A2%D0%9E%D0%9F%D0%9B%D0%95%D0%A1
July 21, 2021
July 23, 2021
Forwarded from Mardon Tursunov
July 23, 2021
July 23, 2021
July 23, 2021
July 24, 2021