Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.3K subscribers
680 photos
93 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Kanalimizning asosiy qismini dasturlashni o'rganayotganlar tashkil qilar ekan. Ertaga "Dasturlashni o'rganuvchilarga maslahatlar" mavzusida ovozli chat qilsak qatnashasizmi?

Suhbat vaqti va mehmoni ertaga kunduzi e'lon qilinadi.
Bugun, soat 22:00 da "Dasturlashni o'rganayotganlarga maslahatlar" mavzusida ovozli chat bo'lib o'tadi. Suhbat mehmoni - Full-Stack dasturchi va Najot Ta'limda ustoz - Muhammad Yunus

Oldindan savollar bo'lsa izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
Live stream scheduled for
Live stream started
tg_image_452504030.jpeg
713 KB
Node.jsda backendni o'rganish bo'yicha RoadMap
Live stream finished (47 minutes)
dasturlash
mabrur.dev
🔊 "Dasturlashni o'rganayotganlarga maslahatlar" mavzusida bo'lib o'tgan ovozli chat yozuvi.

@mabrur_dev
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
mabrur.dev – dasturlash
📝Bugungi ovozli chatda berilgan savollar ro'yhati va ularga havolalar.

01:18 - Dasturlashni necha yoshdan boshlagan ma'qul?
02:55 - Dasturlash uchun qanday kompyuter xarid qilgan ma'qul?
04:35 - Kod yozishda qiynalyabman, zerikmasdan kod yozish va samaradorlikni oshirish uchun nima qilish kerak?
06:21 - JavaScript faqatgina backend va frontendda qo'llaniladimi? Uni yana nimalarga ishlatsa bo'ladi?
09:15 - MERN faqat web-dasturlashda qo'llaniladimi? JavaScriptda webdan boshqa sohada qanday ishlarni qilsa bo'ladi?
10:56 - NodeJS Roadmap haqida ma'lumot bersangiz. Nimalarni o'rganish kerak?
12:36 - Pythonni web-backendga ishlatish qanchalik to'g'ri?
14:20 - Full-Stackda amaliyotga kirish uchun qanday ko'nikmalar va bilimlar bo'lishi kerak?
16:20 - Algoritmlar dasturlashda qanchalik muhim va ularni qayerdan o'rgansa bo'ladi?
18:14 - O'zbekistonda Machine Learning va Sun'iy Intellekt bo'yicha kurslar bormi?
20:44 - Flutterda yozilgan dastur nima uchun native, React Nativeda yozilgan dasturlar esa gibrid hisoblanadi?
23:13 - Mobil dasturlashga qiziqaman, zo'r dasturchi bo'lishim uchun nimalarga e'tibor berishim kerak?
25:05 - JavaScriptni biznesni avtomatlashtirishga yoki texnikalarga ishlatish mumkinmi?
26:25 - Ingliz tilini bootcampga kirishdan oldin o'rgangan ma'qulmi, yoki keyinmi?
27:00 - Dastlab fullstack o'rganishim ma'qulmi, yoki dastlab frontni o'rganib, amaliyot o'taganimdan keyin backendga o'tishim kerakmi?
28:40 - Web dasturchiman, portfolioyim bor, ko'pchilikka tajribali kadr kerak, ish topishda qiynalyabman, amaliyot o'tash uchun qayerga borsam bo'ladi?
32:15 - Agar dasturlash tillari assemblerda yozilgan bo'lsa, assembler tili qanday yaratilgan?
36:55 - Frontend yo'nalishini o'qigandan so'ng, soha muttahassisi bo'lish uchun qancha o'rganish va ishlash kerak?
38:06 - O'rganish davomida kuniga necha soat kod yozish kerak?
38:45 - Android dasturchilar va Flutter dasturchilar o'rtasidagi farq nimada?
40:30 - Katta kompaniyalarga Android dasturchi kerakmi yoki Flutterchimi?
41:35 - Dasturlashga kirishdan oldin ingliz tilini bilish nima uchun kerak va qay darajada bilish kerak?
44:05 - JavaScriptni o'zini o'rganib ham amaliyotga kirsa bo'ladimi?
44:30 - JavaScriptni o'rgandim, Full-Stack dasturchi bo'lmoqchiman, backend uchun python o'rganganim ma'qulmi, Reactni o'rganishim shart emasmi?

@mabrur_dev
⚡️ Google foydalanuvchilari kompaniya xizmatlaridagi muammolar haqida shikoyat qilyabti. Downdetector portalining ma'lumotiga ko'ra, asosiy muammolar sayt ishlashida va akkauntga kirishda kuzatilmoqda.

Telefoningizga tinmay xatolik haqida bildirishnoma kelayotgan bo'lsa, sozlamalardan Googlening "автообновления"sini va oxirgi yangilangan versiyasini o'chirib yuboring.

@mabrur_dev
#JS_tips
Or mantiqiy operatoridan foydalanganingizda shartlar ko'payib ketishi kod ko'rinishini buzib qo'yishi mumkin. Bunday holatda, dizyunksiya o'rniga, includes metodidan foydalanishingiz mumkin.

@mabrur_dev
Forwarded from Pixer.uz
⚡️ @video_yukla_bot ga “Youtubedan video va audio” yuklash funksiyasi BETA variantda qo’shildi.

@pixer_uz
Ehtiyot bo'ling, sun'iy intellekt!!!

Nvidia, RTX videokartali Windows foydalanuvchilari uchun, Canvas ilovasining bepul - beta versiyasini taqdim qildi.

Turli peyzajlarni chizish uchun endi rassom bo'lishingiz shart emas, rasmning oddiy eskizini chizasiz, ilovaning o'zi sizga san'at asarini yaratib beradi. Uni PSD formatida saqlab, keyinchalik o'zgartirishingiz ham mumkin bo'ladi.

@mabrur_dev
#JS_tips
Satrlarni sonlarga o'tkazishda ParseInt yoki ParseFloat ning qaysi biridan foydalanishni o'ylab, boshingizni qotirmasdan, + operatoridan foydalanib qo'ysangiz bo'ladi.

@mabrur_dev
Forwarded from GDG Tashkent (Azamat)
🎙Community Talks #2 - Self-study: Dasturlashni mustaqil o'rganish

Community Talks loyihasining ikkinchi soni kelayotgan shanba kuni bo'lib o'tadi va bu galda Dasturlashni mustaqil (self-study) o'rganish, universitet va o'quv markazlarining dasturlashni o'rganishdagi o'rni haqida suhbat quramiz.

Mehmonlar: Muhammadjavohirbek Sur'atov, Ulugbek Samigjonov

Moderator: Azamat Majidov

Sana va vaqt: 26 iyun @ 20:30 (Toshkent vaqti)

@gdgtashkent
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
Assalomu alaykum bo’lajak dasturchilar!

Blog yuritishimni do’stlarim tavsiya qilishdi (Biznes egalari blog yuritishi kerakmush 😏). Bu ishni o’zim xohlamasamda, qilishim kerak ekan.

Shuning uchun «Bismillah» deb boshladik.

O’zi nimadir ish qilsangiz kimgadir yoqadi, kimga esa yo’q.

Nimanidir yoqtirish yoqtirmaslik har kimning o’zining ishi, lekin bunday xolda «Men o’zimni qanday tutishim kerak?» degan savol tug’iladi.

Ixlos nima degan savolga quyidagicha javob berishgan ekan.

Ixlos - odamlar maqtasa xursand bo’lib ketmasliging va yomonlasa xafa bo’lmasliging.

Alloh xammamizni ixlosli bo’lishimizni nasib qilsin.

Robbim oson qilgin, qiyin qilmagin, oxirini xayrli qilgin.
Bu mem linuxchilarga tepadi😆

@mabrur_dev