Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
3.28K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
πŸ’» Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Ctrl + C, Ctrl + V πŸ˜…

@mabrur_dev
πŸ›  VS Code foydalanuvchilari uchun 5 ta kerakli "extension"

πŸ”— https://telegra.ph/VS-Code-foydalanuvchilari-uchun-5-ta-kerakli-extension-06-03

@mabrur_dev
Forwarded from Mardon Tursunov (Mardon Tursunov)
πŸ”»Dasturlashga endigina qadam qo'yganlar uchun muhim maslahat

Do'stim, siz endigina dasturlashga kirib kelgan bo'lsangiz, albatta biror dasturiy loyihalarni qanday paydo bo'lganiga qiziqishingiz tabiiy. Millionlab kodli, ulkan va murakkab dasturiy loyihalarni kuzatganingizda, siz tushkunlikga tushib, siz bunday loyihalarni yarata olmayman deb o'ylab qolishingiz mumkin.

Ammo shuni unutmangki, ushbu ulkan loyihalar faqatgina bitta inson tomonidan ishlab chiqarilmaydi, bu yuzlab yoki minglab dasturchilarning qilgan ishlari va o'sha murakkab loyihani ishlab chiqqan dasturchilar ham sizga va menga o'xshagan odamlar. Qachondir ular ham biz bilan bir hil holatda bo'lishgan. Bir kun kelib katta bir loyihani ishlab chiqish uchun sizga qat'iyat va o'z ustingizda ishlashingiz shart!

πŸ‘‰ @mardon_tursunov
Googlega kirib, qidirishga do a barrel roll, blink html yoki recursion deb yozib ko'rganmisiz? Buni bilmasangiz, hoziroq sinab ko'ring, qiziq narsalar bo'ladiπŸ˜…

Shunga o'xshashlarini pastdagi havoladan topishingiz mumkin:
https://elgoog.im/

@mabrur_dev
😊 Nodejs yordamida telegram bot yasash kursining birinchi darsi

Link
: https://youtu.be/iqsk6QDoSN8
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
😊 Nodejs yordamida telegram bot yasash kursining birinchi darsi Link: https://youtu.be/iqsk6QDoSN8
Ustozimiz Telegram Bot yozish bo'yicha kurslarini YouTubega qo'yishni boshladi. O'rganmoqchi bo'lganlar uchun zo'r imkoniyat )
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ pinned Β«Dasturchillikka bo'lgan munosabatingiz qanday?Β»
Android uchun Telegram Beta'ning 7.8.0-versiyasida videotranslyatsiyali chat qilish imkoniyati paydo bo'ldi.

@mabrur_dev
Forwarded from Temurbek Adhamov
Bugun soat 23:00 da ovozli chat orqali suhbat qilamiz!

Mavzu nomi: Musulmonlar nima uchun rivojlanishdan ortda qoldi va qanday qilib rivojlanishlari mumkin!

Link: https://t.me/temurbek_adhamov?voicechat=47f5be902dbf34fb67
Forwarded from Lazizbek Ergashev | IT Blog (Π›Π°Π·ΠΈΠ·Π±Π΅ΠΊ Π­Ρ€Π³Π°ΡˆΠ΅Π²)
❗️ Freelancer bo'lib ishlash uchun 10 qadam.

1️⃣ Nima uchun aynan freelance - Birinchi bo'lib aniqlash zarur bo'lgan narsa, nima uchun aynan freelancer bo'lmoqchisiz? Buni biron yerga yozib qo'ying, masalan shu post izohiga bo'lsa ham mayli. Muximi aniqlab oling nima uchun aynan shu yo'nalish sizga qiziq. Aniq maqsadingizni yozib qo'yganingizdan keyin yo'l o'rtasida to'xtab qolmaysiz !

2️⃣ Sohangizni tanlang - Aniq bir sohani tanlang. Soha deganda bunga: Web-dizayn, Dasturlash, SMM, Kopiraytingni misol keltirish.

3️⃣ O'rganing - Aniq bir sohani tanlab bo'lganingizdan keyin, internetdan bepul materiallarni topib o'rganib chiqing. Boshida tanlagan sohangiz rostanam sizga qiziqmi, shuni aniqlashingiz kerak. Keyinchalik pulli resurslardan o'rganishni boshlasangiz ham bo'laveradi. Masalan, siz web-dizaynni tanlagan bo'lsangizu, lekin sizni qiziqtirmasa, xafa bo'lish kerakmas, boshqa sohalarni ham ko'rib chiqing. Shunchaki harakat qilib ko'ring. Odam faqat o'zi qiziqgan sohada mutaxasis bo'lishi mumkin.

4️⃣ Mijozlarni topishni o'rganing - Bu haqida alohida post yozgan edim. Asosiysi shuni unutmangki, boshida sizni vazifangiz bu: qanday bo'lsa ham ko'proq otziv to'plash, hattoki bu uchun arzon, deyarli bepul ishlashga to'gri kelsa ham.

5️⃣ Portfoliyo to'plang - Boshida har bir, hattoki kichik ishlaringizni ham portfolioga joylang. Portfolio uchun esa boshida biron bepul xosting, yoki konstruktor ham bo'laveradi, chunki unga kiradigan mijozga qilgan ishlaringiz muhimroq. Portfolio joylaganda ham, shunchaki screenshot va saytga havolamas, biroz qilgan ishingizni yoritib ham bering.

6️⃣ Blog - bu faqat telegram kanal emas, instagramdagi sahifangizni ham misol keltirsa bo'ladi. Har xil ijtimoiy tarmoqlardan ro'yhatdan o'tib, profilingizni to'ldirib, o'zingiz haqingizda ma'lumot berib turing. Ijtimoiy tarmoqlardan ham mijozlar ko'p keladi. Linkedindagi sahifa muximligi haqida yozib o'tgandim.

7️⃣ Moliyaviy yostiqqa ega bo'ling - Frilanserlikka endi qadam qo'yishni boshlaganda Ѐинансовая ΠΏΠΎΠ΄ΡƒΡˆΠΊΠ°ga ega bo'lish juda ham muhim. Bu degani, ishlamasangiz ham hech bo'lmaganda 2-3 oy yashashga yetadigan pulingiz bo'lishi kerak. Bu pullar to'liq frilansga o'tib ketguningizcha psixologik sinmasligingiz uchun zarur bo'ladi 😈. Agar hozir offisda ishlab turgan bo'lsangiz, va u yerdan ketib to'liq frilansga o'tib ketishni rejalashtirgan bo'lsangiz, avval o'sha ishingizda moliyaviy yostig'ingizni (bilmayman tarjimasi qanday endi buni πŸ˜‚) tiklab oling, keyin ishdan keting.

8️⃣ Yaxshiroq kompyuter oling - Bunga ortiqcha izoh shartmas manimcha, frilanserlar ishi doim kompyuterda, shuning uchun kuchliroq kompyuteriz bo'lsa, ishlash samaradorligingiz ham shuncha yuqori bo'ladi. Boshlanishida oddiyrog'i ham bo'ladi.

9️⃣ O'zingizni boshqarishni o'rganing - Frilanserlarni ish vaqti boshqarilmaydi, mijoz unga deadline qo'yadi, va o'sha deadline kuni kelganda, uni bajargan ishini tekshiradi. Shunday ekan vaqtni to'gri taqsimlash va o'zini boshqarib bilish frilanserlar uchun juda ham muhim.

πŸ”Ÿ Qo'rquvingizni yo'qoting - Bu soha men uchun emas ekan degan fikrlarni boshingizdan chiqaring. Hozir aytgan barcha qadamlarimdan ketma-ket o'tsangiz, frilanser bo'lib ishlashni boshlasangiz bo'ladi. Hamma ham boshidan boshlagan, hechkim mutaxasis bo'lib tug'ilgani yo'q.

Blogimda o'zim bilgan sirlarni o'rgatishga harakat qilyabman, iltimos postni do'stlaringiz bilan ulashib kanal rivojlanishiga o'z hissangizni qo'shing ☺️

πŸ‘‰ @lazerg
Forwarded from Sariq Dev
Bugungi kunda huddi pasportingizni himoya qilgandek (aslida undan ham qattiqroq) himoya qilish zarur bo'lgan narsalar:
- Telefon paroli
- Telefon raqami (albatta o'zingizni nomingizda bo'lsin)
- Telefonning o'zi va xotirasi (fleshka)
- Apple, Google akkaunt nomi va paroli
- Ijtimoy tarmoqlar ulangan email akkaunt va telefon raqam (o'zingizniki bo'lsin)
- Noutbuk/kompyuter paroli

Hozircha esimga kelganlari. Bu narsalardan birini yo'qotish hayotingizga, shaxsiy xavfsizligingizga jiddiy zarba berishi mumkin bo'lib qoldi.

Kibersavodxonlikni maktablarga kiritish, har bir insonga uqtirish lozim. Chalasavod odamlarning "telefonga parol nega kerak, telegramga parol nega kerak? Nimadan qo'rqasiz? Allohdan qo'rqing" degan ahmoqona gaplariga aldanmang.

Yuqoridagilardan biriga tajovuz bu nafaqat sizni, balki oilangiz, qarindosh-urug' va tanishlarigizni ham xavf ostiga soladi.

@sariqdev
βœ…22/100: Best Time to Buy and Sell Stock II

O'tgan oy boshida LeetCodeda masalalar yechishni to'htatib qo'ygan edim. Bugun, shu boshlagan ishimni davom ettirishga qaror qildim.

Endi, har bir ishlangan masalani GitHubimga ham qo'yib boraman. Qaysidir masalaning yechimi kerak bo'lsa shu yerdan topishingiz mumkin:
https://github.com/mabrur-h/leetcode-problems

Masala sharti: https://leetcode.com/problems/best-time-to-buy-and-sell-stock-ii/
Agar, ko'rayotgan narsalarimizni diskka, video qilib saqlab olish imkoniyatimiz bo'lganida, har bir sekunddagi tasvirimiz 21,45 GBni tashkil qilardikan.

@mabrur_dev
Forwarded from Nizamoff
Frontend dasturlash πŸ‘¨β€πŸ’»

Dasturchi uchun eng kerakli TOP maslaxatlar, ishga kirish jarayonida bo'ladigan suxbatlarga tayyorgarliklar, dasturlash bo'yicha videodarsliklarni frontend dasturchi ustozim Khumoyun Inoyatovning kanalidan olsangiz bo'ladi.

Ustoz 6 oy davomida bizga frontenddan dars berganlar, tajribali dasturchi :)

LINK: @khumoyun_codes