Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.28K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from Mardon Tursunov (Mardon)
🔥 Telegram botlar hozirgi kunda insonlarga juda ko'p foyda keltirmoqda. Men ham NodeJs yordamida telegram bot yasashga qiziqyapman. Hozirgina Google'dan ushbu "NodeJs da Telegram Bot yasash" nomli maqolani topib oldim, ancha yaxshi tushuntirishgan ekan. Ilindim :))

Maqolani o'qish uchun ⬇️

https://soshace.com/building-a-telegram-bot-with-node-js/

⚡️ Aytgancha, ustozim Muhammad Yunus aka yaqinda NodeJs da telegram bot yasash haqida kurs chiqarmoqdalar. Men-ku albatta olaman. Sizlarga ham bo'lishgim keldi!
2021-yil trendi bo'layotgan web-steklar ro'yhati.

Siz qaysi stekdasiz, yoki bulardan qaysi birini o'rganishni niyyat qildingiz?

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Flourish Studio tomonidan tuzilgan, 2010-2021-yillar orasidagi eng mashhur frontend-freymvorklarining o'zgarib borishi infografikasi.

P.S: Vue va React o'rtasida haqiqiy poyga boshlandi🤩

@mabrur_dev
CSS yangilanishda davom etmoqda.

Yaqinda butun web-sahifani "dark mode"ga o'tkazish imkonini beruvchi xususiyat paydo bo'ldi. U hali test rejimida, ammo GitHub allaqachon buni o'z saytida ishlatishni boshlagan🔥

@mabrur_dev
Chrome product manageri Tomas Nattestad brauzerning yangi versiyasi 23% ga tezlashganini aytdi. Buning sababi chromega SparkPlug nomli yangi JS-kompilyator kiritilganligi.

Yana, Google Chromening yangi versiyasi oldingisiga nisbatan kompyuter xotirasini 22% ga tejashi aytilgan.

@mabrur_dev
Apple suhbatlarining birida berilgan savol:

Sizning oldingizda uchta quti bor. Birinchisida olma, ikkinchisida apelsin, uchinchisida esa olma va apelsinlar bor. Qutilar ichida nima borligi yozilgan, lekin birorta yozuv uning ichidagi mevani rost aytmaydi. Faqatgina bitta qutidan mevani olib ko'rib, qaysi qutida nima borligini qanday bilib olsa bo'ladi?

@mabrur_dev
Ctrl + C, Ctrl + V 😅

@mabrur_dev
Forwarded from Mardon Tursunov (Mardon Tursunov)
🔻Dasturlashga endigina qadam qo'yganlar uchun muhim maslahat

Do'stim, siz endigina dasturlashga kirib kelgan bo'lsangiz, albatta biror dasturiy loyihalarni qanday paydo bo'lganiga qiziqishingiz tabiiy. Millionlab kodli, ulkan va murakkab dasturiy loyihalarni kuzatganingizda, siz tushkunlikga tushib, siz bunday loyihalarni yarata olmayman deb o'ylab qolishingiz mumkin.

Ammo shuni unutmangki, ushbu ulkan loyihalar faqatgina bitta inson tomonidan ishlab chiqarilmaydi, bu yuzlab yoki minglab dasturchilarning qilgan ishlari va o'sha murakkab loyihani ishlab chiqqan dasturchilar ham sizga va menga o'xshagan odamlar. Qachondir ular ham biz bilan bir hil holatda bo'lishgan. Bir kun kelib katta bir loyihani ishlab chiqish uchun sizga qat'iyat va o'z ustingizda ishlashingiz shart!

👉 @mardon_tursunov
Googlega kirib, qidirishga do a barrel roll, blink html yoki recursion deb yozib ko'rganmisiz? Buni bilmasangiz, hoziroq sinab ko'ring, qiziq narsalar bo'ladi😅

Shunga o'xshashlarini pastdagi havoladan topishingiz mumkin:
https://elgoog.im/

@mabrur_dev
Dasturchillikka bo'lgan munosabatingiz qanday?
Anonymous Poll
33%
O'rganish niyyatidaman
50%
O'rganyabman
12%
Allaqachon dasturchiman
5%
Qiziqmayman
😊 Nodejs yordamida telegram bot yasash kursining birinchi darsi

Link
: https://youtu.be/iqsk6QDoSN8