Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.29K subscribers
680 photos
93 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Facebook, TikTok, Telegram va boshqa kompaniyalarga serverlarini O'zbekistonga ko'chirish borasida talab yuborildi.

Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston fuqarolari ma'lumotlari faqatgina O'zbekistonda saqlanashi kerak. Aks holda, kompaniyalarga jarimalar belgilanadi, saytlar va ilovalar - bloklanadi.

Deputatlarning bunday qarorga kelishiga sabab - saytlarga bo'layotgan kiberhujumlar orqali, fuqarolar ma'lumotlari tarqab ketishi mumkinligi.
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Facebook, TikTok, Telegram va boshqa kompaniyalarga serverlarini O'zbekistonga ko'chirish borasida talab yuborildi. Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston fuqarolari ma'lumotlari faqatgina O'zbekistonda saqlanashi kerak. Aks holda, kompaniyalarga jarimalar belgilanadi…
Facebook, TikTok, Instagram ta'minlay olmagan xavfsizlikni qanday qilib O'zbekiston ta'minlashi mumkin?

Bunday qonun chiqarishdan oldin eg avval shu haqida o'ylab ko'rib, himoya borasida IT sohasidagi gigant kompaniyalardan ko'ra yaxshiroq yechim bizda borligini isbotlab, internet-foydalanuvchilarini ishontirish kerakmasmidi?

Shaxsan o'zimda, O'zbekiston serveri deyilganida - "Toshbaqa" tezligidagi internet, sal ko'proq odam kirsa qotib qoladigan juda qimmat hostinglar hayolimga keladi.

Bu postim bilan qonunga qarshi chiqmoqchi emasman, shunchaki o'zimizda yaxshiroq yechim borligini ko'rsatib berishlarini istayman.
Bolalar yoki dasturlashga endi kirib kelganlarga tushunchaga ega bo'lish uchun o'yinlar:

1. CodeMonkey
2. CodeCombat
3. Code Hunt Game
4. Robocode
5. Codingame
6. Untrusted

Aytgancha, oxiridagisi hacking bilan bog'liq o'yin 🌚
Bugun, KIUF xalqaro universiteti tomonidan, matematika va informatika fanlaridan o'tkazilgan olimpiadaning final bosqichi bo'lib o'tdi.

IT yo'nalishi bo'yicha qatnashib, yakuniy boshqichda 1-o'rinni egalladim va ushbu universitetda 4 yillik ta'lim uchun grant yutib oldim. Bu nafaqat o'zimning, ota-onam, barcha ustozlarim va oila a'zolarimning ham yutug'i hisoblanadi. Ular qo'llab-quvvatlashmaganida, balki bu yutuqqa erishmagan bo'lar edim.

Universitetda o'qish 3+1 formatida bo'lib o'tadi, 3 yil O'zbekistonda, 1 yili esa Koreyada. Endi oldinda eng qiyin va ma'suliyatli jarayon - to'g'ri qaror qabul qilish turibdi.
​​Bugun, qanday qilib toza kod yozish kerakligi haqidagi kichik bir maqolani o'qib qo'ldim va chiqargan hulosalarimni postimda bo'lishishga qaror qildim.

Kodingizni tushunishiga qulay bo'lishi uchun qilishingiz mumkin bo'lgan eng oddiy harakatlar quyidagilar:

▍Funksiyani ichiga ko'p amallarni jo'ylamang. Siz yozgan har bir funksiya faqatgina bitta vazifani bajarishi kerak.

▍Izohga olingan kodlarni qoldirib ketmang, agar ular keraksiz bo'lsa o'chirib tashlang.

▍O'zgaruvchilarga tushunarli va esda qolarli nomlar bering, bu kodingizni o'qishni ancha osonlashtiradi.

▍Kod yozishda Magic numberlardan foydalaning. Ya'ni, sonlardan foydalanish paytida uni alohida o'zgaruvchiga e'lon qilib ishlating, duch kelgan raqamni kodingiz orasiga yozib ketmang.

▍Kodlarni o'qish osonroq bo'lishi uchun prettier, beautify kabi umumiy kod formatlash "tool"laridan foydalaning.

@mabrur_dev
Forwarded from Mardon Tursunov (Mardon)
🔥 Telegram botlar hozirgi kunda insonlarga juda ko'p foyda keltirmoqda. Men ham NodeJs yordamida telegram bot yasashga qiziqyapman. Hozirgina Google'dan ushbu "NodeJs da Telegram Bot yasash" nomli maqolani topib oldim, ancha yaxshi tushuntirishgan ekan. Ilindim :))

Maqolani o'qish uchun ⬇️

https://soshace.com/building-a-telegram-bot-with-node-js/

⚡️ Aytgancha, ustozim Muhammad Yunus aka yaqinda NodeJs da telegram bot yasash haqida kurs chiqarmoqdalar. Men-ku albatta olaman. Sizlarga ham bo'lishgim keldi!
2021-yil trendi bo'layotgan web-steklar ro'yhati.

Siz qaysi stekdasiz, yoki bulardan qaysi birini o'rganishni niyyat qildingiz?

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Flourish Studio tomonidan tuzilgan, 2010-2021-yillar orasidagi eng mashhur frontend-freymvorklarining o'zgarib borishi infografikasi.

P.S: Vue va React o'rtasida haqiqiy poyga boshlandi🤩

@mabrur_dev
CSS yangilanishda davom etmoqda.

Yaqinda butun web-sahifani "dark mode"ga o'tkazish imkonini beruvchi xususiyat paydo bo'ldi. U hali test rejimida, ammo GitHub allaqachon buni o'z saytida ishlatishni boshlagan🔥

@mabrur_dev
Chrome product manageri Tomas Nattestad brauzerning yangi versiyasi 23% ga tezlashganini aytdi. Buning sababi chromega SparkPlug nomli yangi JS-kompilyator kiritilganligi.

Yana, Google Chromening yangi versiyasi oldingisiga nisbatan kompyuter xotirasini 22% ga tejashi aytilgan.

@mabrur_dev
Apple suhbatlarining birida berilgan savol:

Sizning oldingizda uchta quti bor. Birinchisida olma, ikkinchisida apelsin, uchinchisida esa olma va apelsinlar bor. Qutilar ichida nima borligi yozilgan, lekin birorta yozuv uning ichidagi mevani rost aytmaydi. Faqatgina bitta qutidan mevani olib ko'rib, qaysi qutida nima borligini qanday bilib olsa bo'ladi?

@mabrur_dev
Ctrl + C, Ctrl + V 😅

@mabrur_dev