Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.34K subscribers
679 photos
92 videos
14 files
472 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
To'lovlar 2.0, rejalashtirilgan ovozli chatlar va yangi web-versiyalar.

To'lovlar 2.0
• Endi mahsulot va xizmatlarni telegramdan chiqmasdan turib sotib olish imkoniyati bor.
• Sotuvchilar 8 hil to'lov usulidan birini tanlashi mumkin.
• Telegram to'lovlardan foiz olmaydi va bank kartangizga kirmaydi.
• Yangi imkoniyatlarni @TestStore kanalida sinab ko'rish mumkin.

Rejalashtirilgan ovozli chatlar
• Endi huddi scheduled message kabi ovozli chatlarni oldindan rejalashtirib qo'yish va bu haqida xabar berish imkoniyati bor.
• Obunachilarga huddi youtube premyerasi kabi teskari sanoq ko'rinib turadi va chat bildirishnomalarini ko'rib turishi mumkin.

Yangi web-versiyalar
• Telegramning ikkita web-versiyasi ishga tushirildi – endi stiker va animatsiyalarni ko'rish, dark modega o'tish, chatlar uchun papkalar ochish va boshqa ko'plab imkoniyatlar qilish mumkin: https://webk.telegram.org/ и https://webz.telegram.org/

Batafsil:
https://telegram.org/blog/payments-2-0-scheduled-voice-chats/ru
Forwarded from Mardon Tursunov (Mardon)
Dasturchi sifatida ish topish uchun quyidagi saytlarni tavfsiya qilaman:

- Jobs.github.com
- Glassdoor.com
- Monster.com
- Remoteok.io
- Angel.co/job
- Dice.com
- Hh.ru
- Fiverr.com
- Olx.uz
- Career.habr.com

👉 @mardon_tursunov
Angular - Googlega, React - Facebookka va bootstrap - twitterga qarashli ekanligini bilarmidingiz?🧐
Forwarded from Suhrob Abduaxatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥JavaScript kursi taqdimot

JavaScript bo'yicha bepul noldan yuqori darajagacha kurs ishlab chiqishga qaror qildim ( ya'ni ustozlarimdan olgan bilimlarim online kurslardan o'rganganlarim va bir qancha ko'nikmalar asosida) kurs bo'lib o'tadi

Kurs videolari yozish ishlari boshlanib bo'lgan JavaScriptni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali bo'ladi degan umiddaman

Batafsil kurs haqida va kursda o'rganiladigan qismlar haqida videodan to'liq ma'lumot olishingiz mumkin

‼️Video mantaj ustasi qidirilmoqda, video-mantajchi bo'lsangiz yoki tanishlaringiz bo'lsa @Abdivaliyevich murojaat qilishingiz iltimos qilinadi

LINK:👉 @suhrobabduaxatov
​​Dasturlash paytida halal berishi mumkin bo'lgan 5 ta hissiyot.

1. Ko'p xato qilyabman, mendan dasturchi chiqmaydi.

Aslida bunday emas, xatolarsiz bu sohani o'rganib bo'lmaydi. Bu holat hammada uchraydi, ko'proq xatolar qilib, ularga yechim topish tezroq o'rganishingizga yordam beradi.

2. O'rganishim uchun yetarli manbalarim yo'q.

Internetda tekin manbalar juda ko'p, to'g'ri qidirishni bilish kerak. Videodan o'rganishdan ko'ra, GitHubdagi proyektlarning kodini ochib ko'rib o'rganishga odatlaning, bu ancha samaraliroq bo'ladi.

3. Kod yozish uchun vaqtim yetarli emas.

Vaqt hammaga teng taqsimlangan va oldimizda 24 soat bor. Agar kod yozishga vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, bundan muhimroq boshqa ishingiz bor. Birinchi navbatda kod yozishga asosiy urguni qaratish kerak

4. Qolganlar mendan kuchli, men ancha zaifman.

Ijtimoiy tarmoqlarda yurganingizda tezda shu hissiyotni boshdan kechirasiz, o'zimda ham bunday holat ko'p bo'lgan. Sizdan ustunlar doim bo'ladi, ammo sizdan ham yomonlar yetarlicha topiladi.

5. Bir kunim o'tsa hech narsa qilmaydi.

Bu eng yomon hissiyot, kun kelib hatto odatga ham aylanib qolishi mumkin. Hech qachon kuningizni behuda sarflamang.

P.S: Hali ham bu hissiyotlarni boshdan kechiryabman va yengib o'tishga harakat qilyabman. Muhimi izlanishdan to'htab qolmaslik.
​​HTML dasturlash tili emas!

"HTML dasturlash tili emas". Barchamiz ushbu iborani juda ko'p eshitganmiz, hatto bu mavzudagi turli memlarni ham ko'rganmiz. Biroq nima uchun unday ekanligini bilamizmi?

Barcha dasturlash tillarida umumiy bir jihat bor: Ularning maqsadi biror-bir amalni yoki funksiyani bajarish. Ularda sikl, if/else shartlari, arifmetik amallar va shunga o'xshash funksiyalar mavjud, HTMLda esa bunday imkoniyatlar yo'q.

Siz HTML yordamida kalkulyatorning ko'rinishini tuzishingiz mumkin, ammo u yordamida hisob kitob amallarini bajarib bo'lmaydi! CSS, XML va SQL ham huddi shunday - ular dasturlash tili hisoblanmaydi.
Udacity o'zining $1500 ga yaqin bo'lgan kurslarini 30 kunga tekinga ochib qo'yibti.

Ushbu platforma plagiarizmga qattiq qaragani va ularni yakunlash qiyinroq bo'lgani tufayli, Google, AT&T, Autodesk, Salesforce kabi IT gigantlar tomonidan tan olinadi.

Kurslar: https://www.udacity.com/courses/all
​​"Shortcuts" kompyuterda foydalanish vaqtida, tezligingizni oshirishga katta yordam beradi. Ular yordamida siz, sichqonchangiz bilan kerakli menyuni qidirib yurmasdan, tezda ishingizni hal qilishingiz mumkin.

Quyida, browserlardan foydalanayotgan paytimda eng ko'p ishlatadigan tugmachalar ketma-ketligini keltirib o'taman:

CTRL + T - Yangi tab ochish.
CTRL + W - Joriy tabni yopish.
CTRL + SHIFT + T - Oxirgi yopilgan tabni qaytarish.
CTRL + TAB - Ochilgan tablar bo'ylab yurish.
CTRL + 1 - Birinchi tabga o'tish.
CTRL + 9 - Oxirgi tabga o'tish.
CTRL + N - Yangi browser oynasini ochish.
CTRL + 1-8 - Tanlangan raqamga mos tabga o'tish.

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez orada, Windows 10 foydalanuvchilari ham vidoetranslyatsiyali ovozli chatni sinab ko'rishlari mumkin.

Telegram muqobil kliyenti - Unigram jamoasi bu funksiyani test qilishni boshlashdi🤩

@mabrur_dev
Facebook, TikTok, Telegram va boshqa kompaniyalarga serverlarini O'zbekistonga ko'chirish borasida talab yuborildi.

Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston fuqarolari ma'lumotlari faqatgina O'zbekistonda saqlanashi kerak. Aks holda, kompaniyalarga jarimalar belgilanadi, saytlar va ilovalar - bloklanadi.

Deputatlarning bunday qarorga kelishiga sabab - saytlarga bo'layotgan kiberhujumlar orqali, fuqarolar ma'lumotlari tarqab ketishi mumkinligi.
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Facebook, TikTok, Telegram va boshqa kompaniyalarga serverlarini O'zbekistonga ko'chirish borasida talab yuborildi. Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston fuqarolari ma'lumotlari faqatgina O'zbekistonda saqlanashi kerak. Aks holda, kompaniyalarga jarimalar belgilanadi…
Facebook, TikTok, Instagram ta'minlay olmagan xavfsizlikni qanday qilib O'zbekiston ta'minlashi mumkin?

Bunday qonun chiqarishdan oldin eg avval shu haqida o'ylab ko'rib, himoya borasida IT sohasidagi gigant kompaniyalardan ko'ra yaxshiroq yechim bizda borligini isbotlab, internet-foydalanuvchilarini ishontirish kerakmasmidi?

Shaxsan o'zimda, O'zbekiston serveri deyilganida - "Toshbaqa" tezligidagi internet, sal ko'proq odam kirsa qotib qoladigan juda qimmat hostinglar hayolimga keladi.

Bu postim bilan qonunga qarshi chiqmoqchi emasman, shunchaki o'zimizda yaxshiroq yechim borligini ko'rsatib berishlarini istayman.
Bolalar yoki dasturlashga endi kirib kelganlarga tushunchaga ega bo'lish uchun o'yinlar:

1. CodeMonkey
2. CodeCombat
3. Code Hunt Game
4. Robocode
5. Codingame
6. Untrusted

Aytgancha, oxiridagisi hacking bilan bog'liq o'yin 🌚
Bugun, KIUF xalqaro universiteti tomonidan, matematika va informatika fanlaridan o'tkazilgan olimpiadaning final bosqichi bo'lib o'tdi.

IT yo'nalishi bo'yicha qatnashib, yakuniy boshqichda 1-o'rinni egalladim va ushbu universitetda 4 yillik ta'lim uchun grant yutib oldim. Bu nafaqat o'zimning, ota-onam, barcha ustozlarim va oila a'zolarimning ham yutug'i hisoblanadi. Ular qo'llab-quvvatlashmaganida, balki bu yutuqqa erishmagan bo'lar edim.

Universitetda o'qish 3+1 formatida bo'lib o'tadi, 3 yil O'zbekistonda, 1 yili esa Koreyada. Endi oldinda eng qiyin va ma'suliyatli jarayon - to'g'ri qaror qabul qilish turibdi.
​​Bugun, qanday qilib toza kod yozish kerakligi haqidagi kichik bir maqolani o'qib qo'ldim va chiqargan hulosalarimni postimda bo'lishishga qaror qildim.

Kodingizni tushunishiga qulay bo'lishi uchun qilishingiz mumkin bo'lgan eng oddiy harakatlar quyidagilar:

▍Funksiyani ichiga ko'p amallarni jo'ylamang. Siz yozgan har bir funksiya faqatgina bitta vazifani bajarishi kerak.

▍Izohga olingan kodlarni qoldirib ketmang, agar ular keraksiz bo'lsa o'chirib tashlang.

▍O'zgaruvchilarga tushunarli va esda qolarli nomlar bering, bu kodingizni o'qishni ancha osonlashtiradi.

▍Kod yozishda Magic numberlardan foydalaning. Ya'ni, sonlardan foydalanish paytida uni alohida o'zgaruvchiga e'lon qilib ishlating, duch kelgan raqamni kodingiz orasiga yozib ketmang.

▍Kodlarni o'qish osonroq bo'lishi uchun prettier, beautify kabi umumiy kod formatlash "tool"laridan foydalaning.

@mabrur_dev
Forwarded from Mardon Tursunov (Mardon)
🔥 Telegram botlar hozirgi kunda insonlarga juda ko'p foyda keltirmoqda. Men ham NodeJs yordamida telegram bot yasashga qiziqyapman. Hozirgina Google'dan ushbu "NodeJs da Telegram Bot yasash" nomli maqolani topib oldim, ancha yaxshi tushuntirishgan ekan. Ilindim :))

Maqolani o'qish uchun ⬇️

https://soshace.com/building-a-telegram-bot-with-node-js/

⚡️ Aytgancha, ustozim Muhammad Yunus aka yaqinda NodeJs da telegram bot yasash haqida kurs chiqarmoqdalar. Men-ku albatta olaman. Sizlarga ham bo'lishgim keldi!
2021-yil trendi bo'layotgan web-steklar ro'yhati.

Siz qaysi stekdasiz, yoki bulardan qaysi birini o'rganishni niyyat qildingiz?

@mabrur_dev