Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.29K subscribers
680 photos
93 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from Muhammad Siddiq's Blog
Ikkita massivdagi raqamlarning ko'rsatkichlarini aniqlovchi algoritmni yechdim ! Bugundan boshlab #100daysOfCode Challenge ga men ham qo'shildim !

Masala sharti:
https://leetcode.com/problems/two-sum/

@mabrur_dev @muhammadsiddiqblog
​​📍Web-dasturchi bo'lishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan narsalar.

1. O'rganishning ko'p usullari mavjud.
- Diplom - dasturlashga qadam qo'yish uchun hech qachon sabab bo'la olmaydi. Bugungi kunda bu narsa deyarli so'ralmay qo'yilgan. Siz o'zingiz o'qib universitet talabalaridan ham ko'proq bilim orttirishingiz mumkin. Buning uchun YouTube, stackoverflow, turli dokkumentatsiyalar va boshqa platformalar yetarlicha.

2. Ko'proq google bilan ishlang.
Agar siz dasturchi bo'lishni istasangiz, doimiy ravishda yangiliklardan xabardor bo'lish, yoki turli muammolarni yechimini topishda googledan juda ko'p foydalanishni bilishingiz kerak. Bu tizimdan kerakli foydalanib siz vaqtingizni juda katta qismini yutishingiz numkin.

Esingizdan chiqarmang, agar siz Googleni tayyor yechimlar topish uchun ishlatsangiz, hech qachon rivojlanmaysiz.

3. Ko'p narsani bittada o'rganmang.
Juda ko'p yangi dasturchilar ishlash uchun ko'p narsalarni bilishim kerak deb hisoblaydi va birdaniga algoritmlar, ma'lumotlar tuzilmasi, vyorstka va boshqa texnologiyalarni o'rganib ketadi. Har bir kompaniyaning o'ziga yarasha talablari mavjud. Eng avval qaysi kompaniyada ishlamoqchi ekanligingizni aniqlang va shunga qarab o'rganishni boshlang.

4. Emotsiyalarga berilmaslikka harakat qiling.
Siz nimanidir o'rganyabsiz, lekin sizda o'xshamayapti. Bunda holatlarda asabiylashmang. Bu sizda o'zingizga bo'lgan ishonchni o'ldirishi mumkin. Hech qachon mendan dasturchi chiqmaydi deb to'htab qolmang, nimanidir qila olmayotgan bo'lsangiz, vaqti kelib buni ham eplaydigan darajaga chiqasiz. Hammasini tajriba hal qiladi. Biroz muddat qiyinchiliklardan so'ng albatta mehnatingiz samarasini ko'rasiz.
5/100

Beshinchi kun yakuniga yetdi. Masala shartiga ko'ra, takrorlanmas Morze kodli so'zlarni topish kerak edi.

Masala sharti:
https://leetcode.com/problems/unique-morse-code-words/

#100DaysOfCode
CSSda shunday imkoniyatlar borligini bilarmidingiz?
Forwarded from Mardon Tursunov (mardon.uz | bot )
⚫️ TikTok ilovasida guruh chatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Yangi funksiya taniqli blogerlarga o‘z obunachilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi.

TikTok ilovasida guruh chatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib. Xabarda aytilishicha, yangi funksiya shu yil ishga tushadi.

Guruh chatlarida xabar almashish imkoniyatini yaratish ByteDance kompaniyasining TikTok ilovasini «ijtimoiy muloqot ilovasi»ga aylantirish rejasining bir qismi hisoblanadi.

Kompaniya guruh chatlari foydalanuvchilarning ilovada ko‘proq bo‘lishlariga yordam beradi deb hisoblamoqda. Shuningdek, yangi funksiya taniqli blogerlarga o‘z obunachilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi.

Agentlikning qayd etishicha, TikTok ichida suhbatlashish imkoniyatining yo‘lga qo‘yilishi ByteDance kompaniyasiga Facebook va boshqa yirik ijtimoiy tarmoqlar bilan raqobatlashishga yordam beradi.

Aytilishicha, ByteDance TikTok ilovasiga guruh chatlarini qo‘shishni o‘tgan yili rejalashtirgan, ammo Donald Trampning AQShda ushbu ilovani bloklashga urinishi bu rejaning amalga oshishiga xalaqit bergan.

P.s: Endi faqat telegramda emas, TikTok'da ham "100 ta odam qo'shganga 50 ming paynet" nomli gruppalarga qo'shishadi :))

👉 @mardon_tursunov
6/100

Boshqa shaharlarga chiqish yo'li bo'lmagan shahar nomini qaytaruvchi funksiya. Bugun ish ko'p bo'lgani tufayli osonroq misol yechdim )

Masala sharti:
https://leetcode.com/problems/destination-city/

#100DaysOfCode
CSS real hayotda😅
7/100

Kiritilgan ikki sana orasidagi kunlar sonini anqilab beruvchi dastur.

Masala sharti:
https://leetcode.com/problems/number-of-days-between-two-dates/

#100DaysOfCode
YouTubega joylangan ilk videodan, Insatgramdagi birinchi postgacha.

Internet olami bir kunda qurib qo'yilgan narsa emas - u ko'plab "g'ishtlar"dan tashkil topgan. Bugun internet olamida birinchi marta ro'y bergan 10 ta hodisalar haqida gaplashamiz.

https://telegra.ph/YouTubega-joylangan-ilk-videodan-Insatgramdagi-birinchi-postgacha-03-19
🔎 UDEMY: Bugungi bepul kurslar

1. Python Network Programming for Network Engineers
- [Link]

2. Python Game Development: Build 5 Professional Games
- [Link]

3. Complete Progressive Web App Bootcamp
- [Link]

4. Complete NodeJS course with express, socket io and MongoDB
- [Link]

5. React - The Complete Guide with React Hook Redux 2021 in 4hr
- [Link]