Mabrur - IT Blog ๐Ÿ‡ต๐Ÿ‡ธ
3.25K subscribers
683 photos
95 videos
14 files
476 links
๐Ÿ’ป Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Kanalimga monetizatsiya qo'shilib qolipti.

Telegram endi kanallarda ko'rsatgan reklamalardan tushgan foydani 50 foizini mualliflarga berarkan. Qiziq, 1 TON ishlash uchun qancha vaqt va post qo'yish kerak ekan๐Ÿ˜…

UPD: Telegram profilimga kanalimni qo'shgan edim, shu orqali ulanganga o'xshaydi.
๐Ÿ‘24๐Ÿ˜6๐Ÿ”ฅ1
#help
Assalomu alaykum, Iphoneimda o'zidan o'zi "mobile internet" ishlamay qoldi (sms va call qilishlar ishlayapti). Telefon modeli 14 pro, faqat e-sim support qiladi.

Olganimga 1 yildan oshdi, muammosiz ishlatib yurgandim, 1 hafta oldin shunaqa muammo paydo bo'lib qoldi. Sim kartami olgan operatorlariga telefon qilib ko'rdim, tekshirib ketib biz tomondan muammo yo'q deyishdi. Boshqa operatorlarni sim kartalarniyam ishlatib ko'rdim, ularam ishlamayapti.
Hozirgacha e-simni qaytadan ustanovka qilib ko'rdim, reset network settings qilib ko'rdim, network statisticsni reset qilib ko'rdim foydasi bo'lmadi. Hali Iphoneni to'liq reset qilib ko'rmadim.

Kimdadir shunaqa muammo bo'lganmi yoki yaxshi tushunadigan tanish ustalarni kontakti bormi?

UPD: Ba'zida 5G yoki LTE o'chib-yonib turipti, lekin internet ishlamayapti
๐Ÿ‘19๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป3๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ˜2
Bizni ishsiz qoldiradigan Devinni koโ€™rganlar bormi?
๐Ÿ˜57๐Ÿ‘4
Oโ€™zim koโ€™p shaxsiy loyihalar qilib turaman va deyarli har doim dizaynga ishim tushadi ๐Ÿ™‚. Lekin bu boโ€™yicha oโ€™zbekchada kurslar borligini bilmagandim.

Jaloliddinni ancha yildan beri bilaman. Kamida 3 ta kompaniyada birga ishladik ๐Ÿ˜† โ€” Dizipro, iTechArt va FireArt.

Polshada ham koโ€™p gaplashib turamiz. Shunda u kurs chiqarish boโ€™yicha fikrlarini aytgandi. Kecha shu kursni chiqaribdi. Menga eng koโ€™p yoqqan jihati bu โ€” Bonus darslarda ekspertlar bilan intervyular qilgani! Ular bilan intervyu qila olgani va foydali video qilgani juda ajoyib ๐Ÿ’ช

Mayli, qolganini oโ€™zingiz kurs websaytidan oโ€™qing. Dizaynerlarga sotib olishni maslahat qilardim ))

โ†’ Kurs haqida batafsil
๐Ÿ‘40๐Ÿ‘Ž32๐Ÿ”ฅ6โค1
Yangilangan metsenatni kutib oling

Metsenat loyihasi haqida eshitganmisiz? Metsenat bu โ€“ ehtiyojmand o'quvchilar va ularga homiylik qilishga tayyor kompaniya hamda insonlarni bog'laydigan loyiha hisoblanadi.

Ammo, bir qancha sabablarga ko'ra loyiha to'xtab turgan edi. Endi esa loyiha qulayroq va yanada foydaliroq holatda ish faoliyatini boshladi, endi siz hujjatlaringizni nafaqat metsenat.uz saytidan, balki Metsenat ilovasi orqali ham topshirishingiz mumkin!

Obuna boสปling ๐Ÿ‘‰ @MetsenatUz | Ilova | Sayt
๐Ÿ‘19๐Ÿ”ฅ10
Forwarded from Aleph Nought
Bugun bir odamdan habar keldi:

"Ko'p dasturchi insonlar aynan Web development dan uyog'iga o'tishmasligi(u xoh O'zbekistondagi katta kompaniya bo'lsin) meni hayron qoldiradi."

"Uyog'iga o'tish" jumlasi - habar muallifining Web ni boshlang'ich level deb tushunishlarini isbot qiladi. Huddi Web dan keyin albatta nimagadir o'tmasangiz - siz hechkim emassiz.

Bir narsani aniqlashtirib olaylik.

World Wide Web (www) ga aloqador hamma ishni qiladiganlar avvallari "Veb dasturchi" deyilgan. Server bilan ishlashda PHP dominantlik qilgan. Shuning uchunmi bilmadim, hozir ham veb dasturchi deganda PHP chilarni tushunishadi. Ammo bu notog'ri.

Web - Bu fokusini Browser ga qaratgan har qanday built-in va embedded interfeysdir. Masalan, avval Bluetooth texnologiyasi kashf etiladi. So'ngra Browser'larda ishlashi uchun interfeys qilinadi. Shu kabi boshqa texnologiyalar ham bir joyga to'planadi va o'sha iterfeyslar to'plami - WebAPI deyiladi. Masalan, WebSocket - bu siz bilan socket programming ni Web da qo'llanilishi. Shu va shunga o'xshash boshqa ko'plab texnologiyalar, allaqachon Web da mavjud.

WebAPI ga aloqador embedded texnologiyalarni Browser'larsiz ham ishlatish mumkin. Shaxsan o'zim WebGPU ni Browser dan tashqarida - GPU Computing uchun ham ishlataman.

Shunday ekan Web ham - Desktop/Mobile/VR/Console lar qatorida turadigan raqobatdosh alohida soha. Mensilmaydigan, kamsitiladigan, boshida o'rganib, keyin boshqasiga o'tiladigan emas.

Har qanday soha vakili bilan muloqot qilar ekansiz, ehtiyotkor bo'ling. Hali chuqurroq kirib ko'rmagan narsangizni yaxshi bilmasligingiz - o'sha soha yoki texnologiya tufta degani emas. Haddingizni biling! Sochingizga ehtiyot bo'ling! (Soch masalasini keyin tushunasiz).

Hozir sohalar Frontend, Backend, DevOps vahokazolarga bo'linib ketgan. Har birining ohiriga yetishni baribir iloji yo'q. "Frontendni mukammaliga yetdim, endi Professional Backendchi bo'laman" deya olmaysiz.

Undan ko'ra o'z sohangizda samuray bo'ling! Masalan men hayolimga nima ish qilish kelsa - o'shani Web'da qilish haqida o'ylayman. Chunki fokusimni Browser'larga qaratgamman va asosiysi ishimmi yaxshi ko'raman. Browser'da hamma narsa qila olishni hohlayman. Bu narsa Desktop da yoki Mobile'da qilinadi deb o'tirymayman. Bazi texnologiyalar hos ishlar uchun ishlatiladi. Bular bundan mustasno.

Maqolani Ibrohim Kadirovning ajoyib fikri bilan yakunlayman:

Samuray (ใ•ใ‚€ใ‚‰ใ„) sartarosh emas, ammo u qilichdan shunday ustalik bilan foydalana oladiki - qilichi bilan sochingizni ham kesib qo'ya oladi.
๐Ÿ”ฅ25๐Ÿ‘7๐Ÿ‘Ž2
Asosiy kanalimda anchadan beri foydali narsa ulashmay qo'ydim.

Yangi haftada @donishmand_dasturchi, @bahodirajabov, @yunus_code va men Youtube kanalda - To'g'ri rezyume tayyorlash, ishga topshirish, recruiter bilan suhbatda nimalarga ahamiyat berish, texnik suhbat turlari, qanday savollarga tayyor turish va shunga o'xshash mavzular bo'yicha erkin suhbat qilsak nima deysizlar?

Oxirgi oylarda to'rtalamiznikini qo'shsak nechidir mingta joyga topshirib tashladik shekili, shu sabab juda ko'p yangi tajriba va bilimlar yig'ilib qolgan )

Qo'shimcha fikr va takliflarni izohlarda kutamiz.
๐Ÿ‘47๐Ÿ”ฅ13๐Ÿ‘3
Bir necha oy Arc Browser ishlatib ko'rdim va afsuslandim.

Chromedan to'liq voz kechib Arc Browserni o'rnatdim va ishlatishni boshladim. Bu browserni o'ziga tortgan narsasi - folderlarni o'zingiz xohlaganingizdek tartiblasangiz bo'ladi. Ish, o'qish va shaxsiy qidiruvlar uchun alohida spacelar ochib shortcuts yaratib olsangiz bo'ladi, bu orqali siz ochib ishlayotgan tablar ancha tartibli va tushunarli holatga keladi.

Lekin eng katta minusi tezlik va performans bo'ldi. Chromium ustiga qurilgan browser hali stabil emas, deyarli har kuni yangi updatelar keladi va bu biroz yoqimsiz. Youtubeda video ko'rmoqchi bo'lsam scroll qilish, videoni o'tkazish paytlari browser qotishni boshlaydi, ba'zida tabdan-tabga o'tish tekis kechmaydi. Ram va battareyani odatdagidan ko'proq yeydi.

Qisqacha qilib aytadigan bo'lsam, produktivlik va tartibni sevadigan bo'lsangiz maslahat beraman. Lekin, menga o'xshab tezlik va performansni ustun qo'yadigan insonlarga ishlatishni maslahat bermagan bo'lardim. Endi yana Chromega yoki Safariga migratsiya qilib chiqishim kerak๐Ÿฅฒ
๐Ÿ”ฅ25๐Ÿ‘9
AWS servislari asosan nimalarga xizmat koโ€™rsatishi mumkinligini umumlashtirilgani bir rasmda
๐Ÿ”ฅ22๐Ÿ‘7๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป2
Forwarded from ustozation
https://youtu.be/G5t_L4EudcU

Bu video ustida juda koโ€™p ishladim. Juda koโ€™p mulohaza qildim va izlandim. Foyda topasilar degan umiddaman.

Birinchi boโ€™lib telegramda ulashvomman. In Shaa Alloh ertaga Instagramga qoโ€™yaman.

TOโ€™LIQ koโ€™rganingizdan keyin fikringizni kutaman In Shaa Alloh.

BaarakAllohu fiikum. Assalaamu alaykum!
๐Ÿ‘11๐Ÿ”ฅ4โค2
GPT-5 bo'yicha kichik tizerlar paydo bo'lishni boshladi. Sam Altmanni aytishicha, model deyarli tayyor holatga kelgan.

Solishtirish uchun, GPT-3 akula, GPT-4 kosatka bo'lsa, GPT-5 modeli kit hajmida bo'lishi va'da berilyapti. Yangiliklarni kutamiz, oz qoldi.
๐Ÿ”ฅ48๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป2
Forwarded from Tweetlarim ๐ŸŒ™
Hozirgi ishlayotgan loyihamni DB designini shunaqa yomon qilganman, tablelarni ichiga kirsez adashib qolasiz. Referencelarni vizual holati shunaqa ko'rinishda.

Muhimi shu loyihadan juda katta tajriba olib, qilgan xatolarimni tushunib yetganman va xulosa chiqarib keyinchalik to'g'irlab yozishni boshlaganman.

Qissadan hissa, yangi sinovlardan qochmang, xato qilishdan qo'rqmang, ulardan xulosa chiqarib ustingizda ishlang. Dasturlashda har bir qilingan xato sizni yanayam kuchliroq qilishini unutmang๐Ÿ˜Ž

@tweetlarim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘43๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป2
Bu yerda web saytingiz uchun antiqa va kayfiyatni ko'taradigan animatsiyalar, layoutlar to'plami bor. Ishlatgingiz kelmasayam, hech bo'lmasa kirib tomosha qilib chiqib ketishga arziydi.

Menimcha bu skillar rezyumeniyam yaxshigina qilib bezab bera oladi.

Eng muhimi kodlar open source va darsliklariyam bor.

https://tympanus.net/

@mabrur_dev
๐Ÿ”ฅ6๐Ÿ‘5
Birinchi yozgan โ€œhello worldโ€ingiz esingizdami?
Endi, hozir yozgan kodingizni koโ€™ring. Qarang qancha yoโ€™l boโ€™sib qoโ€™ydingiz.
๐Ÿ‘48๐Ÿ”ฅ17โค2