Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
3.29K subscribers
680 photos
93 videos
14 files
475 links
πŸ’» Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashning eng og'riqli tomonlari bitta videodaπŸ˜•

Dasturchi do'stlarimizga yuboramizπŸ˜…
Among us o'ynaganlar bormi🌚
Bularning orasida bir sotqin bor, topa olasizmi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'simliklar savdosi bilan shug'ullanuvchi CSS grid bilan yasalgan internet magazin. Tovarlarni bosganda GSAP.js animatsiyasi ishga tushadi. O'zingiz bir baho berib ko'ring :)
Ish uchun nimani tanlagan bo'lardingiz, statsionar kompyutermi (pc) yoki noutbukmi?
Anonymous Poll
32%
PC
68%
Noutbuk
Ko'pchilik bilmasa kerak, Google akkauntingizni sozlamalarida Location History opsiyasi bor. U yordamida Google sizning har bir qadamingizni rasmiy ravishda kuzatib turadi.

Eng qizig'i, bu optsiya deyarli hammada yoniq turadi, chunki litsenzion kelishuvlarga o'qib o'tirmasdan rozilik berib tashlaymizku.

Agar bu sizga yoqmasa shu yerga kirib uni o'chirib qoyishingiz mumkin
Dasturlash uchun kompyuter tanlamoqchi bo'lsangiz asosan ushbu xarakteristikalarga e'tibor qarating:

RAM - kamida 4 gb
Protsessor - i3 dan yuqori, so'ngi avlodlari tavsiya qilinadi
SSD - kamida 256 gb
Displey - full hd
Simsiz internetga ulanish xususiyati
Endi Telegramda huddi referal sistemasi kabi siz bergan havoladan nechta odam kirganini anqlay olasiz. Bu narsa tgda kanali va guruhi borlarga ancha foyda olib kelsa kerak :)
Forwarded from Aziz Rahimov
​​O'zimizda yoki chetda o'qish

Puli yetarli bo'lgan abiturientda bu savol deyarli tug'ilmaydi. Chunki chet elda o'qib qaytishning foydalari sanab bo'lmas darajada ko'p:
-Dunyoqarash va fikrlash kengayadi
-Hayot va biznes sohasida yangi fikrlar keladi
-Yangi muhitga ko'nikish, mustaqillik ko'nikmalari rivojlanadi
-Imkoniyatlar cheksizligini his qilish

Puli bo'lmaganlarchi? Nima qiladi? IELTS o'qib grant yutishga umid bog'laydi. Bu sodda abiturient bilmaydiki IELTSni o'zi bilan faqat top 1% o'quvchilargina grant yuta oladi. Bu juda raqobatdosh yo'nalish.

Lekin abiturient baxtiga dunyoda 4ta davlat borki, agar ularni tilini bilsa, bepul o'qiy oladi. Bular Germaniya (va Avstriya), Yaponiya, Xitoy, Chexiya. Taklif qiladigan sharoitlari va qadriyatlari to'gri kelgani uchun birinchi va ikkinchi davlat grant yutish uchun eng munosib variant.

Xulosa:
Yaponiya yoki Germaniyada bepul o'qib, ishlab, tajriba orttirmoqchimisan? Shunga yarasha ularni madaniyati va tilini o'rganishga vaqtingni sarfla. Shunchaki chiroyli ko'zlar uchun hech kim grant bermaydi.

Agar sen Yapponiya menga ma'qulroq degan qarorga kelgan bo'lsang tanishimiz Xasanbek asos solgan Reiwa Japanese School yapon tili markazi bor. O'zlari Yapon tiliga o'qitib, Yaponiyaga o'qishga ham yuborib kelishyapti yigitlar. Qilayotgan ishlarini @Reiwa_JS kanalida kuzatsang bo'ladi.

#nativintegratsiya
Self-study (mustaqil o'rganish) qilishda eng muhim narsalardan biri to'g'ri "Road Map" tuzib olish. Duch kelgan joydan istalgan kurslarni ko'rib ketish maqsadingizga erishishingizga halal berishi mumkin. Eng avvalo bitta yo'nalish va dasturlash tilini tanlab olib, uni chuqurroq o'rganishga harakat qiling, hech qachon ikki, yoki uchta narsani parallel olib ketishga harakat qilmang. Dars o'rganish vaqtida telefoningizga turli todo-app larni o'rnatib oling, bu vaqtdan yutish va sifatli ish qilishingizga yordam beradi (Shaxsan o'zim Todoistni maslahat beraman).

Dasturlashni o'rganishni maqsad qilib qo'ydingiz, lekin nimadan boshlashni bilmay turgan bo'lsangiz shu road mapdan ketishni maslahat beraman.

https://github.com/muhammadyunusuz/Backend-Roadmap-O-zbekcha

Bu faqat backendniki, keyinchalik frontinikini tashlayman.
HTMLda dastur yozadigan do'stlarimizga yuboramiz ))

https://t.me/joinchat/eR3v3PLS1l44ZWM6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1997-yildan 2021-yilga qadar butun dunyo bo'ylab internet orqali ma'lumot almashuvi vizualizatsiyasi

https://t.me/joinchat/eR3v3PLS1l44ZWM6
Googleni yaratgan inson musulmon emas. Shunday bo'lsada, hatto undan ham tarixdagi eng buyuk inson kim desangiz Muhammad deydi..
Shunchaki maslahat )
Telegramga har kuni kiramiz, biror narsani o'rganish paytida telegramda o'zingiz uchun kanal ochib, o'zingizga eng kerakli narsani tashlab qo'ying va o'sha kanalni eng tepaga "pin" qilib qo'ying, huddi "Todo List" kabi ishlataverasiz.

Biror kod yozaman desam ko'pimcha shu kanalimga kirib ko'raman, samarasi bilinishni boshladi )
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Eng yaxshi sarmoya - ta'limga qilingan sarmoya".

"Najot Ta'lim" asoschisi Temurbek akadan kuchli motivatsiyalar va o'quv markazning ochilish tarixi.

Ko'rishni maslahat beraman.
Shu oy Pascal dasturlash tili o'zining yubileyini nishonlyabti. "Afsona" paydo bo'lganiga 50 yildan oshibdi.

Maktabda bir marta bo'lsa ham Pascalda yozib ko'rganlar bormi🌚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sichqoncha yurgizilganida ranglar paydo bo'luvchi effekt. JavaScript va CSS yordamida yasalgan.

Kod uchun link:
https://github.com/mabrur-h/HoverBoard