Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
3.28K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
πŸ’» Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Najot Ta'lim o'zining eng yaxshi o'quvchisiga mashina sovg'a qilayotgani haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Kecha jonli efirda o'sha marosim bo'lib o'tibti.

O'quvchi qanday mezonlar asosida tanlab olinishi menga juda qiziq edi. Savolga javob toptim. Shubhasiz, sovg'a eng munosib odamga, kerakli vaqtda topshirilibdi. Ko'zga yosh keldi.

Sababi linkdagi video taym slotida keltirilgan:
https://youtu.be/VNlnWMpU3Ak?t=3640
DASTURLASH VA YOUTUBE

2-dekabr, soat 21:00 da Senior Software Engineer va Debug Podcast boshlovchisi Rustam Turgunov bilan birgalikda dasturlashdagi faoliyati, ishga kirish, yosh dasturchilarga tavsiyalar va youtubeda podkast mavzusida jonli efirda suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni nisbatan erkinroq qilishni rejalashtirganmiz, shuning uchun savollaringiz bo'lsa oldindan tayyorlab qo'yishingiz va youtubedagi efir vaqtida berishingiz mumkin.

πŸ‘‰ Youtube Kanalim
Forwarded from MOCKINT.UZ
Bismillah.

MockInt.uz loyihamizga start berish vaqti keldi. Kutganmidingiz ?

Demak biz boshladik. πŸš€

Loyiha haqida barcha ma'lumotlar, qanday yozilish, qaysi yo'nalish mavjudligi haqida ma'lumotlar rasmiy sahifamizda: Mockint.uz

Savollar qismini ham tekshirishni unutmang. πŸ˜‰
Yana savollar va takliflar bo'lsa post kommentiga yozishingiz mumkin.

Alloh boshlagan ishimizni xayrli qilsin. 🀲

Rasmiy telegeam kanalimiz: @MockInt
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
21:05 da boshlaymiz. Suhbat uchun link: https://youtu.be/TrUXfJ2qRlI
5 daqiqada boshlaymiz. Savollar bo'lsa youtubedagi chatga yozib turishingiz mumkin
Forwarded from Nizamoff
Dasturchining AQShdagi hayoti πŸŽ™

Bugun 22:00 da ushbu mavzu bo’yicha Mukhammadyusuf Abdurakhimov bilan qiziqarli ovozli suhbat qilamiz. Qatnashish esdan chiqmasin.

πŸ‘‰ @nizamoff
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Tweetlarim πŸŒ™
Sim kartam yashil pasportga olingan, yashil pasport bilan chetga chiqib bo'lmaydi. Qizil pasportimni ma'lumotlarimni yuborsam sim karta boshqa pasportga olingan deyapti. Qaysi kalla bilan ishlab chiqishgan imei servisni?

Logic left the chatπŸ—Ώ

@tweetlarim
Khumoyun aka 25 ga kirib, biz yoshlarga 20 ta maslahat yozibti. Kirib oxirigacha o'qib ko'ringlar, balki ba'zi narsalarni to'g'irlash kerakligini his qilib qolarsiz.

Aytgancha, postga komment yozib o'tirmanglar, o'zi shundog'am postini aktivi ko'tarilib kettiπŸ˜‚

https://t.me/khumoyun_codes/329
Salom do'stlar!

Hozirda IT sohasida trendda bo'lgan mavzularni eshitishga tayyormisiz?

Unda barchangizni 24-dekabr (shanba) soat 11:00 da bo'lib o'tadigan SSD Dev Meetup'ga taklif qilamiz.

Siz bilan o'z bilim va tajribalarimizni bir piyola choy ustida bo'lishishga tayyormiz!☺️

Joylar cheklanganligi sababli, o'z joyingizni band qilishga shoshiling: Ro'yxatdan o'tish

Manzil: M.Ulug'bek tumani, Sayram 6,92
Bugungi kunda ko'plab dasturchilarning hayoliga "Sun'iy intellekt ishimni olib qo'yadimi?", β€” degan savol kela boshladi. Ayniqsa, yaqinda taqdim etilgan OpenAI mahsulotlaridan so'ng bu shubhalar yanada kuchaya boshladi.

Sun'iy Intellekt dasturchilardan ishini tortib oladimi? Keling bu haqida Sun'iy Intellektga asoslangan Chat GPTning o'zidan so'rab ko'ramiz:

"Sun'iy intellekt (AI) ma'lum vazifalar va jarayonlarni avtomatlashtirish potentsialiga ega va bu dasturlash sohasida ba'zi ish joylarini almashtirishga olib kelishi mumkin. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, sun'iy intellekt yangi ish o'rinlarini yaratishi va ko'plab sohalarda samaradorlikni oshirishi mumkin.

AI takrorlanuvchi vazifalarni yoki oson kodlangan vazifalarni avtomatlashtirish uchun ishlatilishi mumkin, masalan, ma'lumotlarni kiritish yoki oddiy dasturlash vazifalari. Bu potentsial ravishda ushbu vazifalarni bajaradigan ishchilar uchun ish joyini almashtirishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, sun'iy intellekt, shuningdek, dasturchilarga yangi dasturiy ilovalarni loyihalash va yaratish yoki ilg'or AI loyihalarida ishlash kabi yanada murakkab va qimmatli vazifalarga e'tibor qaratishlari uchun vaqt ajratishi mumkin.

Bundan tashqari, sun'iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish ko'pincha dasturchilar, ma'lumotlar bo'yicha olimlar va boshqa mutaxassislardan iborat jamoani birgalikda ishlashni talab qiladi. Bu dasturchilar va sohadagi boshqa mutaxassislar uchun yangi ish imkoniyatlarini yaratishi mumkin.

Umuman olganda, sun'iy intellektning mehnat bozoriga aniq ta'sirini oldindan aytish qiyin va bu ta'sir muayyan sanoat va ish roliga qarab o'zgarishi mumkin. Biroq, mutaxassislar uchun sun'iy intellekt sohasidagi so'nggi ishlanmalardan xabardor bo'lish va mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lish uchun yangi ko'nikma va bilimlarni shakllantirishda faol bo'lish muhimdir.", - deb yozadi Chat GPT.

@mabrur_dev
Bu Chat GPT deganlari ishingizga zo'r yordamchi bo'lar ekan. C da kodimga komment yozib ber deb iltimos qilgandim, zo'r qilib yozib berdi.

Chat GPTni dasturlashdagi imkoniyatlari haqida YouTubeda jonli efir qilsak nima deysiz?

Xa bo'lsa chatda + bo'singlar.

@mabrur_dev
Yaqin akalarimizdan biri - Ayyubxon Farg'oniy dasturlash bo'yicha blog yuritishni boshlabti.

Kanalda dasturlashga aloqador foydali maqolalar va React bo'yicha bepul darslar bo'lgani tufayli sizlarga ham tavsiya qilmoqchiman.

Kanalga link: https://t.me/thunkdev
#help
Assalomu alaykum!

Oramizda DynamoDB bilan ishlaganlar bormi? Shu bo'yicha kimdadir tajriba bo'lsa va yaxshi bilsa analitika uchun databasedan ma'lumotlarni olib kelishga query yozish bo'yicha savollarim bor edi.

Hozir o'zim NodeJSda dynamoose (ORM) ishlatyabman. Toza Dynamochi bo'lsayam farqi yo'q.
GPT-4ni kutib oling!

Ha noto'g'ri o'qimadingiz GPT-3 ni imkoniyatlarini to'liq tushunib bo'lmasimizda GPT-4 ni taqdim etishyabdi.

GPT-4 Fevral - Mart oyi o'rtalarida chiqishi kutilmoqda.

- GPT-3 da 175 milliard parametrlar mavjud.
- GPT-4 100 trillion parametrga ega bo'lishi ko'zda tutilgan.

Bu GPT-3 dan 500 marta kuchliroq bo'lishini anglatadi.

GPT-4 yordamida qanday muammolarni hal qilgan bo'lar edingiz?

GPT-3 trendga chiqib ketganidan so'ng, OpenAI kompaniyasining qiymati $20 billion(milliard) dollarga yetdi.

@asadbekdev
Forwarded from Uz Javascript Meetup
Biz qaytdikπŸ‘‹

UzJS Community Meetup'ning 2-sonida sizni kutyabmiz!

Tajribali speaker'lar va zamonaviy texnologiyalarga oid bo'lgan mavzularni kutib oling:

▫️ Unit testing va Jest
▫️ Graphics programming on Web
▫️ Graphql from zero to hero

πŸ“Œ Tadbir so'ngida foydali networking qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz, hamda dasturchilarimizga sizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin:)

O'tkazilish vaqti: 28-yanvar, 10:00

Manzil: Mohirdev ofisi (IT Park, Mirzo Ulug’bek yonida).
πŸ“ https://yandex.uz/maps/-/CCUzRTfeOB

Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/xKJvA6JgNJyAPLJ38

UzJSCommunity
bilan birgalikda rivojlaning πŸš€

πŸ‘‰πŸ» @jsmeetupuz
O'tgan hafta Yandexning barcha servislarini kodi ochiq manbaga tarqab ketgan edi. Katta kompaniya dasturchilari tomonidan yozilgan kodlar ko'plab muhokamalarga sabab bo'lyapti, nimaga deysizmi? Rasmdagi misol menimcha yetarli bo'ladiπŸ˜‚

@mabrur_dev