Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
3.25K subscribers
683 photos
94 videos
14 files
475 links
πŸ’» Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
February 8, 2021
February 8, 2021
Men aniq bilaman qachondur O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida o'zgarishlar bo'ladi.

Bu o'zgarishlar qancha tez bo'lsa mamlakat rivojlanishi shuncha tezlashadi.
Inson 4 yoshidan 7 yoshigacha 70% ma'lumotlarni o'zlashtiradi.Hozirgi vaqtda bu yoshdagi bolalar nimani o'rganayabdi?Hammasi ham bog'chaga boradimi?

Qaysi yoshdagi bolalar qayerda tarbiya yoki ta'lim olishi kerakligi bo'yicha taklifim bor.

Bolalar
:
3 yoshda: Bog'cha
4 yoshda: Bog'cha

Boshlang'ich sinf
5 yoshda: 1-sinf
6 yoshda: 2-sinf
7 yoshda: 3-sinf
8 yoshda: 4-sinf

Ixtisoslashtirilgan sinf
9 yoshda: 5-sinf
10 yoshda: 6-sinf
11 yoshda: 7-sinf
12 yoshda: 8-sinf
13 yoshda: 9-sinf
14 yoshda: 10-sinf
15 yoshda: 11-sinf

O'quvchilarni 4-sinfdan ixtisoslik bo'yicha yo'naltirish kerak.Bu orqali 20 ta fanni chala o'zlashtirmaydi 3-4 ta fanni chuqur o'zlashtiradi.
E'tiborni 1 narsaga qaratish orqali ulkan natijaga erishish mumkin.Xitoy Xalq Respublikasida 4-sinfdan sun'iy intelekt texnologiyalari o'rgatilishidan xabaringiz bormi? https://youtu.be/JMLsHI8aV0g

Β© Nematillo Ochilov
February 9, 2021
February 10, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 10, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 11, 2021
February 12, 2021
Forwarded from Mardon Tursunov (Mardon Tursunov)
Dasturlash sohasiga qanday qilib kirganim haqida

Chamasi 8-9 yoshlar atrofida edim. O'sha paytlarda birinchi marta maktabdan qaytishda kompyuter xonalarga kirishni boshladik. Avvaliga o'yinlarga juda qiziqdim ozgina vaqt o'qib bir xillikdan zerikib boshqa narsa qilmoqchi bo'ldim. Bir savol o'ylantirar edi ( Kompyuter faqat o'yin o'ynashga chiqarilganmi? ). Keyinroq o'yin o'ynashdan voz kechtim va YouTube ga qadam qo'ydim (u paytlarda telefonim ham yo'q edi). YouTube da qanday qilib techno lifehacklar va qanaqadir hackerlik hujumlari shunga o'xshash narsalarni ko'rib o'tirar edim. Uyga juda kech boraverganimdan uydegilar menga birinchi noutbukimni olib berishdi (telefon emas). Shundan keyin hammasi boshlandi, u qurilmani har kuyga solib ko'rar edim, endi yosh edik hech nimadan qo'rqmas edik o'sha paytlarda. Ikki yil ichida kompyuterni u tomonida kirib bu tomonidan chiqadigan bacha bo'ldim.

Ko'pchilikda kompyuter bor lekin to'g'ri foydalana olmaydi, qayerinidir notog'ri bosib qo'ysam buzilib qoladi deb qo'rqadi, unday emas hato qilishdan qo'rqmaslik kerak, hato sizga juda katta tajriba beradi. Aytgancha ingliz tilini o'rganmasangiz juda qiynalasiz)

Shundan so'ng o'rtoqlarim bilan o'yin o'ynamaganim uchun meni ajratib qo'yishgan edi go'yo. Men ham alamzada hali shunaqa o'yin yarataman hammangiz o'ynaysiz deb shu sohaga kirganman to'risi (prikolna daa) πŸ˜‚

Shunday qilib ushbu sohaga qadam qo'yganimdan keyin fikrlashim umuman boshqacha, boshqa odamga aylandim. Dasturchi bu - kod yozishni biladigan inson emas, Dasturchi - o'zgacha fikrlay oladigan va boshqalardan ajralib turadigan inson.

NIhoyat Dasturchilarga yoqmaydigan savollar ( Bu savollarni bu maqoladan so'ng boshqa bermaysiz degan umiddaman)

- Kompyuterimni tuzatib bering ( Dasturchi kompyuter ustasi emas)

- Telegramni vzlom qilish kere oka ( Manga boshqa gapirmen oka)

- Nega kech va kam uxlaysiz ( Maqsad aniq bo'sa uyqu prichom botta oka)

- Aka kompyuterda doim o'yin o'ynab o'tirasizaa? ( Daaa PUBG o'yniman oka😊)

- Nega kayfiyatiz yo'q, qiziz tashab kettimmi ( Demak qaysidir proekt yemadide oka yaramga tuz sepmen, qiz go'yoki avtobus oka keyingisiyam kealadiπŸ˜…)

PS: Va albatta, qizargan ko'zlari bilan monitor qarshisida bir necha oy davomida yuvilmagan kofe idishini ushlab o'tirib, oddiy odam uchun tushunarsiz bo'lgan tillarda kompyuter bilan muloqot qiladigan insonlar.

@mardon_tursunov
February 13, 2021
February 14, 2021
February 14, 2021
February 15, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 15, 2021
February 16, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 17, 2021
Ish uchun nimani tanlagan bo'lardingiz, statsionar kompyutermi (pc) yoki noutbukmi?
Anonymous Poll
32%
PC
68%
Noutbuk
February 20, 2021
Ko'pchilik bilmasa kerak, Google akkauntingizni sozlamalarida Location History opsiyasi bor. U yordamida Google sizning har bir qadamingizni rasmiy ravishda kuzatib turadi.

Eng qizig'i, bu optsiya deyarli hammada yoniq turadi, chunki litsenzion kelishuvlarga o'qib o'tirmasdan rozilik berib tashlaymizku.

Agar bu sizga yoqmasa shu yerga kirib uni o'chirib qoyishingiz mumkin
February 21, 2021
February 25, 2021
February 25, 2021
Forwarded from Aziz Rahimov
​​O'zimizda yoki chetda o'qish

Puli yetarli bo'lgan abiturientda bu savol deyarli tug'ilmaydi. Chunki chet elda o'qib qaytishning foydalari sanab bo'lmas darajada ko'p:
-Dunyoqarash va fikrlash kengayadi
-Hayot va biznes sohasida yangi fikrlar keladi
-Yangi muhitga ko'nikish, mustaqillik ko'nikmalari rivojlanadi
-Imkoniyatlar cheksizligini his qilish

Puli bo'lmaganlarchi? Nima qiladi? IELTS o'qib grant yutishga umid bog'laydi. Bu sodda abiturient bilmaydiki IELTSni o'zi bilan faqat top 1% o'quvchilargina grant yuta oladi. Bu juda raqobatdosh yo'nalish.

Lekin abiturient baxtiga dunyoda 4ta davlat borki, agar ularni tilini bilsa, bepul o'qiy oladi. Bular Germaniya (va Avstriya), Yaponiya, Xitoy, Chexiya. Taklif qiladigan sharoitlari va qadriyatlari to'gri kelgani uchun birinchi va ikkinchi davlat grant yutish uchun eng munosib variant.

Xulosa:
Yaponiya yoki Germaniyada bepul o'qib, ishlab, tajriba orttirmoqchimisan? Shunga yarasha ularni madaniyati va tilini o'rganishga vaqtingni sarfla. Shunchaki chiroyli ko'zlar uchun hech kim grant bermaydi.

Agar sen Yapponiya menga ma'qulroq degan qarorga kelgan bo'lsang tanishimiz Xasanbek asos solgan Reiwa Japanese School yapon tili markazi bor. O'zlari Yapon tiliga o'qitib, Yaponiyaga o'qishga ham yuborib kelishyapti yigitlar. Qilayotgan ishlarini @Reiwa_JS kanalida kuzatsang bo'ladi.

#nativintegratsiya
February 27, 2021
Self-study (mustaqil o'rganish) qilishda eng muhim narsalardan biri to'g'ri "Road Map" tuzib olish. Duch kelgan joydan istalgan kurslarni ko'rib ketish maqsadingizga erishishingizga halal berishi mumkin. Eng avvalo bitta yo'nalish va dasturlash tilini tanlab olib, uni chuqurroq o'rganishga harakat qiling, hech qachon ikki, yoki uchta narsani parallel olib ketishga harakat qilmang. Dars o'rganish vaqtida telefoningizga turli todo-app larni o'rnatib oling, bu vaqtdan yutish va sifatli ish qilishingizga yordam beradi (Shaxsan o'zim Todoistni maslahat beraman).

Dasturlashni o'rganishni maqsad qilib qo'ydingiz, lekin nimadan boshlashni bilmay turgan bo'lsangiz shu road mapdan ketishni maslahat beraman.

https://github.com/muhammadyunusuz/Backend-Roadmap-O-zbekcha

Bu faqat backendniki, keyinchalik frontinikini tashlayman.
February 27, 2021
March 1, 2021
March 1, 2021
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
March 3, 2021
March 5, 2021
March 5, 2021
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
March 6, 2021
March 11, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
March 12, 2021
March 12, 2021
March 12, 2021