Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.37K subscribers
679 photos
90 videos
14 files
472 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
YouTube kontentimni asosiy maqsadi dasturlashni endi boshlab turganlarga ishga kirishini osonlashtirish uchun turli intervyular o'tkazish va ular qay tarzda o'tishini ko'rsatish edi. Endi keyingi bosqichga o'tish vaqti keldi...

Ko'p yosh dasturchilar ishga topshirish uchun to'g'ri rezyume tayyorlay olmaydi, yoki o'rganish vaqtida qilgan ishlarini yoritib berolmaydi. Shu kamchilikni qisman yopish uchun turli web-saytlarning clonenini yaratib (node.js faqat backend), youtubeda stream qilib bermoqchiman. Loyihalar "qo'l uchida" qilingan bo'lib qo'lmaydi, portfolioni bezab bera oladigan haqiqiy real loyiha qilishni rejalashtirmoqchiman va tabiiyki u yerda odatdagidan ko'proq texnologiyalar ishlatiladi. Videolarni ko'rib loyihani tayyorlamoqchi bo'lsangiz birorta node.js kursini tugatgan bo'lishingiz tavsiya qilinadi, chunki u yerda 0 dan o'rgatilmaydi.

Birinchi reja OLX saytini backendini yozib ko'rsatish. Albatta 1 ga 1 nusxasi bo'lmaydi, ammo APIni ishlashi shu saytnikiga yaqin bo'ladi. Loyihada ishlatishni reja qilgan texnologiyalarim: "Node.js (Express), Postgres (Sequelize), Elastic Search, Nodemailer, JWT, Swagger". Holatga qarab nimadir qo'shilishi mumkin.

Birinchi streamni 10-sentabr o'tkazishni reja qilyabman, yozib olingan jonli efir youtubeda saqlanib qoladi.

Intervyular ham to'xtab qolmaydi, bu yangi kontent.

Qo'llab quvvatlash uchun youtube kanalimga obuna bo'lib qo'ying va postga 🔥 bosishni unutmang )

https://www.youtube.com/c/MabrurDev

@mabrur_dev
Kompyuterda ishlashni bilmasangiz va 0 dan o'rganmoqchi bo'lsangiz tanishimiz - Baxodirjon Mullajonovni YouTube kanalida turli darslarni bepul to'psangiz bo'ladi.

Bu kanalda kompyuter savodxonligiga oid ko'p darslar bor:

-Windows sozlamalari;
-Youtubeda ishlash (kanal ochish, videolarni to'g'ri yuklash, shorts videolar bilan ishlash);
-Ma’lumotlar bazasi (access);
-Office dasturlari (word, excel, publisher, power point);
-Google dasturlari (Sheets, Slides, Forms);
-Adobe dasturlari (Photoshop, Illustrator, Animate, Flash);
-Cmd ekranda ishlash (Boshlang'ich hakerlik darslari);
-Kompyuterda layfhaklar;
-Ilmiy tadqiqot tizimlari va boshqa dasturlar haqida ma’lumotlar beriladi.

YouTube kanaliga obuna bo'lish uchun:
https://www.youtube.com/c/BaxodirjonMullajonov

Soqqali reklama emas, shaxsiy tavsiya :)
FAANG - KIRISH

Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniyalarga ishga kirish haqida katta masshtabdagi ovozli chatimiz bo’lib o’tadi.

Upd: BUGUN 19:30 DA

👉 @mabrur_dev
Live stream scheduled for
Suhbatni 5 daqiqada boshlaymiz.
Live stream started
Live stream finished (57 minutes)
Suhbat davomida aytib o'tilgan ba'zi maqolalarga havolalar👇

Juniorlarga maslaxatlar:
https://t.me/khamidulla_inoyatov/22

Dasturchi bo’lish uchun nimadan boshlash kerak?
https://t.me/khamidulla_inoyatov/24

FAANG: Reject'dan Offer'gacha
https://www.youtube.com/watch?v=8XGrqwz5dmM

Yaxshi rezyume tayyorlash
http://azimjon.com/blog/yaxshi-rezyume-tayyorlash-haqida

Universitetda O'qishga 7 Sabab
azimjon.com/blog/universitetda-oqishga-7-sabab/

Algoritmlarni O'rganish Uchun Eng Yaxshi Kitoblar
https://t.me/lazyprogrammer/269

@mabrur_dev
Fikrlashingizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan hayotiy prinsiplar.

Manba

@mabrur_dev
Telegram Betada premium userlar profiliga custom emojilar qo'yish test qilinyapti. Oyni oxirlarida bu imkoniyat rasmiy telegramda ham paydo bo'lsa kerak.
Rasmdagi emojilarni yasab qo'ydim. Kimgadir kerak bo'lsa

https://t.me/addemoji/uzbekman11


@mabrur_dev
Forwarded from Josh*Developer
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi

Huh, shunaqasi ham chiqdimi ?

Ha, Frontend intervyulariga tayyorlanayotganlar uchun, barcha asosiy oson va qiyin turdagi Frontendga aloqador savollarga tayyorlash onlayn kursi ochildi.

Kursda hozirda ITransition kompaniyasida Frontend Dasturchi bo'lib ishlayotgan @JoshDeveloper mentor bo'ladi. (React.js uchun alohida mentor)

Kurs va mentor haqida batafsil ma'lumot saytimizda: frontint.uz

Savollaringiz bormi ? 🤔
Saytimizda barcha
ma'lumotlarni topishingiz mumkin

Qo'shilmoqchimisiz ? 🚀
Saytdagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqqandan so'ng,
@FrontIntAdmin ga bog'lanib istagingizni bildirishingiz mumkin.
Bir odatcham haqida aytib bermoqchiman :)

Birinchi ishga topshirib yurgan paytlarim so'ralgan savollarni shunchaki skip qilardim, 10 ta savoldan 3-4 tasiga javob berardim. Keyin har oy kamida 2-3 ta texnik intervyuga qatnashishni o'zimga odat qilib oldim (asosan mock), ish joyimni o'zgartirish niyyatim bo'lmasa ham tajriba orttirish uchun qatnashib yuraverdim. Hozir berilgan savollarni hammasiga to'liq javob beryabman deyolmayman, ammo juda ko'p savollar tanish bo'lib qolishga ulgurdi. Intervyu oladigan insonlar bilan huddi oldindan bir-birimizni biladigan odamlardek gaplashishni o'rganib oldim.

Aytmoqchi bo'lganim - "Practice makes perfect". Bilmaslikdan qo'rqmang, intervyularga qatnashavering. Ish joyingiz o'zingizga yoqib turgan bo'lsa ham eng kamida mock intervyular qilib turing.

@mabrur_dev