Forwarded from Tweetlarim 🌙
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dontBeSheep
Ertaga, operatsiya paytida bemor, jon beryotganida Andijon polkaga o'ynab qutqarishadi bular. Nahotki shunaqa ahmoqona buyruqlarni nazorat qilishi kerak bo'lgan tashkilotlar yo'q bizda? Yoki tepadan Andijonlik bo'lsang o'zingni tomdan tashla degan buyruq kelsayam qilib ketilaveradimi?
@tweetlarim

Infoqalloblar lo'lilarga o'xshaydi. Lo'lilar ham sizdan tilamchilik qilib pul shiladi, infoqalloblar ham. Pulingiz bo'lmasa lo'liga bermaysiz, lekin bu qalloblar kursini sotish uchun sizni qarz olishga majburlashi mumkin. Shuning uchun ular lo'lilardan xavfliroq.
@mabrur_dev
@mabrur_dev
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Infoqalloblar lo'lilarga o'xshaydi. Lo'lilar ham sizdan tilamchilik qilib pul shiladi, infoqalloblar ham. Pulingiz bo'lmasa lo'liga bermaysiz, lekin bu qalloblar kursini sotish uchun sizni qarz olishga majburlashi mumkin. Shuning uchun ular lo'lilardan xavfliroq.…
$1 pulni $1mln ga olib chiqish siri.
Gentra olmoqchi bo'lsangiz kursimizga yoziling.
Tengdoshlaring $1000 topib o'tirganida, sen haliyam postni tomosha qilyabsan, kursimga yozil...
Kommentda shunga o'xshash lag'monlarni davom ettiramiz )
Gentra olmoqchi bo'lsangiz kursimizga yoziling.
Tengdoshlaring $1000 topib o'tirganida, sen haliyam postni tomosha qilyabsan, kursimga yozil...
Kommentda shunga o'xshash lag'monlarni davom ettiramiz )
Forwarded from Tweetlarim 🌙
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchi bo'lib ishlashni minuslarikan😅
@tweetlarim
@tweetlarim
Forwarded from Abdulloh's blog
🔥 2 oylik SMD kursga marhamat!
🍿 2 oy darslar davomida:
- Dizayn texnologiyasi;
- 30+ SMD poster va uning adaptatsiyalari (IGTV, Story, YouTube cover);
- 4+ Movie poster;
- YouTube asosiy cover;
- instagram highlights;
va Bonus sifatida, o'quvchilarning natijasiga qarab manipulation darslari ham o'tilishi mumkin.
💼 Avvalgi o'quvchilarimizning natijalari.
🎁 Ramazon oyida kursga yozilganlarga chegirma bor)
🪓 Boshqa markaz o'quvchilari bilan battle o'tkazishimiz mumkin)
P/S: darslarni o'zim o'taman)
SMD - social media design - Ijtimoiy tarmoq dizayni
Batafsil:
@progresuz
71 200 22 12

Alloh ushbu ramazonda qilgan ibodatlarimizni qabul qilsin va barchamizni gunohlarimizni kechirsin.
Hayit muborak bo'lsin.
@mabrur_dev
Hayit muborak bo'lsin.
@mabrur_dev
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Dasturchi sifatida qanday qilib pul topish mumkinligi haqida yozdim:
https://telegra.ph/Ishlang-05-04
https://telegra.ph/Ishlang-05-04
Muvaffaqiyatli kelajak uchun qaror qabul qilish vaqti keldi
Soha yoki yo'nalish tanlashga qiynalayotgan yoshlarga, eng oson va bepul yechimni tavsiya qilaman: «Najot Ta'lim» markazi 8-may — yakshanba kuni dasturlash sohasi bo'yicha katta formatdagi bepul ochiq dars tashkil qilmoqda. Tadbir davomida dasturlash bo'yicha barcha savollaringizga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.
Ushbu ochiq dars Oʻzbekiston Milliy universiteti yonidagi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahri boshqarmasida bo'lib o'tadi.
👉 Ochiq dars uchun ro'yxatdan o'tish
Dasturlashni o’rganish istagida bo’lsangiz, bu ochiq dars aynan siz uchun!
Aytgancha, 14-15-may va 21-22-may kunlari «Najot Ta'lim» markazida dasturlash, dizayn va marketing kurslari uchun imtihonlar bo'lib o'tadi.
👉 Kirish imtihonlari uchun ro'yxatdan o'ting

Hozir qaysi yo'nalishida ishlaysiz va kelajakda qaysi yo'nalishga kirib ko'rgan bo'lardingiz?
Misol uchun: Hozir web dasturchiman, kelajakda dronlar uchun kod yozishni istayman.
@mabrur_dev
Misol uchun: Hozir web dasturchiman, kelajakda dronlar uchun kod yozishni istayman.
@mabrur_dev
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP forever
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
HTTPS qanday ishlaydi?
HTTPS qanday ishlaydi?
Hypertext Transfer Protocol Secure (HTTPS) shifrlangan ma'lumotlarni Transport Layer Security (TLS) yordamida uzatadi.
Ma'lumotlar qanday shifrlanadi va deshifrlanadi?
1-qadam. Client (browser) va server TCP orqali o'rnatadi.
2-qadam. Client serverga "Client Hello" xabarini yuboradi. Xabarda kerakli shifrlash algoritmlari (cipher suites) va u qo'llab-quvvatlashi mumkin bo'lgan so'nggi TLS versiyasi mavjud. Server "Server Hello" javobni beradi, shundan keyin Browser algoritmlar va TLS versiyasini qo'llab-quvvatlashi mumkinligi haqida xabar topadi.
Keyin server clientga SSL sertifikatini yuboradi. Sertifikatda ochiq kalit, host nomi, amal qilish muddati va boshqalar mavjud. Client sertifikatni tasdiqlaydi.
3-qadam. SSL sertifikatini tekshirgandan so'ng, client session key generate qiladi va uni ochiq kalit(public key) yordamida shifrlaydi. Server shifrlangan session keyni oladi va uni private key bilan deshifrlaydi.
4-qadam – Endi client ham, Server ham bir xil session keyga ega (simmetrik shifrlash), shifrlangan maʼlumotlar xavfsiz bi-directional kanalda uzatiladi.
Nima uchun HTTPS ma'lumotlarni uzatishda simmetrik shifrlashga o'tadi? Ikkita asosiy sabab bor:
1. Xavfsizlik: assimetrik shifrlash faqat bitta yo'l bilan amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, agar server shifrlangan ma'lumotlarni clientga qaytarib yuborishga harakat qilsa, har kim ochiq kalit(public key) yordamida ma'lumotlarning shifrini ochishi mumkin.
2. Server resurslari: assimetrik shifrlash juda ko'p matematik yuklarni qo'shadi. Bu uzoq seanslarda ma'lumotlarni uzatish uchun mos emas.
Alex Xu sahifasidan olib tarjima qilindi

#js_tips
Asinxron kod yozmoqchi bo'lsangiz, biror funksiya bajarilishdan oldin ma'lum vaqt kutib turish kerak bo'lsa

wait
metodini yaratib, kod ichida foydalansangiz bo'ladi.@mabrur_dev
Linuxchi terminalga buyruq yozishi kerak bo'lib qolsa:
⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️ Vo, mana, topdim!
@mabrur_dev
⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️ Vo, mana, topdim!
@mabrur_dev
Bir hafta oldin Elmakondan MI Scooter Pro 2 sotib oldim, oradan hech qancha vaqt o'tmadi, ammo taasurotlarim bilan bo'lishgim keldi.
Uydan ishga, o'qishga borish doim metro va avtobusda qulay bo'lmagani uchun velosiped yoki elektrosamokat (skuter) olishni reja qilgan edim. Internetda reviewlarni o'qib oxiri samokat olishga qaror qildim.
Samokat 3 xil rejimda yuradi. Eco, Drive, Sport. Birinchi rejimda 5 km/soatgacha, ikkinchisida 20 km/soatgacha, sportda 25 km/soatgacha chiqadi. Joyidan qozg'alishi, yurishi, tezligi juda yoqdi (agar 25 kamlik qilsa firmware qilib 30-35gacha ko'tarsa bo'larkan, men tavakkal qilgim kelmadi). Tormoziga gap bo'lishi mumkinmas, 25 km tezlik bilan tormoz bosib o'lchab ko'rdim, tormoz yo'lim 5 metrga bormadi.
Shahar ichida uzoq yo'llarga bemalol yursa bo'ladi, 100% zaryad olishiga 5-6 soat ketadi, to'la zaryad bilan 40-45 kmgacha yurib beradi. Eng uzoq yurganim bir kunda 35 km bo'ldi. Samokat yig'iladi, metroga bemalol olib tushyabman, o'zimga kerakli bekatda to'xtab yo'limda davom etaveraman.
Xavfsizlikka keladigan bo'lsak, velosiped qulfi bilan qulflasa bo'ladi, yoki APP orqali motorini o'chirib qo'yish mumkin, lekin magazin, kafe, ofisga olib kirishimga hali hech kim qarshilik qilmadi, doim o'zim bilan olib yuribman.
Menga sezilgan eng katta kamchiligi - amortizator yo'qligi bo'ldi. Shahar yo'llari tekkismas, chuqurlarga ko'p tushyabman. Yana bir kamchilik, shaharda velosiped uchun yo'laklar kam, bor yo'laklarni piyodalar egallab yurishadi, yo'l berishmaydi (doim asabni buzadi), shuning uchun mashina yo'liga chiqishga majbur bo'lyabman.
Umuman olganda, samokat yoqdi. Cho'ntakkayam foyda keltirishni boshladi, 1 haftada 100 kmdan ko'p yo'lni bosib qo'yibman, shu yo'lni taksiga hisoblab ko'rsam ancha pul ketib qolarkan. Eng yoqimli hissiyot probkada turgan mashinalarni oldidan o'tib ketish bo'lyapti :)
Shaharda velosiped va samokatlar uchun ko'proq yo'llar, parkovkalar bo'lsa yaxshi bo'lardi. Atrof-muhitga zararli bo'lgan mashinalardan iloji boricha voz kechish kerak.

Forwarded from Osmondagi bolalar
Dasturlash bilan qaytdik!
Biroz tanaffuslardan so'ng biz yana o'z vazifamizni bajarishga qaytdik. Bu safar zamonaviy kasblardan biri — dasturlash haqida gaplashamiz. 🧑💻
⚜️ Loyihamizning 24-soni mehmoni Toshkent shahrida tavallud topib, avval Toshkent Islom universiteti akademik litseyini, so'ngra 2018-yilda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining "Biznes axborot tizimlari" fakultetini tamomlagan, Frontend dasturlash sohasini o'rgatish bo'yicha 3 yildan oshiq tajribaga ega mutaxassis — Muhammadjavohir Sur'atov bo'ldilar.
Spikerimiz hozirda MayoqHub loyihasi asoschisi va Mohirdev.uz onlayn o'quv platformasida ta'lim bo'limining mas'ul xodimi sifatida faoliyat yuritadi.
Ishonamizki, ertaga soat 20:30 da premyerasi bo'lib o'tuvchi suhbat IT sohasiga qiziquvchilar uchun juda ham foydali va qiziqarli bo'ladi. 😊
🔴 YouTube sahifamiz

Forwarded from TROLL.UZ
Яқинда Ўзбекистонга кўчиб келган Санкт-Петербурглик Евгений метромизнинг харитаси ноқулай эканлигини кўриб, уни янгиланган талқинини чизибди.
Шахсан менга жуда ёқди. 2 кунда чизилган харита 20 йиллаб ишлатиб келинаётган харитадан анча қулайроқ ва чиройлироқ. Метрополитен маъмурияти Евгений чизган харитани у билан бирга янада такомиллаштиришса ва метро бекатларида илиб қўйишса яхши бўлармиди..?
---
Недавно переехав в Узбекистан из Санкт-Петербурга, Евгений увидел, что схема нашего метро неудобная и нарисовал ее обновленную версию.
Лично мне понравилась. Карта, нарисованная за 2 дня, гораздо удобнее и красивее, чем карта, которой мы уже пользуемся последние лет 20. Администрация метрополитена могла бы вместе с Евгением доработать карту и начать использовать её в метро.
@trolluz