Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.28K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from Kadirov Dev
Yana "Zapret"!

Skype, VKontakte va yana bir qancha servislar bloklandi. Nima emish, ular bizning ism familiyamizni O'zbekiston hududida saqlamas ekan!

Bu bahona bilan istagan servisni yopish mumkin. Keyingisi kim bo'ladi? Google? Youtube? Facebook, yoki Telegram?

"O'zkomnadzor"ning akasi, "Roskomnadzor" huddi shu qonunni chiqargandi, 5 yilcha oldin. Hech narsa qo'lidan kelmadi, biror gigant kompaniya ma'lumotlarini Rossiyaga ko'chirgan emas.

Ko'chirmaydi ham. Yana o'zimizcha hayron qolamiz, "Nega dasturchilarimiz ketib qolayapti?", - deb. Pul uchun emsa do'stlar, O'zbekistonda yaxshigina daromad topish mumkin. Lekin hech kim "Shimoliy Koreya"da yashagisi kelmaydi!

@kadirovDev
Originalidan qo'ymasin :)

@mabrur_dev
Bilasizmi? Agar Chromeda chrome://dino deb yozsangiz, brauzer sizni dinozavr o'yiniga o'tkazib beradi, chrome://history orqali esa kirgan saytlaringiz tarixini chiqarib olishingiz mumkin.

Barcha ichki sahifalar ro'yhatini olish uchun chrome://about dan foydalanishingiz mumkin. Bu narsa boshqa brauzerlarda ham mavjud, misol uchun, edgeda: edge://about

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊 O'z jamoam bilan birga o'tgan yarim oy (Maqtanib olay)

🧑‍💻 Avvalroq jamoa yig'ayotganim haqida e'lon bergan edim. Kichik bir jamoa yig'ib oldik. Ijaraga joy olinib, alohida joyga ko'chdik. Kompaniyaga aylantirish uchun arizalar ham tayyorlanmoqda. Ammo hozir aytib beradigan narsam kompaniya haqida emas. Jamoa haqida :))

Avvaliga haftasiga 25 soatdan ishlashni boshlagan edik. Hozir u rejimni ham erkin qilish arafasidamiz.

🆓 Keyin umumiy nazorat tizimini yo'qotdim. Hozirgi tizim faqat kodlar va jarayonga qaraydi. Hechkim kichik sabablar uchun so'roq qilinmaydi. "Dasturchilar haqorat qilinmaydi".

⚡️ Dasturchilar Turbo rejimida ishlashyabdi. Videodagidek.

Dasturchilar jamoa bilan yaxshi chiqishib ketishdi. Shu paytgacha ancha ish qildik. InshaAlloh katta startuplarni niyat qilganmiz.

🎁 Sizlar uchun ham foydali ishlar qilish arafasidamiz. Bitganda ko'rasiz.

😎 Jamoadagi har bir bola bilan faxrlansa arziydi. Sekin-sekin ularni kanalda yoritib boraman. :))

@muhammadyunus_uz
Kerakli maqola #2:

Agar zamonaviy kouchdan shoʻrva tayyorlashni oʻrgatishini soʻrashsa...
— Shoʻrva tayyorlash hammani qoʻlidan keladi. Buning uchun “komfort zonasi”dan chiqib, plita yoniga borib, tayyorlashni boshlash kifoya.
— Buning uchun bizga nimalar kerak boʻladi?
— Har bir shoʻrvada oʻziga xos masalliqlari bor. Masalliqlar orasidan oʻzingizga eng maʼqullarini tanlab oling-da, tayyorlayvering.
— Qadam-baqadam retsept bilan tanishtirib oʻtsangiz.
— Yagona shablon mavjud emas. Shunchaki oʻz-oʻzingizga: “men uddalayman, men dunyodagi eng shirin shoʻrvani pishiraman”, desangiz boʻldi. Unutmang, yoʻl qanchalar uzoq boʻlmasin, birinchi qadamdan boshlanadi.
— Xullas, nimadan boshlash kerak?
— Qaror qabul qilishdan. Qaror qabul qilishda eng muhimi esa — maqsadga intiluvchanlik. Siz oʻz oldingizga aniq maqsad qoʻyishingiz kerak: shoʻrva tayyorlanishi shart. Koʻnikma va mahorat oʻz-oʻzidan keladi.
— Unchalik tushunmadim. Umuman olganda shoʻrva pishirish uchun qanday harakatlar qilishim kerak?
— Sehrli xapdorini kutmang. Shunchaki, plita oldiga boring va urinib koʻring. Javobni oʻzingiz topishingiz lozim.
— Endi oʻrganayotgan oshpazlarga nima degan boʻlardingiz?
— Oʻzingizga ishoning. Bu eng muhimi.

Tarjima
© Gavhar Nasrulloh

@muhammadyunus_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥 TIK-TOK, VK va TWITTERdagi blokni chetlab o'tish va ularni ishlatish.

Psiphon Pro ilovasi orqali bloklangan ilovalarni chetlab o'tib, huddi oldingiday ishlatishingiz mumkin.

🔽 Pastdagi yuklab olish tugmasini bosib, ilovani tortib oling va videoda ko'rsatilgan yo'riqnoma bo'yicha ilovani sozlang.

@mabrur_dev
​​​​⚡️ JavaScript o'rganishga eng oson va ommabop dasturlash tillari orasiga kiradi. Bu tilni o'rganish uchun juda ko'p bepul manbalar mavjud.

Quyida, eng ko'zga ko'ringan platformalar ro'yxatini keltirilgan:

1. W3schools.com
2. CodeAcademy.com
3. LearnJavaScript.online
4. JavaScript.info

Ushbu saytlar orqali, JSni bepul o'rganishingiz va o'rganish davomida turli amaliy ishlarni qilib ketishingiz mumkin bo'ladi.

@mabrur_dev
Stress bilan kurashishning g'ayrioddiy usuli.

Tokio shahridagi Ferray Corporation IT kompaniyasi, xodimlari orasidagi stressni yengish uchun antiqa usuldan foydalanadi.

Kompaniya offislari mushuklar bilan to'la! Ular stollarda yurishadi, simlarni g'ajishadi va shkaflarda uxlab yotishadi, ammo yaponlar bunga pozitiv ruhda qarashadi va ularni ko'rganida kayfiyatlari ko'tariladi. Buning siri nimada?

Kompaniya direktorining aytishicha, kun bo'yi kompyuterda ishlash stressga olib keladi. Shuning uchun, kompaniya ish vaqtida mushuklar bilan o'ynash, yoki ularni silashga qarshilik qilmaydi.

Kompaniya olib kelgan barcha mushuklar uysiz, yoki daydi xayvonlar qarorgohidan olib kelinadi. Bundan tashqari, istaganlar mushuklarni uylariga olib ketib, kunduzi qaytarib olib kelishi ham mumkin.

Kim shu offisda ishlamoqchi? )

@mabrur_dev
Forwarded from IT Blog
Qiyin bo'ldi! Lekin uddaladik :)

TINGLA audio kitoblar loyihamiz uchun noldan studio qurdik va judayam sifatli texnikalar oldik! Buning uchun Allohga hamd bo'lsin. Alloh loyihamizni manfaatli qilsin.

👉 @abdusattor
❗️Ehtiyot bo'ling

🥵Hozirda O'zbekiston dunyodagi eng issiq mamlakat bo'lib turibdi. Boshqa hech qaysi davlatda 46 daraja issiq havo harorati kuzatilmayabti.

🔗 Butun dunyo bo'yicha havo haroratining infografikasini ushbu saytdan bilib olishingiz mumkin: https://www.ventusky.com/

@mabrur_dev
Toshkentni katta qismida svet yo'q.
Endi tasavvur qiling, telegram, tiktok, facebook serverlarini o'zimizga ko'chirib keldi, mazami?
Memni davom ettiramiz )

@mabrur_dev
​​😻 JavaScript dasturchisi bilishi kerak bo'lgan 7 ta GitHub repozitoriyalari.

Assalomu alaykum, do'stlar. Bugun, sizlar bilan GitHubdagi 7 ta foydali repozitoriyani bo'lishishga qaror qildim. Ular mashhur va doimiy o'rganishni istaganlar uchun foydali bo'lishi aniq.

▍ You don't know JS
JavaScript bo'yicha eng sara kitoblar.

▍ JavaScript Algorithms
Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmasini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali qo'llanma.

▍ 30 seconds of code
Bu repositoriyada JSda qisqa yo'llar bilan yozish mumkin bo'lgan kodlar keltirilgan.

▍ Front-End Checklist
Sayt ishlab chiqishdan oldin tekshirib olishingiz kerak bo'lgan narsalarning ro'yxati.

▍ Front End interview handbook
Suhbatlarda tushishi mumkin bo'lgan ko'plab savollar jamlangan repositoriya.

▍ Web-Dev for Beginners
Repozitoriya Azure Cloud Advocates (Microsoft) tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va JS, CSS, HTML ga bag'ishlangan 24 ta darsni o'z ichiga oladi.

▍ReactJS Interview Questions
React JS bo'yicha intervyularda tushishi mumkin bo'lgan 500 ta savollar.

Mahoratingizni doimiy ravishda takomillashtirish va o'rganishdan to'htamang. Chunki bu maqsadingizdagi muvaffaqiyat garovidir.

@mabrur_dev
[HTML] - Formaga parol uchun input qo'yish kerak. Buning uchun qaysi koddan foydalanish kerak?
Anonymous Quiz
10%
<input type="text" display="hidden" />
9%
<input type="pass" />
10%
<input password />
66%
<input type="password" />
5%
Bilmayman
To'satdan JSni bilishing esinga tushib qolganda😆

@mabrur_dev
Forwarded from Suhrob Abduaxatov
🚀 IT sayyorasiga uchyapmiz, parvozga 1 kun muddat qoldi

Fulfil kosmik kemasi parvoz uchun tayyor, biz ikkita charter reys bilan 17-iyul xamda 18-iyul kunlari soat 20:00-da "IT sayyorasi"ga parvoz qilamiz

Kosmik kema kapitani Fullstack dasturchi Asadbek Zoirov, kosmik kema texnigi @fulfiledu siz ham biz bilan kosmosga parvoz qilishni istaysizmi unda kosmik kemadan joy buyurtma qiling, ikki soatlik sayohat "bilet" narxi siz azizlar uchun BEPUL.

Biz o'ndan ortiq planetalarni o'rganish uchun parvoz qilamiz. JavaScript eng qaynoq va energiyali planeta bu planetani boshdan oyoq o'rganamiz. Shu jumladan ReactJs, NodeJs, ExpressJs, MangoDB, PostgreSql, Socket.io, Telegram bot, ElectronJs kabi planetalarda labaratoriya tashkil qilib "ikir-chikirigacha" o'rganib chiqamiz.

😍 Bepul-bilet: @fulfiledu
Parvoz turi: Onlayn (Zoom)
O'rinlar-soni: Cheklangan shoshiling
Parvoz-maqsadi: PERN va MERN stackni o'zga sayyoradan yangi uslubda o'rganish

🔥Parvozdan qolib ketmang, bunaqasi bo'lmagan

LINK:👉 @fulfil_education
Do'stimiz Jaxadev Android va Java bo'yicha bepul darslar chiqarayotgan ekan, kanalimizda Android dasturlashga qiziqadiganlar bo'lsa kanallariga obuna bo'lib qo'ying har kuni yangi dars chiqaradilar. kanal : @Jaxadev