Mabrur - IT Blog ๐Ÿ‡ต๐Ÿ‡ธ
3.28K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
๐Ÿ’ป Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Keyingi hafta o'rtalariga frontend (react) bo'yicha texnik intervyu o'tkazmoqchiman. Qatnashmoqchi bo'lganlar mana shu formani to'ldirsangiz random tanlab olaman.

https://forms.gle/R7MkWhXuPWqY3yAk8
Forwarded from shakhzod's lab (Shakhzod)
feel free to join to our other jschilar's channels here

https://t.me/addlist/cexglSntyiIzNWY6
Youtube kanalimda React bo'yicha mock intervyu boshlanyapti. Bu galgi mehmon Temurbek Suvonov. Intervyuni tajribali frontend dasturchi - Ayyubxon aka o'tkazadi.

Videoga link: https://www.youtube.com/live/y5RRw7Wna4g?si=dImfGKCBAnBy7kye

Ayyubxon akani kanaliga obuna bo'lish esdan chiqmasin - @aIfarghani
Forwarded from Tweetlarim ๐ŸŒ™
Dasturlashni o'rganyapsiz, lekin natija yo'qmi? Monitorni ikkita qilib ko'ring. Baribir hech nima o'xshamayaptimi? Unda muammo boshqa joyda, qarab ko'ringchi balki sizda vertikal monitor yo'q bo'lsa kerak, shuniyam sotib olsangiz o'xshab ketadi.
@tweetlarim
Biznes va marketinga qiziqishi borlar uchun turli biznes gโ€™oyalar va yangiliklar yozib boriladigan kanal ekan.

Ochilganidan beri kanalni kuzatyabman, juda qiziqarli postlar ulashishyapti. Qoโ€™shilib olishni maslahat beraman )

https://t.me/limon_biznes
Forwarded from Khumoyun Codes
๐Ÿ“Œ E'lon! Shaxsiy Co-working va studiyamizda ikki ish o'rni ijaraga beriladi!

๐Ÿค” Biz nima beramiz?
- Studiyadan va uning jihozlaridan to'liq foydalanish
- Yuqori tezlikdagi internet
- Kreslo va stol
- Kreativ jamoa a'zosi bo'lish ๐Ÿ˜Š๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ

๐Ÿ“Joylashuv: Shahriston metro bekatidan 80 metr uzoqlikda

โš ๏ธ Shartlar:
- Tozalikka e'tibor berish
- Ofisdan faqat ish joyi sifatida foydalanish
- Ijara haqqini o'z vaqtida to'lash

๐ŸŽ™ Studiyada, video olish uchun barcha texnikalar mavjud. Kamera, chiroqlar va mikrofon.

๐Ÿ‘‡ Qiziqqanlar bo'lsa quyidagi ma'lumotlarni @EpicLabAdmin profiliga yozib qoldiring:
- Ismingiz
- Yoshingiz
- Ish joyingiz yoki o'qish joyingiz
- Instagramdagi profilingizga link
- Nima haqida videolar olishingiz haqida qisqacha

Oylik ijara narxi: Kishi boshiga 150$
๐Ÿ“บ YouTube Tech Script Writer Wanted

Texnomavzularga qiziqishi yuqori bo'lgan so'z ustasini qidiryabmiz! ๐Ÿš€

๐Ÿ”‘ Asosiy majburiyatlar:
- Texnologiya mavzusida 20-30 daqiqali videolarga qiziqarli ssenariy yozish
- Odamlar qiziqishidagi mavzularni research qilish
- Yangi videolar va kontentlar uchun gโ€˜oyalar yaratish

๐Ÿ› ๏ธ Kerakli ko'nikmalar:
- Texno olam va Youtubedagi trendlardan xabari bo'lishi
- Qiziqarli matn yozish va hikoya qilish qobiliyati
- Qiyin mavzularni ham osonlik bilan tushuntirib bera olishi
- Ingliz tilini bilishi

๐Ÿง‘โ€๐Ÿ’ป Test vazifa sifatida biz sizga AI tomonidan generatsiya qilingan matnni beramiz, sizning asosiy vazifangiz:
- Sodda va tushunarli so'zlar bilan o'zbek tiliga tajrima qilish
- Real misollar bilan bo'yitish va fact-checking qilish
- Kreativlikni ishga solib, erkin ijod qilish

๐Ÿ› Maosh nomzodning tajribasi va ko'nikmalariga qarab kelishiladi.

๐ŸŒŸ Agar o'zingizni sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz pastdagi formani to'ldiring.

๐Ÿ‘‰ Formaga link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿงช Test-Driven Development (TDD): Afzalliklari, Kamchiliklari va Eng Yaxshi Amaliyotlar.

TDD - bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun qo'llaniladigan keng tarqalgan usullardan biri. Bu usulda kod yozishdan oldin asosan testlarni yozib chiqasiz. Keling bu haqida qisqacha ko'rib chiqaylik:

Afzalliklari:
- Kod sifatini yaxshilaydi va xatolarni kamaytiradi
- Komponentlarning bir-biriga mutloq bog'likligini kamaytiradi (loose coupling)
- Kodni o'rganishga dokumentatsiya sifatida yordam beradi

Kamchiliklari:
- Dasturchilarning kod yozish tezligini tushirib yuborishi mumkin
- Dasturga yangi qo'shilganlar o'rganishiga ko'proq vaqt ketib qoladi
- Jarayon yaxshi bosharilmasa over-testinga (haddan tashqari ko'p testlash) olib kelishi mumkin

Eng yaxshi amaliyotlar:
1. Red-Green-Refactor siklidan foydalaning
- Muvaffaqiyatsiz test yozing (Red)
- Minimum muvaffaqiyatli test yozing (Green)
- Refactor qilib kodni yaxshilang
2. Testlarni kichik va aniq vazifaga mo'ljallangan qiling.
3. Muntazam ravishda test to'plamlaringizni ishga tushirib tekshirib turing.
๐Ÿ”ง Kodni refactoring qilish texnikalari

Kodni qayta ishlash (refactoring qilish) - bu kodimizning bajaradigan xatti-harakatini (logikasini) o'zgartirmasdan, ichki tuzilishini yaxshilash jarayoni. Keling, Node.js misolida ko'rib chiqaylik:

Eng yaxshi amaliyotlar:
1. Kichik va aniq vazifali funksiyalar yarating.
2. DRY (Don't repeat yourself) prinsipiga amal qiling.
3. SOLID tamoillarini qo'llang.
4. Kerakli joylarni izohlab keting.

Foydali vositalar:
- ESLint: Kod sifatini tekshirish uchun.
- Prettier: Kodni formatlash uchun.
- Jest: Testlash uchun.
- SonarQube: Kod sifatini va Xavfsizlik darajasini tekshirish uchun.

Texnikalar:
1. Extract Method: Katta funksiyalarni kichik va ma'lum vazifa bajaradigan qismlarga ajrating.
2. Rename method: O'zgaruvchilar va funskiyalar aniq, nima qilishini ko'rsataidgan nomlar bering.
3. Replace Method: Eski API murojaatlari yoki kutubxonalarni muntazam yangilab turing.

Refactoring haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lib, uni kodingizda qo'llamoqchi bo'lsangiz quyidagi manbani maslahat beraman:
https://refactoring.guru
Mabrur - IT Blog ๐Ÿ‡ต๐Ÿ‡ธ
Test
IOS dan post yozib boโ€™lmay qolgandi. Ishlab ketti
๐ŸŒ Web dasturlashda Accessibility: Nima uchun u muhim va nimalar qilish kerak?

Ishlab chiqarayotgan dasturlaringiz uchun Web accessibility qo'shib ketish - shunchaki rasmiyatchilik emas. Bu barcha foydalanuvchilar uchun birdek imkoniyat yaratib berishda muhim hisoblanadi. Keling, nima uchun bu muhimligini va uni qanday amalga oshirish mumkinligini qisqacha ko'rib chiqamiz.

Nima uchun Accessibility zarur:
1. Inklyuzivlik: Dunyo aholisining 15% qismi qandaydir nogironlik bilan yashaydi. Siz o'zingiz qilayotgan produktni accessible qilib, nafaqat auditoriyangizni kengaytira olasiz, balki jamiyatning katta qismiga teng imkoniyat bera olasiz.
2. Qonuniy muvofiqlik: Ko'p mamlakatlarda raqamli accessibility talab qilinadigan qonunlar mavjud. Masalan, AQShda Americans with Disabilities Act (ADA) ga ko'ra ko'p web-saytlar shunday imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.
3. Foydalanuvchilar uchun yaxshiroq UX: Aniq navigatsiya va o'qilishi oson bo'lgan matn nafaqat nogironligi bor shaxslarga, balki boshqa shaxslarga ham birdek qulay va muhim hisoblanadi.
4. SEO ustuvorligi: To'g'ri sarlavha qo'yish, semantik kod yozish va tasvirlar uchun alt matni kabi ko'plab accessibility amaliyotlari SEOni yaxshilashda foyda berishi mumkin.

Accessibility-ni amalga oshirishning asosiy bosqichlari:
1. Semantic HTML-dan foydalaning.
2. Klaviatura bilan navigatsiyalarni ishlashini tekshiring.
3. Tasvirlar uchun turli alt matnlarini qo'shing.
4. Rang berayotganda yetarli kontrastlardan foydalaning.
5. Multimedia uchun turli subtitrlar va transkriptlardan foydalaning.

Accessibility testlari uchun bepul vositalar:
- ๐Ÿ” WAVE (Web Accessibility Evaluation Tool): Veb-kontentingiz accessibility haqida vizual analitika beradigan extension.
- ๐ŸŽจ Contrast Checker: Rang tanlovlaringiz accessibility standartlariga javob berishini tekshirish uchun WebAIM dan foydalansangiz bo'ladi.
- ๐Ÿ–ฅ๏ธ Axe DevTools: Avtomatlashtirilgan accessibility testlarini taklif etuvchi brauzer extensioni.
- ๐Ÿ“ฑ Lighthouse: Chrome DevTools-ga o'rnatilgan, turli analiz toolari bilan birga accessibility auditlarini o'z ichiga oladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun w3 ning Web Accessibility darslarini ko'rib chiqishni maslahat beraman:
https://www.w3.org/WAI/tutorials/
17- kuni, Tashkent Supabase tadbirini o'tkazyabmiz.

Supabase - bu backend-as-a-service (BaaS) platformasi bo'lib, dasturchilarga loyihalarni tezroq qurish uchun yordam beradi. Firebasening open source alternativi.

Shaxsiy startup loyihalar ustida ishlayotganlar uchun, zo'r networking bo'ladi.

https://lu.ma/03af412r