Mabrur - IT Blog ๐Ÿ‡ต๐Ÿ‡ธ
3.35K subscribers
679 photos
90 videos
14 files
472 links
๐Ÿ’ป Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tip #lifehack
Juda ko'p saytlarda birgina email orqali, bir nechta akkaunt ochsangiz bo'ladi. Shunchaki mabrur+any_word@gmail.com qilib ro'yxatdan o'tsangiz bo'ldi, verification link yoki kod asosiy emailingizga boraveradi.

Ko'p dasturchilar shu narsani hisobga olishmaydi. Productionga chiqayotganda bu narsani iloji boricha oldini olishni unutmang.

@mabrur_dev
Instagramdan reels, story va post yuklaydigan bot yasashni video qilib ko'rsatdim. Intro yozib bo'lishim bilan, bugun yoki ertaga birinchi videoni yuklayman.

Birinchi qismi 40 daqiqalik video, botdagi video yuklash funksiyalari to'liq ishlayapti.

Ikkinchi qismida obuna bo'lish uchun kanal ulash, foydalanuvchilarni DB ga yozish va bot xavfsizligini ta'minlashni ko'rib chiqamiz.

Agar ulgursak, botni deploy qilishniyam ko'rsatib berishga harakat qilaman.

@mabrur_dev
Otabek O'zbek hamjamiyati uchun DevOps bo'yicha bepul ta'lim platformasi yuritib kelayotgan ekan. O'rganmoqchi bo'lganlarga maslahat beraman, o'z bilimini ulashish niyatida bo'lganlar bemalol githubda contribute qilishi mumkin.

Link: devops-journey.uz
Github: https://github.com/ismoilovdevml/devops-journey.git
Shundan keyinam rekursiv algoritmlar qanday ishlashini tushunmadim deb ko'ringchi๐Ÿ˜…
Forwarded from Tweetlarim ๐ŸŒ™
Ramazon muborak doโ€™stlar
Ichida ChatGPT-4 va Github Copilot+ (tekin limit bor) bo'lgani tufayli ancha vaqt Cursor ishlatib yurdim.
Yaqinda JetBrainsam o'zini mahsulotlariga shunday imkoniyatlarni qo'shdi va o'zim sevgan IDEga qaytishga majbur bo'ldim๐Ÿ˜…

AI Assistantni ishlatish uchun oyiga $10 to'lashga to'g'ri keladi, ammo shunga arzidi.
Ramazon vaqtida yuqori unumdorlik bilan ishlash.

Ko'pchilik dasturchilar Ramazon vaqtida unumdorlikni yo'qotib qo'yadi va kompyuter oldida ishlash doimgidan ko'ra biroz qiyinlashadi. Bu oy davomida kun tartibini to'g'ri taqsimlash juda muhim hisoblanadi. Kimgadir foydali bo'lishi mumkin dedim va o'zim uchun reja qilgan kun tartibini sizlar bilan ham bo'lishishga qaror qildim.

Saharlik qilib, bomdod namozini o'qigandan so'ng Qur'on va zikrlarga vaqt ajrating.

Erta tongdan - peshingacha eng muhim va qiyin vazifalarni bajarishga harakat qiling, chunki bu vaqtda quvvatingiz ko'proq bo'ladi va shu sababli ishlash osonlashadi. Osonroq va uncha fokus kerak bo'lmagan vazifalarni keyinroqqa olib qo'ying.

Peshinni o'qib bo'lib, qisqa tanaffus qiling va miyaga dam bering. Tanaffus vaqtlarini namoz vaqtlariga to'g'irlab olsangiz ham bo'ladi.

Iloji boricha Asrgacha barcha ishlarni tugatishga harakat qiling, chunki undan keyin nimadir qilishga harakat qilib o'zingizni qiynaganingiz qoladi holos. Uning o'rniga, oilangizga ovqat tayyorlashga yordam bering, iftorlik qiling va Shom namozini o'qing.

Keyin esa, Xufton va Tarovehga tayyorgarlik ko'ring. Bu vaqt davomida iloji boricha ko'proq ibodatda bo'lishga va og'zingiz ochiq paytida ko'proq suv ichishga harakat qiling.

Unutmang, eng unumdor vaqtingiz erta tongda bo'ladi. Bu vaqtni o'tkazib yubormaslik uchun ertaroq uxlashga harakat qiling. Shuningdek, jamoadoshlaringizga vaziyatingizni tushuntirib, kun tartibingiz haqida ularni xabardor qilib qo'yishni unutmang.

Barchamizga yana bir bor Ramazon oyi muborak bo'lsin.

@mabrur_dev
Next level of SQL injection๐Ÿ˜‚