Yoshlar bilan ishlash departamenti
388 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Forwarded from Qo’qon universiteti Registrator ofisi (Rustam)
Ассалому алайкум азиз хамшахарлар ва шахримиз мехмонлари. Сизларни 23.04.2023 йил соат 18:00 да Худоёрхон Ўрдаси олд майдонида гала концертга лутфан таклиф этамиз. Концерт дастуримизда сиз севган санаткорлар Озода Нурсаидова, Алишер Файз, Достон Эргашев, Зохиршох  Жўраев,  Гулсанам Мамазоитова, Отабек Мухаммадзохид, Зиёда ва эстрадамизнинг севимли юлдузлари иштирок этишади. Бошловчи Элмурод Хакназаров

КОНЦЕРТ ДАСТУРЛАРИМИЗ БЕПУЛ.
🔠oshlar ittifoqi faoliyatiga xayrixoh yoshlar diqqatiga😀

🙌 O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qo‘qon universiteti boshlang‘ich tashkiloti kengashiga Yoshlar yetakchisi bilan bir safda faoliyat yurituvchi koordinatorlar qidirilmoqda!

Quyidagi yo‘nalishlar⬇️

➡️Harbiy-vatanparvarlik loyihalari;
➡️tadbirkorlik va innovatsion loyihalar;
➡️"Yoshlar daftari" va metsenatlik dasturlari;
➡️fakultetlar (va unga tenglashtirilgan tuzilmalar);
➡️akademik guruhlar;
➡️talaba-qizlar koordinatorligiga faol yoshlar jalb qilinadilar.

📌 Boshlang‘ich tashkilot kengashi koordinatorligiga nomzodlardan zudlik bilan quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari so‘raladi⬇️

😀+998938950007;
      +998990303337.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗳🇺🇿 Ovoz berish jarayoni qizg‘in

Bugun Qo‘qon universitetida joylashgan 180, 181-referendum uchastkalari 8:00 da uchastka mas’ullari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston davlat madhiyasi bilan tantanali ochildi.

Referendumning ochilishida ishtirokchilar kuzatuvi ostida ovozlar yig‘iladigan maxsus quti muhrlangan holda ovoz berish jarayoni boshlandi.  

Referendumda ishtirok etadigan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilgan. Ro‘yxatga olingan barcha fuqarolarga referendumda ishtirok etish uchun taklifnoma tarqatilgan. Mazkur uchastkalarga biriktirilgan mahallalar aholisi referendumda faol ishtirok etishmoqda. Uchastkada fuqarolarning ovoz berishi, o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur referendumda yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonunini tasdiqlash uchun ovoz bermoqdalar.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🗳🇺🇿 Referendum bayramona ruhda o‘tmoqda!

Bugun xalqimiz qatorida Qo‘qon shahar ahli intizorlik bilan kutgan kun! Buni Qo‘qon universitetida joylashgan referendum uchastkalaridagi jarayonlardan ham ko‘rish mumkin.

Erta tongdayoq referendum uchastkasi ovoz berishda ishtirok etish maqsadida kelgan fuqarolar bilan gavjum bo‘ldi. Barcha emin-erkin o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanmoqda.

Yoshlarimizdan tortib yoshi ulug‘larimizgacha bugungi muhim siyosiy tadbirda o‘z hayot darajalarini yanada yaxshilash, ko‘proq huquq va erkinliklarga erishish va ularning mustahkamlanishi uchun ishonch bilan ovoz bermoqdalar.

Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov ham o‘zi ro‘yxatga olingan 180-referendum uchastkamizda ko‘pchilik fuqarolar qatorida ovoz berdi.

Referendum jarayoni davom etmoqda.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1