Yoshlar bilan ishlash departamenti
389 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#Sport
#besh_tashabbus

Sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

"O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Bellashuv hakami musobaqa jarayonini kuzatib, xolis baholab boryapti.


Stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda universitet rektorining yordamchisi Abdurahmon Abduhamidov raqiblaridan ustunlikni qo‘lga kiritib, g‘alaba qozondi.

Shuningdek, shaxmat bo‘yicha musobaqada Marketing va PR departamenti mutaxassisi Ruslan Shodmonov g‘olib bo‘ldi. Shashka musobaqasida esa Ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi Zarafshon Qalandarova 1-o‘rinni oldi.

Sport musobaqalari bugun ham davom etadi.
#besh_tashabbus

Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan sirtqi yo‘nalishlar talabalari o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi.

Universitetning Gulhayobonu Muhammadqosim, Nurfayz Shamsuddinov, Jahongir Azimov va boshqa iqtidorli talabalari "Izlash", "Bir vijdon uyg‘onur" kabi badiiy kitoblar taqdimotini o‘tkazdilar.

Madaniy tadbir sahna ko‘rinishi va jonli ijrodagi qo‘shiqlar bilan mazmunli o‘tdi.

@kokanduniversity
@LIBRARY_KU

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍4🔥3
#Ushbu_kitob_siz_uchun
#besh_tashabbus
@Library_KU

📚 "Qaysi kitobni o‘qisam ekan?" deyapsizmi?!

✔️Kuchli lirizm, milliyat, sof muhabbat...
✔️ko‘rinmas va oshkor fojialar...
✔️ tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi...


➡️ Bularning barchasi bir kitobda mujassam. Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" asarini shunchaki o‘qiy olmaysiz. O‘qing va chuqur mulohaza yuriting!

📌 Yoshlar bilan ishlash departamenti barchangizni kitob mutolaasiga chorlaydi!

Qo‘qon universitetining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan videolavha bilan tanishing ⬇️
https://youtu.be/3czar6E7hmo
👍3🔥2
#teatr_soati
#besh_tashabbus

🎭 Teatrning sirli olamidan bahra olindi

Universitetimiz o‘qituvchi va talabalari Qo‘qon musiqali drama teatrida navbatdagi spektakl tomoshasida ishtirok etdilar.

Talaba-yoshlarimiz teatr aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan "Sirli quti" spektaklini tomosha qilib, o‘zlari uchun ibrat oldilar va madaniy hordiq chiqardilar.

Qayd etish joizki, "Sirli quti" asari Qo‘qon teatri faxriysi, xalqqa yetuk aktyor, iste’dodli rejissyor, xassos shoir va dramaturg sifatida tanilgan ustoz-ijodkor Azimjon Azizov qalamiga mansubdir. Asarda komediya janri asosida jamiyatimizning ijtimoiy ahamiyatli mavzusi sahnaga olib chiqilgan.

Teatr tomoshasi universitet jamoasi va talabalarga manzur bo‘ldi.

🔗 @kokanduniversity
👍8
Forwarded from Qo’qon universiteti Registrator ofisi (Rustam)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#cyber_club
#besh_tashabbus

😀 “KU Gaming” kibersport klubi faoliyat boshladi

Universitetda kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish maqsadida talabalar tomonidan klub tashkil etildi.

🎮 Kibersport klubi⬇️

🎮 talabalar o‘rtasida kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha ekotizim yaratish;

🎮 musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash;

🎮 turnirlarda munosib ishtirok etuvchi universitet jamoasini shakllantirish;

🎮 talaba-yoshlarni professional kibersportga yo‘naltirish;

🎮 axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash ishlarini yanada kengaytirish maqsad qilingan.


📌 Klubga a'zo bo‘lish uchun ushbu kanalga ulaning ⬇️
https://t.me/+b1dDowCX9y5kMTky

Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube
👍1